251
Kristall
kremniyli fotoelementlar -
Kristall kremniyli fotoelementlar
bu boradagi dastlabki
texnologiyalardan hisoblanadi. Ushbu texnologiyalardan qator yillar davomida kosmonavtikada foydalanib
kelinmoqda.
Kremniyli fotoelement ikki qatlamdan iborat. Ichki qatlam – yuqori
tozalikdagi kristall kremniy,
tashqi qatlam esa qo’shimchalar (masalan fosfor) qo’shilgan kremniydan iborat vo’ladi.
Monokristall va polikristall fotoelementlar
- Monokristall kremniy yuqori sofligi evaziga eng yuqori
(18% gacha) foydali ish koeffitsientiga (FIK) va eng uzoq xizmat muddati (50 yilgacha) ega. Uni tayyorlash
texnologiyasi murakkab hisoblanadi.
Polikristall kremniyni tayyorlash nisbatan engilroq, shunga yarasha FIK-15%, xizmat muddati esa 25
yilgacha. Shu sababli odatda bunday panellar arzonroq narxlarda taklif etiladi.
Bundan tashqari yana ham arzonroq amorf kremniydan tayyorlangan
quyosh panellari mavjud
bo‘lib, ularning FIK-8-10%, xizmat muddati esa 8-10 yildan ortmaydi(18.2-rasm.).
18.2.-rasm. Chapdan monokristalli, polikristalli va elastik
asosli
quyosh elementlari.
Yupqa plyonkali fotoelementlar - Amorf kremniy asosidagi elementlardan yasalgan (CIS (CIGS) va
CdTe
тех
nologiyalari) yupqa plyonkali fotoelementlar ko’p tarqalgan bo’lib,
ularning narxi qariyb ikki
marta arzon.
CIS (CIGS) fotoelementlari –
CIS — Copper Indium Selenide, selenning mis va indiy bilan
birikmasi,
CIGS — Copper Indium Gallium Selenide,
selenning mis,indiy va galliy bilan birikmasi.
252
Bunday elementlarda kremniy umuman yo’q. Ularning FIKsi 11%ni tashkil etadi. Bu ko’rsatkich yupqa
plyonkali fotoelementlar orasida eng yuqorisi hisoblanadi. Bundan tashqari ular ob-havoning bulutli, uncha
yorug’ bo’lmagan paytlari boshqalardan samaraliroq ishlaydi.
CdTe fotoelementlari - Bunday fotoelementlar asosida kadmiy va tellur birikmalari yotadi. FIKsi 9%.
Dostları ilə paylaş: