17.4. Chastota ajratuvchi kuchaytirgichlar
Sozlash chastotasi (f
0
) dan farq qiluvchi chastotalarda teskari bog‘lanish koeffitsienti birga
yaqinlashib, chiqishdagi signal butunlay kirishga beriladi. Kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsienti juda
kichik bo’ladi. Ayrim chastotalar va chastotalar doirasida kuchaytiruvchi kuchaytirgichlar
chastota
ajratuvchi kuchaytirgichlar
deyiladi. Bunday kuchaytirgichlarning yuqori va quyi chastotalar nisbati I
yu
/I
k
birga yaqin, ya’ni 1,001 dan 1,1 gacha bo‘ladi. Chastota ajratuvchi kuchaytirgichlar radiotexnika, televidenie,
ko‘p kanalli aloqa tizimlarida keng qo’llaniladi.
Manbadan tarqaladigan elektr signallar (tovush, videoimpulslar) chastotasiga sozlangan chastota
ajratuvchi kuchaytirgich faqat shu chastotadagi signalnigina kuchaytirib beradi. Yuqorida ko‘rib chiqilgan
sxemamiz tovush va sanoat chastotalarida ishlaydi va chastota ajratish uchun uning RC zanjiri
parametrlari.
R
1
= R
2
= R
3
, R
3
= R/2, C
1
= C
2
– C
3
va C
3
= 2C
shartlarni qanoatlantirishi kerak. Yuqori
246
chastotali ajratuvchi kuchaytirgichlarda oddiy kuchaytirgichning kollektor zanjiriga LC kontur ulanadi, LC
rezonans rejimida ishlaydi.
LC
I
2
1
0
chastotada kuchaytirgichning kuchaytirish koeffitsienti maksimal qiymatga ega
bo‘ladi. 17.6-rasmda chastota kuchaytirgichning sxemasi keltirilgan.
17.6-rasm. Chastota kuchaytirgich sxemasi.
17.5. Kuchlanish kuchaytirgichlari.
Kuchlanish kuchaytirgichlari qurilma chiqishida qurilma kirishidagidan bir necha barobar ko‘p
kuchlanish olishda qo‘llaniladi. Oxirgi vaqtlarda bu uskunalar juda ko‘p qo‘llanilmoqda, chunki ular yuqori
kuchlanish transformatorlarini o‘rnini bosadi. Bunday almashtirishda o‘lchamlar va massadan yutiladi.
17
.
7
-rasmda kuchlanishni parallel ikki barobar oshiruvchi uskuna sxemasi keltirilgan. U
transformatorning bitta ikkilamchi chulg‘amiga ulangan ikkita bir yarim davrli to‘g‘irlagich ko‘rinishidadir.
Agar A nuqta musbat potentsial, B nuqta manfiy potentsialga ega bo‘lganda D
1
diod ochiq, D
2
diod yopiq
bo‘ladi. Bu vaqtda C1 kondensator ochiq bo‘lgan D
1
diod orqali U
st
amplituda qiymatigacha zaryadlanadi.
Keyingi yarim davrda V nuqta musbat, A nuqta manfiy potentsialga ega bo‘ladi, D
1
diod yopiq, D
2
diod esa
ochiq bo‘ladi. Bu yarim davrda D
2
diod C2 kondensatorni zaryadlaydi. C1 va C2
kondensatorlar chiqishga
nisbatan ketma-ket ulangan bo‘ladi.
247
17.7-rasm. Parallel kuchlanishni ikki barobar oshirish sxemasi.
Kondensatorlardagi kuchlanish qutblanishi shundayki, razryadlanish vaqt doimiysi
razr
=CR
YU
T/2
(bu yerda C=C1=C2, T-kirish kuchlanish davri) bo‘lganda uskunaning chiqish kuchlanishi transformatorning
ikkilamchi chulg’amining kuchlanishining ikkillangan qiymatiga teng bo‘ladi. 17.8-rasmda kuchlanishni ikki
barobar oshiruvchining sxemasi keltirilgan.
17.8-rasm. Ketma-ket kuchlanishni ikki barobar kuchaytirgich sxemasi.
Kirish kuchlanishini biror bir yarim davrda, qachonki B nuqta potentsiali musbat, A nuqta potentsiali
manfiy bo‘lganda D
1
diod ochiq, D
2
diod yopiq bo‘ladi. Bu vaqtda C1 kondensatori D
1
orqali U
2T
kuchlanish
248
amplituda qiymatigacha zaryadlanadi. Keyingi yarim davrda A nuqta potentsiali musbat, V nuqta potentsiali
manfiy bo‘ladi, D
1
diod yopiq, D
2
diod ochiq bo‘ladi. Bunda C2
kondensator D
2
diod orqali zaryadlanishni
boshlaydi, ya’ni transformatorning ikkilamchi chulg’ami kirishidan U
2
va zaryadlangan C1 kondensatoridan
zaryadlanadi. Buning oqibatida R
YU
qarshiligida kuchlanish qiymati U
2T
kuchlanish ikki barobar oshirilgan
qiymatiga teng bo‘ladi.
Ketma-ket sxemani kuchlanish ikki barobar oshiruvchi uskunaning parallelga nisbatan bir qator
afzalliklari mavjud: chiqish kuchlanishi pulsatsiyasi, ishlash stabilligi yuqori. Bundan tashqari bir necha
ketma- ket kuchaytirgichlardan to‘rt barobar kuchlanish oshiruvchi sistemalarni yig‘ish mumkin. To‘rt
barobar oshiruvchini bir-biriga qo‘shib, kuchlanishni 8 barobar oishirish mumkin. Shuning uchun ketma-
ket sxemali kuchlanishni ikki barobar oshiruvchi sxemalar ko‘prok qo‘llaniladi.
17.9-rasm. Kuchlanishni 4 barobar oshiruvchi uskuna sxemasi.
Kuchlanish kuchaytirgichlari yordamida chiqishda bir necha 10 kV kuchlanish olish mumkin, bunda
kichik nominal kuchlanishli, kichik o‘lchamli va arzon (kondensatorlar va diodlar) uskunalar qo‘llaniladi.
Barcha kuchaytirgichlarning kamchiligi: ularning kichikligi va FIK pastligidir.
249
Hozirgi paytda K299 seriyali IMSlar ishlab chiqarilmoqda va keng qo‘llanilmoqda. Bu IMS yordamida
tok I
H
200 mkA bo‘lganda 2000-2400 V chiqish kuchlanishini olish mumkin. Maslan, K229EV1 IMSlar 4
barobar oshiruvchi hisoblanadi va 17.9-rasmda sxemasi keltirilgan.
Nazorat savollari
1.
Elektron kuchaytirgichga ta’rif bering.
2.
Kuchaytirgich qurilmasi qanday qismlardan iborat?
3.
Bitta kuchaytiruvchi elementi bo‘lgan zanjir qanday ataladi?
4.
Ish rejimiga ko‘ra qanday kuchaytirgichlarga bo‘linadi?
5.
Ikki signal farqini kuchaytiruvchi qurilma qangay nomlanadi?
6.
Operatsion kuchaytirgichlar (OK) qanday parametrlari bilan xarakterlanadi?
7.
Ayrim chastotalar va chastotalar doirasida kuchaytiruvchi kuchaytirgichlar
qangay nomlanadi?
8.
Qurilma chiqishida qurilma kirishidagidan bir necha barobar ko‘p kuchlanish
olishda qanday kuchaytirgichlar qo‘llaniladi?
|