U burxanov, T. Atam uradov davlat xaridi



Yüklə 317,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/93
tarix14.12.2023
ölçüsü317,54 Kb.
#177369
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   93
Davlat xaridi. Burxanov U. Atamuradpv T

1 Texnik qism 
— bu talabgorlar o‘z tanlov takliflarini qiymatini hisob- 
kitob qilishi uchun zarur va yetarli bo'lgan xarid qilinayotgan mahsulot 
(ishlar, xizmatlar) miqdori va xarakteristikasini, ishlaming bajarilish (tovar 
yetkazib berish, xizmatlar) muddati, shuningdek, tanlov savdolari bir 
bosqichda amalga oshirilganda tanlov savdolari buyurtmachisi va g'olib 
tomon o'rtasida tuziladigan shartnomadan so'ngi hisob-kitoblarini o‘zida 
mujassaxnlashtirgan ma’lumotlardan iborat hujjatlar yig'majildi.
70


xarid qilish bo‘yicha savdolarda baho-sifat nisbati, odatda, 60:40, 
ayrim hollarda — talabgorlarga ko‘plab qo‘shimcha talablar mavjud 
bolganda 50:50 ni tashkil etadi.
0 ‘z-o‘zidan, baho va sifat o ‘rtasidagi bunday nisbat shartli 
bo‘lsada, tender savdolarida yirik hajmdagi pudrat ishlari taklifini 
baholash, hech qachon talabgor taklif etgan baholar asosida 
emas, balki baho va sifat deyarli teng ko‘rsatkichlarga ega 
bo‘lgan, baho va sifat omillarini birgalikdagi tahlili asosida 
aniqlanadi.
Xizmatlar ко ‘rsatish
aniq ifodalash qiyin bo‘lgan savdo predmeti 
hisoblanadi. Tashkiliy va boshqaruv bo‘yicha maslahatchilar, 
loyiJhachilar, iqtisodchilar, yuristlar, nazorat injenerlari xizmat- 
larini, kichik bosqichlarga ajratish va talabgorlar taklifini baholashda 
qo‘llash mumkin boigan bir xil qiymatli tushunchalar asosida 
ifodalash juda murakkabdir.
Shunday bo‘lsada, savdoning aynan shu turida «baho-sifat» 
nisbati yo‘riqnomalarda aniq ko‘rsatib berilgan — maslahatchilami 
tanlashning asosiy omili bu 
sifat
ko‘rsatkichidir. Baho, odatda, 
juda kichik nisbatga ega, ayrim holatlarda unga umuman e’tibor 
berilmaydi.
Bir-qancha xalqaro moliyaviy tashkilotlar xarid haqidagi 
umumiy qoidalar bilan bir qatorda, faqatgina xizmatlarni xarid 
etishga taalluqli bo‘lgan alohida yo‘riqnoma va qoidalarga ham 
egadirlar.
Masalan, Jahon banki ushbu maqsadlarda foydalanish uchun 
«Jahon banki qarzdorlarining maslahatchilami tanlash va yollash» 
(Selection and Employment of Consultants by the World Bank 
Borrowers), Osiyo taraqqiyot bankining — «Osiyo taraqqiyot banki 
va uning qarzdoriari tomonidan maslahatchilami taklif etish 
bo‘yicha yo‘riqnoma» (Guidelines on the use of consultants by 
ADB and its Borrowers) kabi hujjatlarga ega. Injener-maslahat- 
chilaming xalqaro federatsiyasi (IMXF) 1977- yilda «Maslahat 
xizmatlarini xarid etishda sifat asosida tanlash» (Quality-based 
selection for the procurement of consulting services) qo‘llan- 
masini, 2003- yilda «Maslahatchilami tanlash bo‘yicha IMXF 
yo‘riqnomasi»ni tajriba nashr sifatida chiqardi. Ikkala hujjat ham
71


xalqaro savdo amaliyotida xizmatlarni xarid etishning o‘ziga xos 
xususiyatlariga bag‘ishlagan.
Nima uchun maslahatchilar xizmatini xarid etishga shuncha 
e’tibor talab etiladi? Qisman bu holat, yuqorida aytilganidek
maslahatchilar xizmatini xuddi tovarlar va ishlar savdosida 
bo'lganidek, mayda detaligacha ifodalash va baholash ancha 
murakkabligi bilan izohlanadi. Ikkinchi omil esa ko‘rsatilgan 
xizmatning sifati mutaxassisning kvalifikatsiyasi, tajribasi va taklif 
etilgan vaqtiga bog‘liqdir.
Xizmat qiymati (bahosi)ning pasayishi, har qanday holatda 
ham, yuqorida sanab o'tilgan ko‘rsatkichlar bo'yicha xizmat ko'r- 
satish sifatining pasayishini bildiradi. Bundan tashqari, maslahatlar 
ko‘rsatish bozori ancha vaqtlardan beri shakllanib kelmoqda va 
baholarning nisbatan ma’lum darajada barqarorligi bilan ajralib 
turadi.
Shuning uchun ham savdolami o‘tkazishda, xalqaro masla­
hatchilar tomonidan taklif etiladigan baholar deyarli bir xil darajada 
ekanligi nomoyon bo'ladi. Baholar asosida tanlov g‘oliblarini 
belgilash bo'yicha qilingan urinishlar natijasida juda past sifatli 
xizmatlarga ega bo'lindi. Savdolardagi bu tajriba, baholar asosida 
tanlash taqdim etilgan xizmatlar takliflaridan eng optimalini tanlash 
usuli emasligini isbotladi.
Shu sababli, bugungi kunda xizmatlarni xarid etish bo'yicha 
xalqaro savdolami olib borishda, sifat asosidagi tanlov (QBS) 
ishlatiladi yoki sifat va baho asosidagi tanlovdan (QCBS) 
foydalanilsada, bunda bahoning nisbati aniqlovchi ko'rsatkich bo'la 
olmaydi.
Sifat asosida tanlov o'tkazishda maslahatchilaming taklifi texnik 
va geografik ish tajribasi, ishlarni bajarish uchun ko'zda 
tutilayotgan usullar, kvalifikatsiya va asosiy mutuxasislaming ish 
tajribasi, loyiha bo'yicha ishni tashkil etish, ta’minot va shu kabi 
texnik ko'rsatkichlar asosida baholanadi.
Tender hujjatlarida ko'zda tutilgan holatlar bo'yicha baholash 
ballari qo'yiladi, shundan so'ng savdoda g'olib chiqqan talabgor 
xizmat bahosini kelishib olish uchun suhbatga taklif etiladi. Sifat 
asosida tanlov o'tkazishda, talabgoming arizada ko'rsatgan xizmat
72


bahosiga e’tibor berilmaydi va u faqatgina shartnoma tuzish 
jarayonida muhokama qilinadi.
Sifat va baho asosida tanlov o ‘tkazishning sifat asosida tanlov 
o‘tkazishdan farqi shundaki, boshda texnik tahlil amalga oshiriladi 
va u tugamaguncha moliyaviy ko‘rsatkichlar inobatga olinmaydi. 
Texnik tahlildan so‘ng, taklifni moliyaviy (baho) jihatdan 
baholash amalga oshiriladi va natijada, har bir taklif ma’lum 
formula asosida aniqlanadigan moliyaviy baholash ballini 
to ‘playdi. Keyingi jarayon bu — texnik va moliyaviy ballarga 
tender hujjatlarida ko‘rsatigan koeffisiyentlar bo‘yicha tuzatishlar 
kiritiladi (odatda bu 0.8 texnik uchun va 0.2 moliyaviy ball 
uchun) va umumlashtiriladi. Tanlov g‘olibi texnik va moliyaviy 
ballar bo‘yicha aniqlanadi.
Yuqoridagilardan kuzatish mumkinki, xizmatlarni xarid 
etishning sifatga asoslangan tanlovlarida baho omili umuman 
e’tiborga olinmaydi (QBS usuli) yoki umumiy ballaming faqatgina 
20 foizini tashkil etadi (QCBS usuli).
Shunday qilib, xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha savdolarni 
o‘tkazishda «baho-sifat» nisbati yoki 0:100 yoki 20:80 ni tashkil 
etadi. Ayrim holatlarda, masalan, ko‘rsatiladigan xizmatlar bir 
xillik tusiga ega bo‘lsa va aniqroq ifodalash mumkin bo‘lsa, unda 
sifat va baho asosidagi tanlov nisbati 70:30 bo‘lishi mumkin. Ushbu 
holatlarda bu nisbat faqatgina nazariy bo‘lib qolmasdan, balki 
xizmatlarni xarid etish bo‘yicha yuqorida keltirilgan qo‘llanmalarda 
yoki tender hujjatlarida rasmiy ravishda qayd etilishi kerak.
Shunday qilib, xizmatlar xarid etish bo‘yicha savdolarni tashkil 
etishning o‘ziga xos xususiyati shundaki, unda sifat aniqlovchi 
omil bo‘lsa, baho esa ikkinchi darajali o‘lchov hisoblanadi.
Yuqorida ko‘rib o ‘tilgan uch turdagi tender takliflarini 
baholashning o‘ziga xos jahatlarini tahlili shuni ko‘rsatadiki, ayrim 
olingan tender turlari uchun yo‘riqnomalar baho omilini tanlovning 
yagona omili sifatida qayd etsada, sifat ko‘rsatkichlari qaysidir 
nisbatda albatta inobatga olinadi. Takliflami baholash bo‘yicha 
tajribali mutaxassislar, rasmiy hujjatlarda sifat omilini baholash­
ning aniq belgilangan uslubiyoti yo‘q bo‘lishiga qaramasdan, mol 
yetkazib beruvchilar va pudratchilarni tanlashda sifat omilini
73


hisobga oladilar. Maslahatchilar xizmati bo'yicha esa, bunday 
turdagi savdolarda sifat omili asosiy rol o'ynaydi.
Tender savdolarini tashkil etishning uzoq davr davomida 
kuzatilgan tajribasi shundan dalolat beradiki, faqat baho asosida 
tanlov, xarid qilinyotgan tovarlar, bajariladigan ishlar va 
xizmatlarni zaruriy sifat darajasida bo'lishi uchun yetarli bo'la 
olmaydi.
Bu o‘z navbatida, loyiha uchun yo'naltirilgan investitsiyalami 
optimal bo'lishini ta’minlamaydi. Shuning bilan bir vaqtda sifat 
omilini inobatga olish, savdolami tashkil etishdan ko'zlangan asosiy 
maqsadga erishish — tovarlar, ishlar va xizmatlarni eng past 
baholarda optimal sifat bilan olish imkonini beradi.

Yüklə 317,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin