jarayonlarida, korrupsiyani yuzaga kelishi riskini pasaytiruvclii qoidalar tizimida nrastaqil (dastlabki va so‘ngi) nazoratni amalga oshirishga imkon beruvchi nazorat nuqtalarini (xarid jarayonlariga bevosita aloqador bo‘lmagan bo‘linmalar bilan oldindan kelishib olish va boshqalar) mujassamlashtirish lozim. Jazo chora-tadbirlarini qoMlashdan maqsad davlat buyurtmasini joylashtirishga masu'l bo‘lgan shaxslarning korrupsion faoliyatining «foydasiz« qilib qo‘yadigan muhitni shakllantirish. Shuni ta’kidlash lozimki, yuqorida sanab o ‘tilgan usullarni amaliyotda qoMlash har bir usulning xususiyatidan kelib chiqib chegaralangan va davlat tomonidan qo‘shimcha moliyaviy resurslar ajratilishini talab etadi. Masalan: 1. Psixiologik usullarning qo‘llash samarasi quyidagilar bilan tavsiflanadi: ~ ushbu y o ‘nalishga jalb etiladigan mutaxassisning kvali- fikasiya darajasi: suhbat olib borish mahorati, nomzodlarni psixiologik testdan o'tkazish, nomzodlar va xodimlar haqida shaxsiy ma’lumot tc ‘plash va uni tahlil etish, maxsus asboblardan foydalanish (poligraf, suhbat va vozishmalarni nazorat etish va boshqalar); — baholash va xulosa berishning subyektivligi: xodimni yoki m a’lum vaziyatni baholash, chora-tadbirlar ishlab chiqishda ushbu sohada ekspert sanalgan mutaxassisning xulosasi katta rol o'ynaydi. Shuning uchun xato qilish (yoki bilib turib) ehti- moli mavjud; — xaridni amalga oshiruvchi b o‘linma xodimlariga (shu- ningdek, vijdonan faoliyat yuritadigan xodimlarga ham) ushbu usullarning qoMlanilishi, ularning huquqlarini chegaralashi mumkinligi bilan yoqmasligi mumkin. 2. Texnik usullarni q o ‘llashning chegaralanganligi, solih