hamda nazorat qamrab olmagan sohalarga o ‘tadi. Natijada, korrupsiya natijasida yo‘qotiladigan zararlar oldingi miqyosiga chiqib oladi hattoki uning ko‘lami yanada kengayishi ham mumkin. Nazorat uchun savollar: 7. D a vla t x a rid in i ta sh k il etish da korrupsiyaning qan d a y za ra rli oqibatlari mavjud? 2. D a v la t x a rid i ja ra y o n la rid a korrupsiyadan d a v la t va ja m iy a t к о ‘radigan moliyaviy zarar siyosiy zarardan qanday farqlanadi? 3. Korrupsiyaga qarshi kurashda q o ‘llaniladigan psixioiogik usullar nima ? 4. Korrupsiyaga qarshi qo ‘llaniladigan usullarning ijobiy va salbiy jihatlarini tushuntirib bering. 5. Etika kodeksining mohiyatini tushuntiring.
IV bob. DAVLAT XARIDINI TASHKIL ETISH
STRATEGIYALARI
§ 9. Davlar xaridini elektron tizimini ishlab chiqish strategiyalari 0 ‘zbekiston Respublikasida davlat xaridini tashkil etishning yaqin kelajakdagi asosiy istiqbolli yo‘nalishi bu — internet va zamonoviy texnologiyalarga asoslangan elektron xarid hisoblanadi, Jahon banki va boshqa xalqaro tashkilot mutaxassislari davlat xaridini elektron tarzda tashkil etish loyihalari buyicha rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlaming tajribalari haqida ma’lumotlarni to ‘plab, uni tizimlashtirmoqdalar. Davlat xaridini elektron tarzda tashkil etish va uni rivojlantirish. dunyo miqyosida savdoni elektron tarzda tashkil etish an’anasining tabiiy davomi hisoblanadi. Zamonoviy tarmoq texnologiyalaridan davlat xaridini tashkil etishda foydalanish, xaridni qog‘ozli hujjat aylanmasiga asos