Elektrotehnika va elektronika


Harakat turiga qarab elektr yuritma turlari



Yüklə 7,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/152
tarix13.12.2023
ölçüsü7,5 Mb.
#176424
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   152
Elektrotehnika va elektronika

Harakat turiga qarab elektr yuritma turlari. 
Harakat turiga qarab elektr yuritma quyidagi 
guruhlarga bo‘linadi: 
a) aylanma,
b) ilgarilanma bir yo‘nalishli va reversiv,
v) teskari-ilgarilanma bo‘lishi mumkin.
Bu harakatlar diskret yoki uzluksiz bo‘lishi mumkin.
Elektr yuritma tezligi yoki holatini rostlash bo‘yicha turlari. 
Elektr yuritma tezligi yoki holatini 
rostlash bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
a) roslanmaydigan, bunda motor bir o‘zgarmas tezlikda ishlaydi;
b) rostlanadigan, bunda motor tezligi texnologik talab bo‘yicha o‘zgartirilib turiladi;
v) taqlidiy, bunda motor tezligi shablon harakati bilan bir xil o‘zgarishi ta’minlanadi;


208 
g) dasturli boshqariladigan, bunda motor tezligi raqamli qurilma orqali dastur bo‘yicha 
boshqariladi;
d) adaptiv (o‘zi moslanuvchan), bunda motor tezligi muhitning o‘zgarishiga qarab avtomatik 
rostlanadi;
e) pozitsion (vaziyatni rostlovchi), bunda motor tezligi ishchi organining vaziyatini rostlashini 
ta’minlaydi.
 
Uzatish mexanizmining turiga ko‘ra - 
Uzatish mexanizmining turiga ko‘ra reduktorli va 
reduktorsiz elektr yuritmalarga bo‘linadi. 
Elektr yuritmalar avtomatlashtirish darajasi bo‘yicha turlari. 
Elektr yuritmalar 
avtomatlashtirish darajasi bo‘yicha quyidagi gruhlarga bo‘linadi:
1.
Avtomatlashtirilmagan elektr yuritmalar
- bunda elektr yuritma to‘la qo‘lda (dastakli) 
boshqariladi. Hozirgi paytda bunday elektr yuritmalar kam uchraydi. Asosan kichik quvvatli sanoat yoki 
maishiy qurilmalar yuritmalari bunga misol bo‘la oladi. 
2.
Yarimavtomatlashtirilgan elektr yuritmalar - 
bunday elektr yuritmalarni chiqish parametrlari 
rostlanadigan bo‘lib boshqaruv operatsiyalarini bir qismini elektr yuritma, bir qismini esa inson tomonidan 
hosil qilinadi. Bu elektr yuritmalarda asosan avtomatik yurgizish, avtomatik tormozlash va tezlikni 
rostlash amalga oshiriladi.
3.

Yüklə 7,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin