R 2 chiq max / R yu. Kuchaytirgichning foydali ish koeffitsienti (FIK): = R chiq / R um (17.3)
bu yerda
R um – kuchaytirgichning hamma manbalardan iste’mol qiladigan quvvati.
Kuchaytirgichlar amplituda, chastota va amplituda-chastota tavsifnomalari bilan ham baholanadi.
Amplituda tavsifnomasi chiqish kuchlanishining kirish kuchlanishiga qanday bog‘langanligini
ko‘rsatadi
U chiq = f (U kir ) (17.4)
17.3-rasmda kuchaytirgichning amplituda, amplituda-chastota va faza chastota tavsifnomalari
ko‘rsatilgan. Bu tavsifnomalar o‘rta chastotalarda olinadi. Haqiqiy kuchaytirgichning amplituda
tavsifnomasi ideal kuchaytirgichnikidan shovqin mavjudligi (A nuqtaning chap qismidagi maydon) va
chiqish kuchlanishining chiziqli emasligi (V nuqtaning o‘ng qismidagi maydon) bilan farq qiladi (17.3-rasm,
a).
Kuchaytirgichning chastota tavsifi kuchaytirish koeffitsientining chastotaga bog‘liqligini ko‘rsatuvchi
egri chiziqdir. Mazkur tavsifi logarifmik masshtabda quriladi (17.3-rasm, b).
Kuchaytirgichning faza-chastota tavsifnomasi kirish va chiqish kuchlanishlari orasidagi siljish
burchagi
ning chastotaga qanday bog‘langanligini ko‘rsatadi (17.3-rasm, c). Bu tavsif kuchaytirgich
tomonidan kiritilgan fazaviy buzilishlarni baholaydi.
243
17.3-rasm. Kuchaytirgichning amplituda, amplituda-chastota va faza chastota tavsiflari.
17.3. Differentsial kuchaytirgichlar. Ikki signal farqini kuchaytiruvchi qurilma
differentsial kuchaytirgich deyiladi. Chiqishdagi signal
Har bir kirish signaliga emas, balki ularning ayirmasiga bog‘liqdir. Eng oddiy differentsial kuchaytirgich
umumiy emitter qarshilik ulangan ikkita bir xil tranzistor asosida quriladi (17.4-rasm).
17.4-rasm. Differentsial kuchaytirgichlar ulanish sxemasi.
Kirish kuchlanishlari tranzistorlar (VT
1
va VT
2
) ning baza-emitter o‘tishiga beriladi. Bu
kuchlanishlarning ayirmasi bir necha millivoltdan ortmasa, kuchaytirgich VAT(VAX) ning chiziqli qismida
244
ishlaydi. Uning kuchaytirish koeffitsienti 100 ga yaqindir. Chiqish qismilari 1` va 2` dan chiqish kuchlanishi
olinadi. Kuchaytirgichning uzatish koeffitsienti:
2
1
'
2
'
1
)
(
chiq chiq chiq U U U p K (17.5)
Kuchaytirilganda bir xil tranzistorlarni topish juda qiyin. Shu sababdan mikrosxema asosida
tuzilgan differentsial kuchaytirgich kaskadlaridan foydalaniladi. K118UL1 shunday sxemalarning namunasi
bo‘la oladi. O‘zgarmas tok kuchaytirgichlari asosida turli matematik operatsiyalarni bajaruvchi operatsion
kuchaytirgichlar qurish mumkin. Operatsion kuchaytirgichlar (OK) yuqori kuchaytirish koeffitsienti, katta
kirish va chiqish qarshiligi bilan xarakterlanadi.
OK kirish diffenrentsial kuchaytirgichlaridan iboratdir (17.5-rasm). Kuchaytirgich inventorlovchi (-)
va noinvertorli (+) kirishga egadir. Sxemalarda OK uchburchak tarzidan ifodalanadi (17.5-rasm, a). Signal
qaysi kirishga berilganiga qarab OK inventorlovchi yoki noinvertorlovchi usullarda ulanadi.
Inventorlovchi usulda kirish kuchlanishi OK ning noinvertorlovchi kirishiga beriladi (17.5-rasm, v),
Noinvertorlovchi kirish esa nol potentsialga egadir.
245
17.5-rasm. Operatsion kuchaytirgich sxemasi va tavsifi.