oshiruvchi muhim qurol sifatida qaraydi. Xususan, Elining
«Ijtimoiy siyosatni yuritishda davlat xarididan foydalanish
to‘g‘risida» gi Kommyunikesida: «...davlat va jamoat ehtiyojlari
uchun mahsulotlami yetkazib berish shartnomalarini tuzishda
ijtimoiy maqsadlami e’tibordan chetda qoldirmaslik kerak» deyiladi.
Ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish mavjud qounuchilik
doirasida amalga oshirilishi alohida qayd etilgan. Shuningdek,
xaridni amalga oshirish jarayonida ijtim oiy yondoshuvni
ta’minlashda quyidagilar muhimdir1:
— ish sharoitlari talablarini o ‘z ichiga oluvchi shartnoma
shartlarini ishlab chiqish;
— mol yetkazib beruvchini to‘g‘ri tanlash;
— qonunchilik bo‘yicha ijtimoiy sohaga to‘g‘ri kelmaydigan
mol yetkazib beruvchilami mol yetkazib beruvchilar ro‘yxatidan
chiqarish;
— mol yetkazib beruvchilami tanlashda qo‘shimcha ijtimoiy
mezonlardan foydalanish.
Yuqoridagi hujjat davlat buyurtmalarini joylashtirishda ekologik
siyosatni ham amalga oshirishni nazarda tutadi, ya’ni zaruriy
texnik-texnologik xususiyatlarni ishlab chiqish, xomashyo va
materiallardan foydalanish, mos ravishda mol yetkazib beruv3
chilami tanlash, ekologik talablami inobatga olgan holda eng
yaxshi taklifni baholash uchun tavsifnomalar berish va hakazo.
Elga kiruvchi mamlakatlarda davlat xaridi hozirgacha milliy
qonunchilik asosida davlat boshqaruv organlari tomonidan amalga
oshiriladi. Ammo, bunda nafaqat xaridni tashkil etish bo'yicha
milliy qonunchilik, balki Evropa hamkorligining qonuncbiligi va
tavsiyalariga ham katta e’tibor qaratiladi.
El davlatlarida davlat xaridini tashkil etish
b o ‘y i d i a
yagona
umummilliy qonun shakllantirilgan va uning asosiy maqsadlari
quyidagilardan iborat:
— minimal xarajat qilish evaziga davlat ehtiyojlari uchun qilina-
digan xaridni optimallashtirish;
Dostları ilə paylaş: