18.4. Mikrogeslar. Gidroenergetika dunyodagi umumiy energiya iste’molining 20% ini ta’minlaydi va 30 dan yuqori
davlatlarning asosiy energiya manbai hisoblanadi. Gidroenergetikaning energetik samaradorligi uning
2000 yillik tarixi davomida foydali ish koeffitsienti 10% bo’lgan oddiy charxpalakdan to FIK i 95% gacha
bo’lgan gidroturbinagacha bo’lgan yo’lni bosib o’tib sezilarli rivojlanishga erishdi.
Kichik GES lar deyilganda nisbatan kichik quvvatli va markazlashgan elektr ta’minotdan uzoqda
joylashgan iste’molchilar va iste’molchilar guruhlarining manfaati uchun ularning moddiy vositalari va
ularning ishchi kuchidan foydalanib quriladigan gidroelektr stansiyalar tushuniladi.
Bunday iste’molchilarga qishloq xo’jalik kooperativlari, uncha katta bo’lmagan ishlab chiqarish
tashkilotlari, fermer xo’jaliklari va ba’zi hollarda kam elelktr energiya iste’mol qiladigan yirik tashkilotlar
va boshqalar kiradi. Kichik GES lar bo’lib o’rnatilgan quvvati 20-30 MVtdan oshmaydigan
elektrostansiyalar hisoblanadi. O’rnatilgan quvvati 100 kVt gidroelektr stansiyalar mikroGES lar
kategoriyasiga kiradi.
5.3.5. Biogazgeneratorlar. Biogaz-elektr energiya olish tizimi asosan chorva va boshqa maishiy chiqindilarni qayta ishlash
hisobiga amalga oshiriladi.
258
18.6– rasm. Biogaz-elektr energiya olish tizimi.
Nazorat savollarI 1. Invertor deb nimaga aytiladi?
2. Agar invertor iste’molchini manba bilan bog‘lanmagan holda
energiya bilan ta’minlasa u nima deb ataladi?
3. O‘zgartirgich to‘g‘rilash rejimidan invertorlash rejimiga
o‘tishi uchun, qaysi shartlar bajarilishi kerak?
4. O‘zgarmas tok elektr uzatish liniyalarida to‘g‘rilagich
sifatida ishlovchi nima o‘rnatiladi?
5.Tiristorli o‘zgartirgichlarning funktsiyasi va ishlash tamoyili?