U burxanov, T. Atam uradov davlat xaridi



Yüklə 317,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/93
tarix14.12.2023
ölçüsü317,54 Kb.
#177369
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   93
Davlat xaridi. Burxanov U. Atamuradpv T

y o ‘q o t
ish — yetkazib berilayotgan tovarlar va 
xizmatlar hajmini keragidan ortiq yoki kam miqdorda bo‘lishi; 
tovarlar va xizmatlami davlat ehtiyojlari uchun emas, balki mas’ul 
amaldorlarning shaxsiy maqsadlari uchun xarid etish va boshqalar.
3. Sifat yo‘qotish — sifatsiz tovarlar yetkazib berish va 
xizmatlar bajarish kabi zaruriy texnik talablami buzgan holda 
shartnomalarni tuzish; kafolat muddati va kafolat muddatidan 
so‘ngi shartlarni bajarilishining noqulay shartlari; bajariladian 
ishlar va xizmatlar sifatini tekshirish uchun yetarli nazoratning 
talab etilmasligi va hakozolar.
4. Siyosiy yo‘qotish — mamlakatda investitsion muhitning 
yomonlashuvi, fuqarolar tomonidan davlat va davlat tuzilmalariga 
bo‘lgan ishonchning yo‘qolishi, mamlakat iqtisodiy-moliyaviy
96


tizimining izdan chiqishi, erkin raqobat tamoyfflarining buzilishi 
va boshqalar.
Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, davlat xaridini tashkil etishda 
korrupsiyani butunlay yo‘qotishga hali hech bir mamlakatda 
muvaffaq bo‘linmagan, ammo bu holat korrupsiyaning mavjud 
darajasini pasaytirish uchun olib boriladigan chora-tadbirlarning 
samarasiz yoki natijasiz ekan degani emas.
Xarid tizimi sohasidagi korrupsiyaga qarshi kurash davlat 
sektorida yoki tijorat sektorida amalga oshiriladimi, unga kompleks 
yondoshuv bo'lishini talab etadi. Xalqaro amaliyotda mazkur 
muammo echimida o‘z samarasini isbotlagan to‘rtta yondoshuv 
mavjud:
— Psixiologik usullar
— Texnik usullar
— Tartibga soluvchi jarayonlar
— Jazo chora-tadbiriari.
Psixiologik usullar korrupsiyaning birlamchi sababi bo‘lgan — 
xizmatchining ish beruvchi (ushbu holatda davlat hisobidan, ya’ni 
butun fuqarolar mablag‘lari) hisobidan noqonuniy boyishini oldini 
olishga ta ’sir etish im konini beradi. Psixiologik usullarga 
quyidagilar kiradi:
Vazifaga nomzodning anketa m a’lumotlarini, uning biog- 
rafiyasi va oldingi ish joyidan tavsifhomani tekshirish. Ushbu 
usul oldingi ish joyidan korrupsion faoliyati yoki jinoyati uchun 
ishdan bo‘shatilgan, sudlangan shaxslami korrupsiya imkoniyati 
mavjud vazifalarga tayinlanishini oldini olishda keng qoMlani- 
ladigan oddiy usuldir.
Hozirda barcha davlat organlarida vakant o‘rinlar uchun 
nomzodlarni tekshirishda yuqoridagi kabi tekshiruvlar xodimlar 
bilan ishlash xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
Nomzodlarni ishga olishda maxsus chuqurlashtirilgan testdan 
o‘tkazish (hattoki «yolg‘onni aniqlaydigan detektorlar» — polig- 
raf)dan ham foydaliniladi.
Juda ko£plab mavjud maxsus testlar va kompyuter dasturlari 
ish b eru v ch ig a n o m zo d n in g a n iq psix io lo g ik rasm ini 
gavdalantirish, shuningdek, uning ish beruvchi hisobidan boylik
7 - T - 2 0
97


orttirishga bo‘lgan potensial intilish darajasini aniqlashiga imkon 
beradi.
Ushbu turdagi psixologik testlardan tijorat sektori korxonalari 
va harbiylashgan tuzilmalarda ham keng foydalaniladi. Shuni ham 
ta ’kidlash lozimki, ishga qabul qilishda poligraf («yolg‘onni 
aniqlaydigan detektorlar»)dan foydalanish ko‘pchilik hollarda 
insonning konstitutsion huquqlarini paymol etishi to ‘g!risidagi 
asosU qarshiliklariga ham sabab bo'ladi.
Xodimlami vaqti-vaqti bilan sadoqatUgini tekshirib turish va 
bunda provakatsion usullardan ham foydalanish tijorat sektorida 
keng tarqalgan. Aybdorlarni «ko‘rgazma» holda fosh etish va 
jazolash yuqori samarali anti-korrupsion tadbirlardan hisoblanadi. 
Bosim ostidagi psixologik muhit va xodimlarning yuqori darajadagi 
ko'chishi, ushbu usulning qarama-qarshi ta’siri sifatida namoyon 
bo‘ladi.
Ayrim holatlarda, davlat xizmatida mazkur usuldan kor- 
rupsiyaga qarshi profllaktik tadbir sifatida emas, balki raqobatchi- 
amaldomi yo‘q qilish uchun qo'llaniladigan «g‘irrom» kurashda 
foydalaniladi.
Xodimlarning o‘z-o‘zini nazorat qilish tizimini tashkil etish 
(talabgor xabar etkazuvchilar). Ushbu usuldan yirik tijorat 
tuzilmalarida maxsus tashkil etilgan usul sifatida keng foydalaniladi. 
Qanchalik noqulay bo‘lishiga qaramasdan ushbu usul juda 
samarali hisoblanadi.
Davlat sektorida har doim ham qo'llanilavermaydi, ammo 
o‘ziga xos shaklda namoyon bo‘ladi. Ko‘pchilik holatlarda davlat 
korxonalari tizimida talabgor xabar etkazuvchilar tizimi rasmiy 
reglamentga ega emas va u ayrim olingan rahbarlar uchun axborot 
manbai hisoblanadi.
Xodimlarning samarali motivatsiyasi nafaqat xaridni amalga 
oshiruvchi amaldorlami moliyaviy rag‘batlantirishni Wldiradi, balki 
u xodimni ish beruvchi bilan uzoq muddatli hamkorlik qilish 
xohishini rag‘batlantiruvchi, masalan, tashkilotda o‘z professional 
karerasini amalga oshirish kabi, maxsus dasturlardan tashkil 
topadi. Evropa mamlakatlarida, davlat xaridi uchun javobgar 
amaldor, maxsus kategoriyaU xodim sifatida boshqa kasbdoshlariga
98


nisbatan yuqori pul mukofoti — vijdonan faoliyat yuritganligi 
uchun o‘ziga xos tarzdagi mukofot oladilar.
Buyurtmani joylashtirish Komissiyasi a’zolarini doimiy rotasiya 
qilish, amaldorlami mol yetkazib beruvchilar bilan til biriktirish- 
larini oldini oladi.
Korrupsiyaga befarq boMmaydigan korporativ etikani shakl- 
lantirish (kasbiy kodeks va qiziqishlar to'qnashuvini boshqarish 
kodeksini ishlab chiqish, maxsus o ‘quv dasturlarini amalga 
oshirish), xorijiy mamlakatlarda korrupsiyaga qarshi kurash 
strategiyasining muhim elementi hisoblanadi.
Har qanday yirik xalqaro kompaniyada etika kodeksi — har 
bir xodimning hayot tarzi va axloqini reglamenti hisoblanadi. 
Kodeksda xodimlarning axloqiy etikasi va qoidasi, qiziqishlar 
to‘qnashuvi natijasida yuzaga keladigan qarama-qarshiliklarni hal 
etish yo‘llari o‘z ifodasini topgan. Ba’zi holatlarda, etika kodeksi 
mehnat shartnomasining tarkibiy qismi hisoblanadi, unga amal 
qilmaslik xodimni ishdan bo‘shatilishga olib kelishi ham mumkin. 
Xorijiy mamlakatlar davlat xizmati tizimida korrupsiyani oldini 
olishga qaratilgan etika kodekslaridan keng foydalaniladi. Amaliy 
tajriba shuni ko‘rsatadiki, etika kodekslari tashkilotning barcha 
xodimlari uchun majburiy va doimiy trening dasturlari tashkil 
etilgandagina o‘z funksiyasini to‘la bajaradi.
Texnik usullar bitim ishtirokchilarini bir-birlari bilan uchrashish 
imkoniyatini yo‘qotib yoki korrupsionerni qo‘lga tushib qolish 
riskini oshiradi, sotib oluvchi bo‘linmalar va sotuvchilar o'rtasida 
til biriktirishlarni oldini oladi va ushbu imkoniyatni sezilarli 
darajada pasaytiradi. Bunday usullar sirasiga:
Xarid bilan shug'ullanuvchi xodimning muzokoralar olib 
boruvchi xonalarini nazorat tizimi va videokuzatuv uskunalari 
bilan jihozlash. Ushbu tizimning analogi sifatida AQSh yo‘l 
polisiyasida qo‘llaniladigan antikorrupsion tizimni keltirish 
mumkin. Ya’ni unga ko‘ra, yo‘l pohsiyasi xodimining qoidabuzar 
bilan munosabati, faqatgina patrul xizmati mashinasida o'matilgan 
maxsus videokamera qarshisida amalga oshirilishi lozim.
Xizmat pochta yozishmalarini monitoringi, tijorat sektori tuzil- 
malarida keng qo‘llaniladi va asosan, ushbu funksiya ichki xavf-
99


sizlik bo‘linmasining vazifasiga kiradi. Ushbu usuldan davlat 
xizmatida foydalanishning yuridik jihatdan qanchalik muvoflqligi 
bahsli mavzu bo'lib qolmoqda.
Zamonoviy informasion texnologiyalardan foydalanish 
(elektron savdolar tizimi, internet-do‘kon va elektron savdo 
maydonlari) xaridni amalga oshiruvchi xodim va sotuvchini 
bevosita uchrashish imkoniyatini pasaytiradi va ushbu usuldan 
ham davlat sektori, ham tijorat tuzilmalari keng foydalanadilar. 
Shuni ham ta’kidlash lozimki, ayrim obyektiv sabablarga ko‘ra 
xaridni tashkil etishning bu turi hajmi unchahk katta emas va 
kichik hajmdagi xaridni amalga oshirishda qo‘llaniladi.
Mavjud tijorat yoki maxsus shaldlantirilgan kataloglar asosida 
xaridni tashkil etish ham tijorat, ham davlat sektorida keng 
qo‘llaniladi.
Bunga yorqin misol sifatida barcha federal bolinmalarni joriy 
ta’minot (material-texnik ta’minot) masalalarini hai qilish bilan 
shug‘ullanuvchi AQShning Umumiy xizmatlar Devoni tajribasini 
keltirish mumkin.
Devon doimiy tarzda turli xildagi tovarlar-xizmatlar uchun 
konkurs e’lon qilib turadi va uning natijalari (baholar, yetkazib 
berish muddatlari va boshqa shartlar) maxsus kataloglarga kiritiladi. 
AQShdagi biror davlat bo‘linmasi «standart» mahsulotni xarid 
etish zarur bo‘lganda, umumiy xizmatlar Devoni tomonidan 
jo ‘natilgan katalogdan zaruriy tovar-xizmatni topib, uni hech 
qanaqa ortiqcha jarayonlarsiz katalogda ko‘rsatilgan shartlar asosida 
sotib oladilar.
Tartibga soluvchi usullarni qo‘llash — korrupsiyani yuzaga 
kelish riskini pasaytirishga qaratilagan barcha rasmiy ichki qoida 
vajarayonlarga amal qilish orqali xaridni amalga oshirishni bildiradi. 
Ushbu holatda korrupsiyaga qarshi turuvchi chora-tadbirlar 
kompleksi ikki xil yo‘nalishda amalga oshiriladi:
1. Davlat buyurtmasini joylashtirishning potensial jihatdan 
korrupsiyani keltirib chiqaruvchi jarayonlarini tartibga soluvchi 
samarali qoidalar tizimini shakllantirish.
2
. Ushbu qoidalarga amal qilishni nazorat etishning aniq mexa- 
nizmlarini shakllantirish. Davlat buyurtmasini joylashtirish
100



Yüklə 317,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin