1-jadval'
AQSh hukumatining xarajatlari hamda tovarlar va
xizmatlarning davlat xaridi (1986- yil YalMga nisbatan % da)
barcha darajadagi
hukumat
federal
shtatlar, o‘z-o‘zini
boshqarish organlari
jami xarajatlar
37,8
24,5
13,3
tovarlar va
xizmatlar sotib
olish
20,5
8,7
11,8
1986- yilda federal hukumat xarajatlari YalMning 24,5 foizini
tashkil etganligiga qaramasdan, tovarlar va xizmatlar sotib olishga
sarflangan mablag'lar hissasi YalMning 9 foizi miqdorini tashkil
etgan. Bu farq federal hukumat xarajatlarining kichik qismi tovarlar
va xizmatlar sotib olishga sarflanishi bilan izohlanadi. Federal
xarajatlarning 2/3 qismini aholiga ijtimoiy to'lovlar to'lash, shtatlar
va o‘z-o‘zini boshqarish organlariga subsidiyalar ajratish tashkil
etadi. Federal hukumat ijtimoiy to'lovlari, o‘z iehiga, ijtimoiy
ta ’minot va ishsizlik nafaqasini oladi.Tovarlar va xizmatlar
xaridining katta qismi federal hukumat tomonidan amalga oshiriladi
va ushbu xarajatlarning yirik ulushi (YalMning 7 foizi) mudofaa
ehtiyojlari uchun amalga oshiriladi. Shtatlar hukumatlari va o‘z-
'
С. Фишер и др. Экономика.
Перевод с английского. Москва.
Дело лтд. 1995 г. Стр 514.
76
o'zini boshqarish organlari tomonidan tovar va xizmatlar xaridi,
aksincha, ta’lim, y o i qurilishi, shifoxonalar ta’minotiga sarflanadi.
Umuman, davlat sektori mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsu-
lotning qariyb 20 foizini xarid qiladi.
AQShning davlat xaridi sohasidagi faoliyatini umumiy
muvofiqlashtirish — Federal xarid siyosati boshqarmasi (Office of
Federal procurement Policy) tomonidan amalga oshiriladi. Bu
organ dastlab, Byudjetni boshqarish boshqarmasida maslahatchi
organ sifatida 1974- yilda tashkil etilgan, 1988- yildan huku-
m atning doimiy faoliyat yurituvchi organi sifatida faoliyat
yuritmoqda.
Federal xarid agentliklari tomonidan amalga oshiriladigan
barcha xarid 1984- yilda ishlab chiqilgan davlat xaridini tartibga
soluvchi qoidalar yig‘indisi (Federal Acquisition Regulation,
FAR1) bilan tartibga solinadi. Unda xaridni tashkil etishning
barcha bosqichlari — xaridni rejalashtirish, davlat xaridini amalga
oshirishni boshqarish va uni tugallashgacha bo‘lgan barcha
bosqichlar o‘z aksini topgan.
FAR dan ko‘zlangan asosiy maqsad — davlat ehtiyoji uchun
xaridni amalga oshiruvchi barcha federal agentliklar tomonidan
yagona xarid siyosatini amalga oshirish va yagona xarid qoidalaridan
foydalanishni ta ’minlashdan iborat. FAR ning missiyasi esa,
xaridni amalga oshirishga bo‘lgan vaqt cheklanganligini inobatga
olgan holda, davlat buyurtmachilarini eng optimal baho-sifat
munosabatini ta ’minlagan holda tovarlar va xizmatlar bilan
ta’minlashdan iborat.
FAR ga asosan AQShda davlat xaridiga buyurtm ani
joylashtirishda quyidagi jarayonlar amalga oshiriladi:
— ochiq savdolar;
— ikki bosqichli savdolar;
— muzokorlar olib borish;
— xaridni soddalashtirilgan tartibda amalga oshirish.
Boshqa mamlakatlar amaliyotida uchramaydigan sodda
lashtirilgan tartibda amalga oshirish usuli shartnoma summasi
katta bo‘lmaganda (100 ming AQSh dollari miqdorigacha) va yiliga
5 mln AQSh dollaridan ortmaganda qo‘llaniladi. Bunda sun’iy
77
ravishda xarid hajmini pasaytirish (mayda qismlarga ajratish orqali)
taqiqlanadi. Soddalashtirilgan usulga quyidagilar kiradi:
— baho kotirovkalari so'rovnomasi;
— juda kichik hajmdagi (2500 dollargacha ) xaridni amalga
oshirishda Korporativ xarid plastik kartlaridan foydalanish;
— xarid uchun buyurtma joylashtirish;
— turlari ko‘p bo'lgan mahsulotni doimiy sotib olishda
namunaviy-me’yoriy shartnomalardan foydalanish (masalan —
buyurtmachini avtoxo'jaligi uchun ehtiyot qismlar sotib olish,
yoki ofls uchun konselyariya tovarlarini sotib olish) va boshqalar.
AQShda davlat buyurtmasini shakllantirish va joylashtirish
ikkita asosiy yo'nalishda amalga oshiriladi:
— joriy faoliyatni ta’minlash uchun (moddiy-texnik ta’minot);
— ma’lum davlat organini ish yo'nalishi bo'yicha xarid (awalo
ilmiy tadqiqot ishlari, kapital quyilmalar).
AQSh xorijiy mamlakatlar orasida davlat xaridini axborot
bilan ta ’minlash sohasida eng boy tajribaga ega mamlakat
hisoblanadi. AQShda davlat xaridini federal darajada tartibga solish
bo'yicha dastlabki qonun 1972-yilda qabul qilingan. Ushbu
qonunga muvofiq, davlat ehtiyojlari uchun xaridni amalga oshirish
bo'yicha vakolat Moliya vazirlgi va Mudofaa vazirligiga berilgan.
Umuman, AQShda davlat xaridi tizimi markazlashtirilmagan
tarzda tashkil etilgan.
Hozirgi paytda federal organlar ehtiyojlari uchun xarajatni
amalga oshirish Umumiy Xizmatlar Boshqarmasi (UXB) —
(General Services Adminstration) zimmasiga yuklatilgan. Vazirlik
va idoralaming arizalariga asoslanib, UXB tender savdolarini tashkil
etish orqali yirik hajmdagi ulgurji xaridni amalga oshiradi. Tovarlar
UXBning yukxonalarida saqlanadi va buyurtmachilarga ulgurji
baholar ustiga sezilarsiz ustama qo'shish bilan (UXBning faoliyat
xarajatlarini qoplash maqsadida qo'shiladigan) qayta sotiladi.
Buyurtmachilarga Umumiy xizmatlar Boshqarmasi tomonidan
markazlashgan holda sotib olinadigan 4 mln dan ortiq tovarlar
xilma-xilligi taklif etiladi. Umumiy xizmatlar adminstratsiyasi
tomonidan bajariladigan yana bir muhim vazifa bu — xarid etish
jarayoni xarajatlarini pasaytirishdan iboratdir. Masalan, Umumiy
78
xizmatlar adminstratsiyasi tomonidan xarid uchun sarflangan
xarajatlar umumiy xarajatlaming 2.07 foizini tashkil etgan bo‘lsa,
bu ko‘rsatkich 2005- yilda 1.75 foizga qisqargan.
Milliy mudofaa ehtiyojlari uchun xarid Mudofaa vazirligi —
(Department of Defense) tomonidan amalga oshiriladi. Ayrim
ixtisoslashgan xarid turlari boshqa idoralar tomonidan ham amlga
oshiriladi, masalan, Energitika sohasidagi tadqiqotlar va rivoj-
lanish Agentligi — (Energy Research and Development Agency),
Kosmik tadqiqotlar va Aeronavtika Milliy Boshqarmasi —
(National Aeronautics and Space Adminstarion, NASA) va
boshqalar.
Federal xarid bo‘yicha monitoringni amalga oshirish Xarid
siyosati Federal Boshqarmasi — (Office of Federal Procurement
Policy) zimmasiga yuklatilgan, xarid siyosati sohasida idoralararo
muvofiqlashtirish esa, Federal xaridni tartibga soluvchi Kengash
tomonidan amalga oshiriladi — (Federal Acquisition Regulatory
Council).
AQShda davlat xaridini huquqiy asosini: Federal ehtiyojlar
uchun xaridni amalga oshirish tartibi (Federal Acquisition
Regulations, FAR) va Mudofaa ehtiyojlari uchun xaridni amalga
oshirish tartibi — qo'shimchalar (Defense Federal Acquisition
Regulations — Supplement, DFARS) kabi hujjatlar tashkil etadi.
Ushbu hujjatlar xarid jarayoni tamoyil va bosqichlarini juda
ham detallashgan tarzda ifodalaydi va butun federal xaridning
tizimini tartibga soladi.
Xarid sohasiga tegishli bolgan barcha qonunchilikni ikki
kategoriyaga ajratish mumkin.
Birinchi kategoriya — umumfederal qonunchilik. Mazkur
qonunlar davlat xaridini tashkil etish jarayonini tartibga soladi,
federal darajadagi ijroiy organlar vakolatiga tegishli bo‘lgan
xaridning ayrim turlarini amalga oshirish bo‘yicha yuridik
me’yorlami belgilaydi.
Ikkinchi kategoriya -shartnomalar shakli va ularni amalga
oshirish bo‘yicha maxsus qonunchilik bo‘lib, u xarid jarayonlarini
axborot bilan ta’minlash va uning natijasini tahlilini amalga
oshirishni tartibga soladi.
79
AQShda davlat xaridini tashkil etish, davlatning funksiya va
vazifalariga amerikacha yondoshuvdan kelib chiqib, uchta asosiy
tamoyilga asoslanadi:
— haqqoniylik asosida, ya’ni davlat buyurtmalari bo'yicha
savdoda ishtirok etayotgan pudratchilar uchun bir xil raqobat
muhitini shakllantirish;
— ochiqlik asosida va davlat buyurtmalarida korrupsiyaga
qarshi kurashish;
— tejamkorhk va saraaralilik asosida, ya’ni tovar va xizmatlarni
talab etilgan sifatda va arzon baholarda, xarid etish xarajatlarini
minimallashtirishni ta’minlash.
Dostları ilə paylaş: |