188
Elektromagnit kontaktorlar –
50-60 Gts chastotali 660 V gacha kuchlanishli uch fazali asinxron
qisqa tutashgan rotorli dvigatellarni
masofadan ishga tushirish, to’xtatish va reverslash uchun
mo’ljallangan. KM-103 elektromagnit kontaktorlarning farqli tomoni 9A li rusumlilaridan boshlab normal
yopiq kontaktlarning hamda 32A li rusumlilaridan boshlab esa kuch o’tkazgichlari (kabellar) jilalarini
ikkilangan qisish qurilmalarining mavjudligidir(14.3-rasm (a)).
KM – modul
seriyali kontaktor yoritish, konditsioner,
ventilyatsiya, isitish tizimlarini masofadan
boshqarishga mo’ljallangan. Kontaktor 35-mm li DIN reykaga mahkamlanuvchi
modul korpusida
tayyorlangan bo’lib, standart tarqatish shchitlarida modul konstruktsiyali boshqa apparaturalar (masalan
avtomatik o’chirgichlar) bilan o’rnatilishi mumkin( 14.3-rasm (b)).
14.3-rasm. Elektromagnit kontaktorlar.
Kontaktorlar
-
bu uzoqdan ta’sir etadigan apparatlar bo‘lib, normal ish rejimidagi elektr zanjirlarni
ko‘p ulash, va uzish uchun xizmat qiladi. Kontaktorlar 3-4000 A tokka kuchlanishining o‘zgarmas tokida
220, 440, 650, 750 V va o‘zgaruvchan tokida 380, 500 va 660 V ga mo‘ljallab ishlab chiqariladi va soatiga
600-1500 marta ulash imkonini beradi. Kontaktorlarning ayrim maxsus seriyalari soatiga 14000
martagacha ulash imkoniyatini beradi.
189
Kontakt tizimi elektromagnit yordamida ulanadigan elektromagnit kontaktorlar eng ko‘p qo‘llaniladi.
Kontaktorlar bosh kontaktlar tizimi, yoy so‘ndiruvchi qurilma, elektromagnit
tizim va yordamchi
kontaktlardan tashkil topgan. Boshqarish zanjiridagi kuchlanish ancha kamayganda,
shuningdek, u
yo‘qolganda kontaktor avtomatik ravishda uziladi.
Zamonaviy kontaktorlar yopiq plastmassa korpusda (KTU seriyasi) ishlab chiqariladi.
Kontaktorlar qurilmani normal bo‘lmagan rejimlar (o‘tayuklanish, q.t. toklari) dan muhofazalay
olmaydi, shuning uchun ular avtomatik boshqarish sxemasida normal bo‘lmagan
rejimni sezadigan va
elektromagnit g‘altakning zanjirini uzadigan maxsus rele bilan birgalikda qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: