Davlat xaridi uchun xorijiy mol yetkazib beruvchilar uchun
o‘rnatilgan maxsus taqiqlar bilan birga, ancha ko‘zga ko‘rin-
maydigan turdagi taqiqlar — bojxona poshlinalari va notarif
cheklovlar (standartlar, guvohnomalar, lisenziyalar va h.k.), ayrim
hollarda to ‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiqlar o‘rnatiladi. Bu amaliyot —
xalqaro tashkilotlar,
birinchi navbatda, XSTning faoliyati natijasida
sekin-asta kamaymoqda, ammo undan tez orada butkul voz
kechishning iloji yo‘q.
Ko'plab mutaxassislaming fikricha,
davlat xaridini elektron
tarzda tashkil etish bo‘yicha Germaniya tajribasini
0
‘rganish1,
Elning boshqa mamlakatlari tajribasiga nisbatan ancha qiziqarlidir.
Germaniya Elning a’zosi sifatida, davlat xaridi sohasidagi
Yevropa
qonunchiligiga so‘zsiz amal qilishi shart. Aks holda, Yevropa
Komissiyasi tomonidan m a’muriy choralar qo‘llanilishi yoki
Yevropa sudida jazoga tortilishi mumkin. Germaniya
0
‘zining
milliy qonunchiligini Elning davlat xaridi bo‘yicha qonunchiligiga
ancha muvoffaqiyatli tarzda moslashtirib olgan. Chunki, raqobat
muhitini shakllantirish va diskriminasiyaga yo‘l qo‘ymaslik, davlat
mablag‘laridan oqilona foydalanishga olib keladi.
Germaniyada davlat xaridini mavjud nazorat tizimi, E l talab-
lariga javob beradi va shuning bilan birga ayrim o‘ziga
xoslikka
ega. Uning nazorat doirasiga, El tomonidan aniqlik kiritilgan va
davlat buyurtmachisiga tenglashtirilgan barcha tashkilotlar kiradilar.
Shunday qilib, bir qator xususiy sektor vakillari davlat buyurt-
machisi maqomiga tenglashtirilgan.
Nazorat tizimi ikkita: apellyasiya (mustaqil tashkilot ko'ri-
nishida) va sud (sud organi ko‘rinishida) instansiyani o‘zi
ichiga
oladi. Davlat xaridini joylashtirish bo‘yicha qilingan qarorlarni
sudda ко‘rib chiqish imkoniyati, bu sohadagi muvaffaqiyatli
yangiliklardan hisoblanadi.
Qonunchilikka binoan, bu ikki
instansiya buyurtmachi ustidan shikoyatni tezlashtirilgan tarzda
ko‘rib chiqadilar va investitsiya jarayonlarini sekinlashuviga jiddiy
salbiy ta’sir etmaydi.
Dostları ilə paylaş: