Elektrotehnika va elektronika


 Rubilniklar va qayta ulagichlar



Yüklə 7,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/152
tarix13.12.2023
ölçüsü7,5 Mb.
#176424
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   152
Elektrotehnika va elektronika

 
14.2 Rubilniklar va qayta ulagichlar.
 
Ikki (ulangan, uzilgan) holatga qo‘lda harakatlantiriladigan noavtomatik uzgich rubilnik deb ataladi 
(14.9-rasm, a). Ikkita turli zanjirlarga navbati bilan ulash uchun xizmat qiladigan rubilnik pereklyuchatel 
deb yuritiladi. Rubilnik va pereklyuchatellar 500 V gacha bo‘lgan nominal kuchlanishga bir, ikki va uch 
qutbli qilib ishlab chiqariladi. Yoy so‘ndiruvchi qurilmasi bo‘lmagan rubilniklar toksiz zanjirlarni uzish va 
ochiq uzilishlar hosil qilishga mo‘ljallangan. Yoy so‘ndiruvchi qurilmali rubilniklar 
I
nom
gacha bo‘lgan tokni 
uzish imkoniga ega( 14.9-rasm.).
Uch qutbli yoki bir qutbli tipdagi markaziy dastaki rubilnik va qayta ulagichlar 100-600 A toklar 
uchun ishlab chiqariladi. Rubilnikning hamma detallari izolyatsion plitaga o‘rnatiladi. 
O‘tkazgichlar oldi yoki orqa tomonidan ulanishi mumkin. Bunday rubilnik va pereklyuchatellar bilan 
tokni uzishga ruxsat etilmaydi, chunki hosil bo‘ladigan yoy qisqa tutashuvga olib kelishi yoki ishlayotgan 
xodimni kuydirishi mumkin. 
 
14.9-rasm. Rubilniklar: (a) – markaziy dastakli (P-rusumli); (b) – richag yuritmali (RPS

rusumli

Richag bilan harakatlantiriladigan rubilnik va pereklyuchatellar (14.9-rasm, b) ikki tomondan xizmat 
ko‘rsatiladigan shchitlarda keng qo‘llaniladi. Bunday rubilniklar yoy so‘ndiruvchi panjarali kamera 4 ga ega. 
Yuritma markaziy (RPS, PPS) yoki yon tomondan (RPB, PPB) bo‘lishi mumkin. Nominal toklar katta 
bo‘lganda rubilniklar bir necha parallel pichoqlarga ega bo‘ladi.
Rubilnikning harakatchan pichog‘i bilan kontaktli stoykasi orasida yaxshi kontaktni ta’minlash muhim 
ahamiyatga ega. Hozirgi paytda kichik o‘tish qarshiligini ta’minlovchi chiziqli kontakt qo‘llaniladi. 
Detallarning o‘zini prujinalanish xossasi va maxsus po‘lat prujinalar hisobiga kontaktda siqish ta’minlanadi. 
Rubilniklar yoy so‘ndiruvchi kontaktlar yoki bir onda kesadigan pichoqlar bilan ta’minlangan bo‘lishi 


194 
mumkin. Bunday rubilniklarni uzganda avval bosh kontaktlar ajraydi, lekin ular orasida yoy hosil bo‘lmaydi, 
chunki tok yoy so‘ndiruvchi kontakt orqali o‘tadi. So‘ngra yoy so‘ndiruvchi kontaktlar yoki bir onda 
kesadigan pichoqlar ajratiladi. Bir onda uzish quyidagicha bajariladi: bosh pichoq bilan parallel holda 
ikkinchi bosh prujina bilan bog‘langan bir onda kesadigan pichoq ulanadi. Uzishda avval kontakt stoykadan 
bosh pichoq chiqadi, u prujinani tortadi, prujina o‘z navbatida bir onda kesadigan pichoqni uzadi. 
Yoy so‘ndiruvchi kamera bilan jihozlangan o‘zgarmas toknikg 220 V va o‘zgaruvchan tokning 380 V 
ga mo‘ljallangan rubilniklari 
I
nom
gacha bo‘lgan toklarni uza oladi, kamerasizlari tegishlicha 0,2 va 0,3
I
nom
ni 
uzadi. 
O‘zgarmas tokning 440 V va o‘zgaruvchan tokning 500 V ga mo‘ljallangan kamerali rubilniklari 
0,5
I
nom
tokni uza oladi, kamerasiz yuklama tokini uzish ruxsat etilmaydi. 
Paketli va kulachokli qayta ulagichlar bir vaqtning o‘zida bir necha elektr zanjirlarida murakkab 
qayta ulashlar uchun, masalan, boshqarish, o‘lchash va shunga o‘xshash zanjirlarda xizmat qiladi. Dastakni 
45° ga burib zanjirlar qayta ulanadi. Nol holatiga o‘zi qaytadigan bir yoki bir necha holatlarni ushlab 
turadigan konstruktsiyalar mavjud. Bunday qayta ulagichdagi kontaktlar soni 2 dan 32 gacha bo‘lishi 
mumkin(14.9-rasm. (a)). 
Paketli o’chirgichlar asosan yoritish, boshqarish va signal beruvchi zanjirlar kommutatsiyasida 
qo’llaniladi(14.10-rasm. (b)). 
 
14.10– rasm. Paketli o’chirgich (a) va universal qayta ulagich (b). 


195 

Yüklə 7,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin