Elektrotehnika va elektronika


IV bob. ELEKTR YURITMALAR



Yüklə 7,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/152
tarix13.12.2023
ölçüsü7,5 Mb.
#176424
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   152
Elektrotehnika va elektronika

IV bob. ELEKTR YURITMALAR.
IV bob. 14 - mavzu. 
 BOSHQARISH VA HIMOYA APPARATLARI. 
Reja:
14.1 Boshqaruv apparatlari.
14.2 Rubilniklar va qayta ulagichlar. 
14.3 Avtomat o‘chirgichlar.
14.4 Saqlagichlar. 
14.1 Boshqaruv apparatlari.
 
Boshqaruv apparatlari asosan quyidagi elementlarni o’z tarkibiga oladi: 
1.
Boshqarilayotgan koordinatalar darajasi va o’zgarish xarakterlarini aniqlovchi dasturiy 
qurilmalar. 
2.
Ekektr yuritmaning o’zini ishlashi va texnologik jarayonning borishi haqida ma’lumot 
beruvchi texnologik parametrlar va rostlanuvchi koordinatalar datchiklari. 
3.
Koordinata va parametrlar datchiklari va dasturiy qurilmalar signallari asosida boshqaruv 
signallarini ishlab chiquvchi rostlsgichlsr va funktsional o’zgartkichlar.
4.
Signallar turi va darajasi, tok turi bo’yicha kirish va chiqish signallarini uyg’unlashtirish 
hisobiga barcha parametrlarni bir tizimga bog’lash imkonini beruvchi kelishtiruvchi elementlar. 
Boshqaruv apparatlariga rubilnik, o’chirgichlar, qaytaulagichlar, knopka stantsiyalari, magnitli ishga 
tushirgichlar, boshqaruv relelari, turli datchiklar, chegaralovchi o’chirgichlar, reostatlar va boshqa 
apparatlar kirishi mumkin. 
Magnitli ishga tushirgich
– asosan uch fazali ist’emolchilarni (xususan elektr dvigatellarni 
tarmoqqa ulash yoki uzish, o’ta qizishdan himoyalash) boshqarishga mo’ljallangan kompleks apparatdir. 
Magnitli ishga tushirgichning asosiy elementlari.
PME rusumli magnitli ishga tushirgichningning umumiy ko’rinishi 14.1-rasmda keltirilgan.
Magnitli ishga tushirgichlar iste’molchilarni nol himoyasini ta’minlaydi. Agar tarmoqda birdan 
kuchlanish yo’qolsa, dvigatel tarmoqdan uzilib, uni qayta ulash faqat operator tomonidan tegishli 
tekshiruvdan so’ng amalga oshiriladi. 


187 
14.1-rasm. PME rusumli magnitli ishga tushirgichning umumiy ko’rinishi.
Magnitli ishga tushirgichlar - bu odatda, uch qutbli kontaktordan, o‘rnatilgan issiqlik relelaridan va 
yordamchi kontaktlardan tashkil topgan qurilmadir. Ular quvvati 75 kVt gacha bo‘lgan uch fazali elektr 
dvigatellarni boshqarish uchun xizmat qiladi. Amortizatsiyalaydigan prujina ulash vaqtida qo‘zg‘aluvchan 
qismni keskin zarblardan saqlaydi. Ishga tushirgichning hamma detallari metall asosga mahkamlanadi. 
Odatda barcha magnitli ishga tushirgichlar boshqarish knopkalari bilan birga ishlatiladi (14.2-rasm). 

Yüklə 7,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin