–
bu
sotilgan aksiyalar, ulushlar, paylar soniga muvofiq-
likda mulkdorlar oʻrtasida aniq bir davr boʻyicha taqsimlanadigan
korxona foydasining bir qismidir.
Dividend siyosati
– korxonaning bozor qiymatini va mulkdorlar
turmush farovonligini oshirish maqsadida foydaning iste’mol qilina-
digan va reinvestitsiya qilinadigan qismlari oʻrtasidagi proporsiyani
optimallashtirishga yoʻnaltirilgan korxona moliyaviy siyosatining bir
qismidir.
Dividend siyosatida aks etadigan olingan foydani taqsimlash
boʻyicha korxona va mulkdorlar oʻrtasidagi moliyaviy munosabatlar
murakkab va koʻp qirrali hisoblanadi. Shuning uchun dividendlarning
iqtisodiy mohiyati va paydo boʻlish tabiatidan boshlab uning tarkibiy
qismini koʻrib chiqish maqsadga muvofiq.
Investor tomonidan korxona kapitaliga pay, ulush, aksiyalarga
tikilgan (qoʻyilgan) pul mablagʻlari haqiqatda uning korxonaga egalik
qilish huquqini va oʻz navbatida, olingan foydani taqsimlashda
ishtirok etish huquqini beradi. Umuman mazkur huquqni amalga
oshirish vaqtida foydaning turli shakllardagi qismlarini ta’sischilar
foydasiga oʻtkazish koʻrinishida amalga oshiriladi. Aksiyadorlik
jamiyatlarida mazkur huquqdan foydalanish an’anaviy tarzda foydani
taqsimlashda ishtirok etish va dividendlar toʻlanishi (dividend olish)
shaklida amalga oshiriladi.
Kapital taqdim etishdan olinadigan boshqa daromadlardan,
masalan foizlardan farqli ravishda dividend toʻlovlari majburiy
hisoblanmaydi, ularning miqdori oldindan ma’lum boʻlmaydi.
-
285 -
Aksiyadorlik jamiyatlarida dividendlar miqdori direktorlar kengashi
taklifi asosida aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qaroriga asosan
belgilanadi va odatda, moliyaviy-xoʻjalik faoliyatidan olinadigan
natijalarga bogʻliq boʻladi.
Dividendlar olish huquqi imtiyozli aksiyalar kabi oddiy
aksiyalarga ham beriladi. Rivojlangan mamlakatlarda imtiyozli
aksiyalar boʻyicha odatda, qat’iy belgilangan dividendlar toʻlanadi.
Mamlakatimiz qonunchiligiga koʻra aksiyadorlik jamiyati ustavida
dividendlar miqdori qat’iy pul summasida yoki imtiyozli
aksiyalarning nominal qiymatiga nisbatan foizlarda belgilab qoʻyilishi
lozim. Umuman aksiyadorlik jamiyati tomonidan joylashtirilgan
imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati jamiyat ustav fondining
yigirma foizidan oshmasligi lozim.
Oddiy aksiyalar boʻyicha dividendlar faqatgina jamiyat
tomonidan barcha xarajatlar qoplangandan soʻng, muomalaga
chiqarilgan obligatsiyalar va olingan kreditlar boʻyicha foizlar,
soliqlar va imtiyozli aksiyalar boʻyicha dividendlar toʻlangandan
soʻng toʻlanadi. Bundan koʻrinib turibdiki, oddiy aksiyalar egalarining
korxona faoliyati boʻyicha olingan foydaning bir qismiga egalik qilish
huquqi eng oxirgi navbatda qanoatlantiriladi.
Koʻplab mamlakatlarda aksiyadorlarga dividend toʻlashning
tartibi, shakllari va oʻziga xos jihatlari qonunchilik bilan tartibga
solinadi. Mamlakatimizda mazkur jarayonni tartibga solish
Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 6-maydagi “Aksiyadorlik
jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish
toʻgʻrisida”gi qonuniga asosan amalga oshiriladi va unga asosan
aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarning har bir turi boʻyicha e’lon
qilingan dividendlarni toʻlashi shart.
Dividend jamiyat sof foydasining aksiyadorlar o‘rtasida taqsim-
lanadigan qismidir. Aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarning har bir turi
bo‘yicha e’lon qilingan dividendlarni to‘lashi shart.
Dividend aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra pul
mablag‘lari yoki boshqa qonuniy to‘lov vositalari yoxud jamiyatning
qimmatli qog‘ozlari bilan to‘lanishi mumkin. Imtiyozli aksiyalar
-
286 -
bo‘yicha dividendlarni qimmatli qog‘ozlar bilan to‘lashga yo‘l
qo‘yilmaydi. Dividend aksiyadorlar o‘rtasida ularga tegishli aksiyalar-
ning soni va turiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Aksiyadorlik jamiyat moliya yilining birinchi choragi, yarim
yilligi, to‘qqiz oyi natijalariga ko‘ra va moliya yili natijalariga ko‘ra
joylashtirilgan aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lashlari mumkinligi
milliy qonunchilikda belgilab qo‘yilgan. Moliya yilining birinchi
choragi, yarim yilligi va to‘qqiz oyi natijalariga ko‘ra dividendlar
to‘lash to‘g‘risidagi aksiyadorlik jamiyati qarori tegishli davr
tugagandan keyin uch oy ichida qabul qilinishi mumkin.
Aksiyalarning har bir turi bo‘yicha dividendlar to‘lash, dividend-
ning miqdori, uni to‘lash shakli va tartibi to‘g‘risidagi qaror moliyaviy
hisobotning ishonchliligi haqida auditorlik xulosasi mavjud bo‘lgan
taqdirda moliyaviy hisobot ma’lumotlari asosida jamiyat kuzatuv
kengashining tavsiyasiga ko‘ra aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi
tomonidan qabul qilinadi. Dividendlarning miqdori jamiyat kuzatuv
kengashi tomonidan tavsiya etilgan miqdordan ko‘p bo‘lishi mumkin
emas. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi aksiyalarning muayyan
turlari bo‘yicha dividendlar to‘lamaslik to‘g‘risida, shuningdek,
jamiyat ustavida dividend miqdori belgilab qo‘yilgan imtiyozli
aksiyalar bo‘yicha to‘liq bo‘lmagan miqdorda dividendlar to‘lash
haqida qaror qabul qilishga haqli. Dividendlar to‘lash to‘g‘risidagi
qarorda dividendlar to‘lash boshlanadigan va tugallanadigan sanalar
ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
Dividendlar jamiyatning jamiyat tasarrufida qoladigan sof foydasi
va o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasi hisobidan to‘lanadi.
Imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar jamiyatning buning uchun
maxsus mo‘ljallangan fondlari hisobidan ham to‘lanishi mumkin.
Dividendlarni to‘lash muddati va tartibi jamiyatning ustavida yoki
aksiyadorlarning
umumiy
yig‘ilishi
qarorida
belgilanadi.
Dividendlarni to‘lash muddati shunday qaror qabul qilingan kundan
e’tiboran oltmish kundan kech bo‘lmasligi lozim.
Dividendlarni to‘lash chog‘ida birinchi navbatda imtiyozli
aksiyalar bo‘yicha, so‘ngra oddiy aksiyalar bo‘yicha dividendlar
-
287 -
to‘lanadi.
Imtiyozli
aksiyalar
bo‘yicha
qat’iy
belgilangan
dividendlarni to‘lash uchun yetarli miqdorda foyda mavjud bo‘lgan
taqdirda jamiyat mazkur aksiyalarning egalariga dividendlar to‘lashni
rad etishga haqli emas. Jamiyat rad etgan taqdirda aksiyadorlar
dividendlar to‘lanishini sud tartibida talab qilishi mumkin. Jamiyat
yetarli miqdorda foydaga ega bo‘lmagan yoki zarar ko‘rib ishlayotgan
taqdirda, imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendlar jamiyat tomonidan
jamiyatning faqat shu maqsad uchun tashkil etilgan zaxira fondi
hisobidan va ushbu fond doirasida to‘lanishi mumkin.
Egasi yoki egasining qonuniy huquqiy vorisi yoxud merosxo‘ri
tomonidan uch yil ichida talab qilib olinmagan dividend aksiyador-
larning umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra jamiyat ixtiyorida qoladi.
Aksiyadorlik jamiyatlari O‘zbekiston Respublikasi norezident
aksiyadorining yozma talabiga ko‘ra unga hisoblangan dividendlarni
erkin ayirboshlanadigan valyutaga ayirboshlab, mablag‘larni
norezident aksiyador taqdim etgan bank hisobvarag‘iga o‘tkazib
berishi shart. Jamiyat aksiyadorlarining reestridan olingan, jamiyat
tomonidan tasdiqlangan ko‘chirma hamda jamiyat buxgalteriyasining
hisoblangan dividendlar summasi va ular hisoblangan sana
to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi ayirboshlash uchun asos bo‘lib xizmat
qiladi.
Aksiyadorlarga dividendlarni to‘lash to‘g‘risida qaror qabul
qilingan aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish uchun
shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlarining reestrida qayd etilgan
shaxslar aksiyalar bo‘yicha dividend olish huquqiga ega.
Dividendlar aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan
belgilangan muddatlarda jamiyatning aybi bilan to‘lanmagan taqdirda
to‘lanmagan (olinmagan) dividendlar bo‘yicha O‘zbekiston Respub-
likasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish
stavkalaridan kelib chiqqan holda penya hisoblanadi.
Aksiyadorlik jamiyati tomonidan hisoblangan dividendlarni va
penyalarni to‘lashni aksiyador sud tartibida talab qilishga haqli.
Aksiyadorning talablari sud tomonidan qanoatlantirilganda dividend-
larni to‘lash jamiyat tomonidan rad etilgan taqdirda, jamiyatga
-
288 -
nisbatan
qonun
hujjatlarida
belgilangan
tartibda
to‘lovga
qobiliyatsizlikni bartaraf etish yoki bankrot deb e’lon qilish tartib-
taomili qo‘llaniladi.
Milliy amaliyotda aksiyadorlik jamiyatlariga dividendlarni
to‘lashga doir quyidagi cheklovlar mavjud:
- jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) hammasi uning
ta’sis etilishi chog‘ida to‘liq to‘lab bo‘linguniga qadar;
- agar dividendlar to‘lanadigan paytda jamiyatda bankrotlik
belgilari mavjud bo‘lsa yoki jamiyatda shunday belgilar dividendlarni
to‘lash natijasida paydo bo‘lsa;
- agar jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav fondi (ustav
kapitali) va zaxira fondi summasidan kam bo‘lsa, aksiyalar bo‘yicha
dividendlar to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilishga hamda dividendlar
to‘lashga haqli emas.
Yuqorida ko‘rsatilgan holatlar tugatilgach, jamiyat hisoblangan
dividendlarni aksiyadorlarga to‘lashi shart.
Aksiyadorlik jamiyatlari dividendlarning miqdorini ulardan
undiriladigan soliqlarni inobatga olmagan holda e’lon qiladi. Jamiyat
to‘lanadigan dividendlar miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qimmatli
qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi
(Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish
markazi www.csm.gov.uz)ning va jamiyatning rasmiy veb-saytlarida
qaror qabul qilingandan so‘ng ikki ish kuni ichida e’lon qilinishi shart.
Dividendlarga soliq solish soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga
muvofiq amalga oshiriladi va bunda soliq solish bo‘yicha imtiyozlar
belgilanishi mumkin. Hozirgi kunda dividendlar bo‘yicha to‘lov
manbaidan undiriladigan 10 foizlik soliq stavkasi amal qilib
kelmoqda.
Jahon xoʻjaligi amaliyotida dividendlarning turli xil tiplari
ma’lum. Ular quyidagilar:
- davriylik va doimiylik asosida toʻlanadigan
Dostları ilə paylaş: |