Elektrotehnika va elektronika


 – rasm. Tezlik nazorati relesining sxematik chizmasi.  Taxogeneratorlar -



Yüklə 7,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/152
tarix13.12.2023
ölçüsü7,5 Mb.
#176424
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   152
Elektrotehnika va elektronika

 
14.5 – rasm. Tezlik nazorati relesining sxematik chizmasi. 
Taxogeneratorlar - 
tezlik datchiklari kabi o’zgaruvchan tok dvigatellari, asinxron va sinxron bo’lishi 
mumkin. Taxogenerator yakoriga rostlanuvchi resistor bilan ketma-ket ulangan kuchlanish rele chulg’ami 
ulanadi. Taxogenerator dvigatel vali(o’qi) bilan mexanik ulangan bo’ladi.
Tezlikning impulsli induktsion datchigi
– diskret datchik bo’lib hisoblanadi. Bunda dvigatel yoki 
ishchi mashinaning vali(o’qi)ga ulangan tishli disk (1) Disk tishlarining qarshisiga U
p
– manbaga ulangan 
o’lchov chulg’amli (3) doimiy magnit (2) joylashtiriladi. Chulg’amdan olinayotgan kuchlanish kondensator 
(C) orqali (
У) 
kuchaytirgich kirishiga beriladi. Disk aylanganda uning tishlari bilan inductor orasidagi 
oraliq o’zgaradi va o’z navbatida bu magnit oqimining o’zgarishiga olib keladi(14.6-rasm.).
14.6 – rasm. Tezlikning impulsli induktsion datchigi. 
Holat datchiklari
– ishchi mexanizm yoki dvigatel vali(o’qi) holatiga proportsional elektr 
signallarni olish uchun qo’llaniladi. Ushbu datchiklar analogli yoki raqamli bo’lbshi mumkin. Bularga yo’l va 
chegaralovchi o’chirgichlarni, selsinlar, aylanuvchi transformatorlar, raqamli fotoelektrik datchiklar va 
boshqalarni misol qilish mumkin(14.7-rasm.).


192 
14.7-rasm. Chegaralovchi o’chirgichlar. 
14.8-rasm. Elektromagnit tormoz qurilmasi. 
Elektromagnit tormoz qurilmalari - TKG-160 TKG-200 
 
TKG-300 
 
TKG-400 TKG-500 TKG-600 TKG-
700 TKG-800 tormoz qurilmalari. 
Bunday qurilmalar asosan ko’tarib-tushirish mashinalarida tormozlab to’xtatish yoki yuritma 
ishlamay turganda tormozda tutib turish maqsadlarida qo’llaniladi. Elektr yuritma rusumiga qarab 
quyidagi shartli belgilar qo’llaniladi: TKT- MO seriyadagi o’zgaruvchan tok elektromagnitli; TKP - MP 
seriyadagi o’zgarmas tok elektromagnitli; TKG – TE seriyadagi elektrogidravlik turtkichli. 
TKG - tormoz qurilmalari yuritma va mexanik qismdan iborat. Ishlamayotgan yuritmada richag 
tizimidagi siqilgan prujina kolodkalarni tormoz shkivi yuzasiga qattiq bosib tormoz rejimini ta’minlab 


193 
turadi. Yuritma ishga tushganda esa prujina ta’siridan richaglar ajralib kolodkalarni bo’shatadi va shkivni 
tormoz rejimidan chiqaradi. 

Yüklə 7,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin