Seminar mashg’ulotlari 1-mavzu. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli Muhokama uchun savollar


Abu Nasr Muhammad ibn Tarxon al-Forobiy



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/452
tarix14.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#176881
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   452
Seminar mashg\'uloti FALSAFA

 
Abu Nasr Muhammad ibn Tarxon al-Forobiy 
(870–950, asarlari: «Kitob ul-Xuruf», «Fozil 
odamlar shahri», «Siyosat falsafasi», «Fuqarolik siyosati») falsafa va tabiiy fanlar tarixiga oid 
yuzga yaqin asar muallifidir. U fanlar bilish vositalari ekanligidan kelib chiqqan. Bunda 
mutafakkir nazariy (mantiq, falsafa, tabiiy fanlar) va amaliy (axloq, siyosat) fanlarni farqlagan. 
Fanlar tizimida u insonga haqiqiy bilimni soxta bilimdan farqlash imkonini beruvchi mantiqni 
birinchi o‘ringa qo‘ygan. Ayni shu sababli faylasuf inson tafakkuriga alohida e’tibor bergan. 
Aynan falsafa insonga borliqning mohiyatini tushunish imkonini beradi. Borliq «yagona» va 
ayni vaqtda «ko‘p»dir. Borliqning mazkur holati emanatsiya, ya’ni «yagona» muhitdan 
borliqning turli muhitlari kelib chiqishi mahsulidir. Forobiy asarlarida dunyo bir-biriga kiruvchi 
to‘qqiz gumbaz ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bu gumbazlarda ularning Yer atrofida aylanishi 
sababi hisoblangan jonlar yashaydi. Gumbazlar o‘z harakatini dastlabki turtkidan boshlagan. 
Forobiy dunyoning rang-barangligini tushuntirish uchun Aristotelning shakl va materiya 
haqidagi ta’limotidan foydalangan. U jonning umrboqiyligi haqidagi masalada Platon fikriga 
qo‘shilmagan, chunki, uning paydo bo‘lishi va o‘limi tananing paydo bo‘lishi va o‘limi bilan bir 
vaqtda yuz beradi, deb hisoblagan. Ayni shu sababli Forobiy ijodida bilish nazariyasi Platondagi 
kabi xotirlash nazariyasi emas, balki dunyoni sezgi va aql birligi sifatida anglab etish 
nazariyasidir. Bunda aqlli jon narsalar tabiatini sezgilar idrokidan foydalanib anglab etadi. 
Narsalarning mohiyati aql bilan anglab etiladi. Bunda aql, avvalo, mantiqqa tayanishi, lekin 
sezgi a’zolari beruvchi materialdan foydalanishi lozim. 


2-MAVZU: FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI: 
SHARQ FALSAFASI 
27 
Forobiy borliqning birinchi sababi va harakat manbai sifatida Xudo mavjud deb hisoblagan 
bo‘lsa-da, uning falsafasi bilish va borliqning murakkab masalalarini echishga intilish bilan 
tavsiflanadi. Ayni shu sababli faylasuf borliqning holatlarini, uning shakllarini: oddiy elementlar 
– havo, olov, er, suvni; shuningdek, minerallar, o‘simliklar, hayvonlar, inson va osmon jismlarini 
sinchiklab o‘rganadi. Shu tariqa u tashqi dunyoning ob’ektiv mavjudligiga urg‘u beradi. 
Forobiyning falsafiy qarashlari Sharq falsafasining rivojlanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. 
Forobiyning gnoseologiyasi tabiatshunoslik, matematika, musiqa, tilshunoslik va boshqa fanlar 
sohasidagi bilimlarga asoslanadi. U tabiat insondan tashqarida va unga bog‘liq bo‘lmagan holda 
mavjuddir, deb hisoblaydi. Forobiy fikricha, ob’ekt sub’ektga qadar mavjud bo‘lgan. Seziladigan 
narsalar sezgilardan oldin paydo bo‘lganidek, bilish mumkin bo‘lgan narsalar ham bilishdan 
oldin paydo bo‘lgan
4

Forobiy fikricha, inson bilimlarni tashqi dunyodagi hodisalarni bilish jarayonida o‘zlashtiradi. 
Bu jarayon sezish, idrok etish, xotirlash, tasavvur qilish va eng muhimi – mantiqiy mulohaza 
yuritish, tafakkur kabi usullarni qamrab oladi. Bu vositalar yordamida inson fanni o‘rganadi. 
Forobiy «Fan va san’atning o‘ziga xos xususiyatlari» asarida tabiatni bilishning uzluksizligini, 
bilish – bu bilishdan bilimga, sababni bilishdan oqibatni bilishga, hodisani bilishdan mohiyatni 
bilishga eltuvchi yo‘l ekanligini qayd etadi. 
Forobiy inson ruhining bir tanadan boshqa tanaga o‘tishini qat’iyan rad etadi va ruh ham, tana 
kabi substansiyalarning individual birligidan iborat, deb hisoblaydi. Uning bu fikri noizchil 
bo‘lgan. Bunday noizchillik Aristotelning bilish nazariyasida ham kuzatiladi. Aristotelga 
ergashib Forobiy ham ayrim narsalar birlamchi, mavjud tushunchalar va g‘oyalar – ikkilamchidir 
va ular aqlda muayyan narsalarning mavhumlashishi natijasida paydo bo‘ladi, deb hisoblaydi. 
Forobiyning bu g‘oyalari universaliyalar va umumiy tushunchalar haqidagi qarashlarida yanada 
aniqroq namoyon bo‘ladi. Universaliyalar mavjud bo‘lgani uchun ham umumiy tushunchalar 
mavjuddir, deb hisoblaydi buyuk mutafakkir. 
Bilish bosqichlari o‘rtasidagi farqlarni tushunish Forobiyga bilish yo‘llari to‘g‘risida mulohaza 
yuritish imkonini beradi. Bilishning fiziklar foydalanuvchi birinchi yo‘li sezishdan boshlanishi 
lozim, chunki tana sezgiga yaqinroqdir. Bu hol sezgilar muayyan narsalarni aks ettirishi bilan 
izohlanadi.Narsalar sezgi organlarida aks etgach, jismni va uning yuzasi, chiziqlari va nuqtalarini 
mavhum o‘rganishga o‘tishi lozim. Matematiklar jismning u yoki bu jihatlarini teranroq bilish 
uchun foydalanuvchi bilishning ikkinchi yo‘li mavhumlashtirishdan boshlanishi darkor. Bilishni 
mavhum nuqtadan boshlagan aql muayyan jism bo‘ylab harakatlana boshlaydi, mavhum chiziq, 
yuza, jismni anglaydi va so‘ngra muayyan jismni tushunib etadi.Ilmiy bilim va falsafiy 
tafakkurning rivojlanishi bilish yo‘llariga boshqacha nazar tashlash imkonini beradi, biroq 
Forobiy ilgari surgan g‘oya Gegel falsafasida o‘zining yanada barkamolroq ifodasini topadi. 
«Vazifa bilishdan iborat bo‘lgani tufayli, kuzatish bilan taqqoslash haqidagi masala undan voz 
kechish ma’nosida echilgandir. Endilikda masala faqat bilish doirasida nima birinchi bo‘lishi va 
undan keyin nimalar anglab etilishi lozimligi haqida bo‘lishi mumkin. Endi tabiatga muvofiq 
yo‘l emas, balki bilishga muvofiq yo‘l talab etiladi. Bilish fikrning muayyan mazmunidan ko‘ra, 
mavhum mazmunni anglab etishi osonroqdir»
5
. Binobarin, bilish masalasi borliqning qaysi jihati 
biluvchi sub’ektning ob’ekti hisoblanishidan kelib chiqib hal qilinadi. Umuman, Forobiy 
4
Фараби. Комментарии к категориям Аристотеля // Избранные произведения мыслителей стран Ближнего и 
Среднего Востока. –М.: 1961 г. с. 191. 
5
Фараби. Китаб ал-Хуруф. Душанбе. «Илм», 1972 г. с. 25. 



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin