254
18.3. Yuqori hajmli akkumulyatorlar.
Gelli akkumulyatorlar - Gelli akkumulyatorlarning ishlash
tamoyili oddiy kislotali
akkumulyatorlarnikiga o’xshash. Faqat gelli akkumulyatorlardagi elektrolitlarga ularni gel holatiga
keltiruvchi kimyoviy elementlar qo’shiladi.
Hozirda gelli akkumulyatorlarning ikki rusumi ishlab chiqarilmoqda.
1.
Birinchisi GEL akkumulyatorlari deb belgilanadi. Ular energiya sig’imini
pasaytirmasdan 800 martagacha zaryadlanib-razryadlanishi mumkin. Ishlash muddati 10-12
yilgacha.
2.
Ikkinchisi AGM akkumulyatorlari deb belgilanadi.
Ulardagi elektrolit shisha
toladan tayyorlangan maxsus separatorga joylashtiriladi. Ular energiya sig’imini
pasaytirmasdan 400 martagacha zaryadlanib-razryadlanishi mumkin.
Konstruktiv jixatdan gelli akkumulyatorlar kislotali akkumulyatorlarga
qaraganda qator
afzalliklarga ega:
Gelli akkumulyatorlarga xizmat ko’rsatish talab etilmaydi;
Korpus yorilganda eleltrolit oqib chiqmaydi;
Zaryadlashda zaxarli bug’ chiqmaydi.
Gelli akkumulyatorlarning kamchiliklari:
1.
Zaryadlash kuchlanishining o’zgarishiga o’ta sezuvchanligi. Zaryadlash kuchlanishi
aniq 14,4 V bo’lishi shart. Aks holda elektrolit erib ketadi va uni tiklab bo’lmaydi.
2.
Havoning sovib ketishiga chidamsizligi. Haroratning sezilarli pasayib
ketishida
elektrolit muzlab, uning zaryadi ikki va undan ziyod kamayib ketishi mumkin.
3.
Eletr qisqa tutashuvining eng qisqa vaqtdagi sharoitlarida ham butunlay ishdan
chiqishi mumkin.
Ularni zaryadlash toki oddiy kislotali akkumulyatorlarnikidan yuqori bo’ladi. Ba’zilarida 30
ampergacha etishi mumkin. Maksimal razryadlanish toki - akkumulyator 30
sek davomida qancha
miqdorda tok o’tkaza olish imkoniyatini ko’rsatadi. Bu parameter akkumulyatorning ishga tushirish toki
255
deb ataladi. Avtomobillar uchun gelli akkumulyatorlarning ishga tushirish toki 550-950 Amper atrofida
bo’ladi (18.4 – rasm).
Dostları ilə paylaş: