5 - T - 2 0
65
olib kirishda qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lashdan ozod qilish
bo'yicha imtiyoz qonun hujjatlari da nazarda tutilgan tovarlar
(ishlar, xizmatlar) bo'yicha
eng yaxshi narxni ta k lif etgan
mamlakatimiz korxonasi, ishlab chiqaruvchisi
tender g'olibi
deb
aniqlanadi».
Yoki: «...mamlakatimiz korxonalari-ishlab chiqaruvchilari bilan
to ‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar natijalariga ko‘ra, qo‘shimcha
qiymat solig‘i summasiga qo‘shib hisoblagan holda ko'rsatilgan
eng yaxshi narxdan oshmaydigan narxni taklif etish mumkin
bo'lmagan taqdirda, import tovarlar yetkazib berish (ishlarni
bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) bo‘yicha
eng yaxshi narx taklif etgan
tender ishtirokchisi tender g‘olibi deb e’lon qilinadi».
Shunday qilib, tovarlar yetkazib berish bo‘yicha tender
savdolari bo‘yicha xulosa eng past baholar asosida chiqarilib, u
mol yetkazib beruvchi arizasidagi baholar (baho omili), hamda
baholashning boshqa koeffisiyent ko‘rsatkichlari va tuzatish
summasini (sifat omili) inobatga oladi.
Baho va sifat ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi nisbat, buyurtmachi
mamlakat shart-sharoitlari, sotib olinayotgan tovar xususiyatlari
va qator boshqa holatlami inobatga olib, ko‘pchilik hollarda 80—
70 (baho) va 20—30 (sifat) nisbatda bo'ladi.
Tovarlar sotib olish bilan bog‘liq tenderlarni tashkil etishda,
ishtirokchi talobgarlar taklifini baholashda faqatgina ular
tom onidan, tovar yetkazib berishning arizada ko‘rsatilgan
qiymatlariga tayanib qolmaslik zarur.
Bajariladigan (pudrat)
ishlarining kompleks tusga ega ekanligi,
qator noma’lum va o‘zgaruvchan o‘lchamlarning mavjudligi sabab-
dan, ushbu ishlarni batafsil ifodalash ancha murakkab holatdir.
Pudrat ishlari savdolari bo'yicha tender hujjatlari ancha katta
hajmda bo‘ladi va bir nechta bo‘limlami tashkil etadi. Ushbu
hujjat to ‘plami — tenderda ishtirok etuvchi talobgarlar uchun
yo‘riqnoma, loyiha echimi (chizmasi), ishlar bajarilishining texnik
shartlari, smeta va boshqa hujjatlardan tashkil topadi.
Savdolarga tayyorgarlik paytida bunday katta hajmdagi
hujjatlarni tayyorlash ancha katta hajmdagi mehnat, qimmat
turuvchi va uzoq muddatga cho‘ziluvchi jarayon hisoblanadi.
66
Shunga qaramay, bahoga asoslangan tanlovga imkon beradigan
savdolarni tashkil etish maqsadida, buyurtmachilar bajarilishi talab
etiladigan ishlami iloji boricha batafsil ifodalashga ancha mablag'
sarflaydilar.
Jahon bankining yuqorida qayd etilgan yo‘riqnomasining 2.52
punktida: «....bajariladigan ishlar bo'yicha shartnomalar uchun
takliflami baholash faqatgina pul ko'rinishida amalga oshiriladi....»,
— deb aniq keltirib o'tilgan.
Va keyingi 2.58 punktda: «...buyurtm achi, o'rnatilgan
standartlarga mos imkoniyatlar va resurslarga ega bo'lgan savdo
ishtirokchisi bilan shartnoma tuzadi. Bunday taklif: 1) savdo
hujjatlarida ko'rsatilgan talablarga javob berishi; 2) eng past
baholash qiymatiga ega bo'lishi zarur.... ».
Bu yerda ham biz eng past baho (baholash qiymati)
tushunchasiga to ‘qnash kelamiz. Ammo, Jahon bankining
ishlarni xarid qilish bo'yicha tender namunaviy hujjatlarining
(Standard Bidding Documents — procurement of works) 31
punktiga («Takliflarni solishtirish va baholash») e’tibor berilsa,
eng past baho, bu yerda p u d ratc h i to m o n id an arizada
ko‘rsatilgan baho, arifmetik xatolar, ko‘zda tutilmagan xarajatlar
kabilarni ko'zda tutuvchi tuzatishlarni hisobga olish bilan
aniqlanadi.
Bu ta’rif, pudratchi tomonidan taklif etilishi mumkin bo'lgan
sifat omilini inobatga olish haqida ko'rsatma bermaydi.
«Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) tomonidan
moliyalashtiriladigan xarid loyihalari uchun qoida va prinsiplar»
(Procurement Policies and Rules for Projects financed by the
European Bank for Reconstruction and Development) hujjatining
3.30 moddasida shunday deyiladi: «... o‘z tanlov arizasiga ko‘ra,
baholashning aniq mezonlari nuqtai nazaridan, tanlov hujjatlarida
o'matilgan talablarga javob beradigan, hamda iqtisodiy tejamkor
va shuning bilan birga, shartnomani to‘Uq bajarishga qodir bo'lgan
tanlov ishtirokchisi bilan shartnoma tuziladi». Yo'riqnomaning
mazkur moddasining e’tiborli tomoni shundaki, unda nafaqat
baho mezoni, balki tanlov ishtirokchisining pudrat ishlarini bajara
olish imkoniyati ham baholanadi.
67
Ya’ni, baholovchilar pudratchi taklifming texnik jihatlarini
(ish jadvali va uni tashkil etish, asbob-uskunalarning mavjudligi
va holati, boshqaruv personalning tajriba va kvalifikasiyasi va
boshqalar) tahlil etishi lozim. Xalqaro savdolar amaliyotida bunday
tahlil texnik tahlil sifatida ma’lum bo‘Iib, bunday tahlil sifat
ko‘rsatkichlarini solishtirishdan iborat va u baho omiliga aloqador
emas.
Yevropa Komissiyasining 1999-yildagi «Komissiyaning
uchinchi mamlakatlar bilan hamkorlik qilish maqsadida ishlar,
tovarlar va xizmatlar yetkazib berish uchun tuziladigan shartno-
malari» (Manual of Instructions. Contracts for works, supplies
and services concluded for the purposes of Com m unity
cooperation with third countries), yo‘riqnom alar to ‘plami
Yevropa Komissiyasining rivojlanayotgan davlatlarda amalga
oshirayotgan loyihalarida keng qo‘llaniladi.
Mazkur hujjatning 20.10.1 moddasida: «iqtisodiy jihatdan
eng foydali taklif«ni taqdim etuvchi, ya’ni texnik baholash paytida
texnik talablarga mos deb topilgan, boshqa takliflardan qimmat
bo‘lmagan taklif beruvchi muvoffaqiyatli talabgor deb tushu-
niladi».
Bu yerda biz, Jahon bankining hujjatlarida uchramaydigan,
tender takliflarining texnik baholash haqidagi ko‘rsatmaga duch
kelamiz.
Savdolarda, shuningdek, injener-maslahatchilar xalqaro fede-
ratsiyasining (Federation Internacionale des Ingenieurs —
Conseils) «Tender jarayonlari» (tendering procedures) nomli
hujjati keng qo'llaniUb, ushbu hujjat ishlarni xarid etish savdolarini
o'tkazish tartibini belgilab beradi.
Mazkur hujjatning 11.0 moddasi «Takliflarni baholash» deb
nomlanib, u talabgor taklifini moliyaviy, texnik va shartnomaviy-
adminstrativ baholashni ko‘zda tutadi. Bundan tashqari, 4 modda
«Taqdim etiladigan hujjatlar»ni tushuntirib, unda asosiy taqdim
etiladigan hajjatlar bilan bir qatorda: subpudratchilar va ular
bajaradigan ishlar hajmi haqida axborot, ishni bajarishga jalb
etiladigan asbob-uskunalar va pudratchining asosiy personali haqida
ma’lumotlar pudratchi tomonidan ko‘rsatilishi kerak.
68
Bu turdagi barcha ma’lumotlar sifat ko‘rsatkichlari bo'lib,
ular tender takliflarini baholashda, talabgoming baho taklifi bilan
bir qatorda e’tiborga olinadi.
Shunday qilib, Jahon bankining tegishli yo‘riqnomalarida baho
ko'rsatkichi asosida pudratchilar taklifmi baholash haqida tavsiya
berilsada, boshqa xalqaro hujjatlarda texnik, ya’ni sifat ko£rsat-
kichlari asosida ham baholashning zarurligi ta’kidlanadi. Bu
savdolarni o'tkazishda pudratchilami ham baho, ham sifat omilini
e’tiborga olish zarurligini ko‘rsatadi.
Amalda konvertlar ochilgandan so‘ng, qisqa tekshirish va
taklif etilgan baholar e’lon qilinadi va baholovchilar hujjatlarning
to‘liqligi, arifmetik aniqlik, taklif tarkibida qo‘shimcha shartlar
va muqobil variantlar borligini tekshirishga kirishadilar. Shundan
so‘ng, taklifning tanlov hujjatlarida ko£rsatilgan shartlarga mosligi
aniqlansa, yuqoridagi q oidalarda keltirilganidek, uning
baholangan qiymati aniqlanadi va baho ko£rsatkichlari asosida
holat o‘rganiladi.
Bunday holatlarda, tajribali baholovchilar juda yuqori va juda
past baho taklif etadigan ishtirokchilar arizalarini ko£rib chiqishni
to£xtatadilar. Chunki, oxir oqibatda bunday arizalar yoki baho
ko‘rsatkichi b o ‘yicha (eng yuqori baho taklifi), yoki sifat
ko£rsatkichi bo‘yicha (eng arzon baho taklifi) nomaqbul deb
topiladi. Eng past baho taklifiga nisbatan norasmiy hisoblanadigan
bunday amaliy qoidaning mavjudhgining o£zi ham, pudrat ishlarini
bajarishda bahoga asoslangan tanlovning hal qiluvchi emasligidan
guvohlik beradi.
Ushbu bosqichdan so£ng, pudrat ishlarini muvoffaqiyatli bajari-
lishini ta’minlaydigan, yuqorida ko£rib o£tilgan sifat ko'rsatkichlari
ko£rib chiqiladi va taklifni texnik baholash amalga oshiriladi.
Shunday holatlar ham ma’lumki, past baholi takliflar ham asosiy
vositalarning yo£qligi yoki eskirganligi sababli, ba’zan, rahbarlik
xodimlarining past kvalifikatsiyasi tufayli muvaffaqiyat qozon-
maydilar.
Ba’zi holatlarda, pudratchi o£z taklifida qurilish jarayonini
yetarlicha asosli rejalashtira olmagan va uni amalga oshirish uchun
zaruriy tashkiliy tuzilma va tadbirlami oldindan ko£ra olmaganligi
69
ma’lum bo‘ladi. Ushbu sabablaming barchasi, past baholar taklifi
berilishiga qaramasdan pudratchi taklifidan voz kechishga olib
keladi.
O'zbekistonda tanlov hujjatlarining texnik qismiga talablarni
hamda markazlashtirilgan manbalar (davlat byudjeti mablag‘lari,
byudjetdan tashqari jamg‘arma va Hukumat qarorlari bilan tashkil
etilgan alohida tarmoqlar va tashkilotlaming maxsus jamg'ar-
malari, O'zbekiston Respublikasi Huqumati kafolati yoki uning
nomidan jalb etiladigan chet el kreditlari, 0 ‘zbekiston Respub
likasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag'lari) davlat
boshqaruv organlari va davlat korxonalari mablag'lari hisobidan
amalga oshiriladigan barcha turdagi ishlar va xizmatlar tanlov
hujjatlarini baholash, Vazirlar Mahkamasining «Kapital qurilishda
tanlov savdolari tizim ini takom illashtirish chora-tadbirlari
to'g'risida» 2003- yil 3- iyuldagi 302-son qarori bilan tasdiqlangan
«O'zbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov
savdolari to ‘g‘risida»ga Nizomga asosan amalga oshiriladi.
Bunday turdagi tanlovda sifat omilining usutvorligini quyidagi:
«...savdo ishtirokchilariga qo'yiladigan talablarga amal qilinganligi
(lisenziya, etarli ish tajribasining borligi, moliyaviy holati, texnika
bilan jihozlanishi, savdoning aniq inshootlariga qarab boshqa
malaka talablari)», yoki: «...takliflarni texnik1 va moliyaviy
baholashda mezonlarni qo'llashning xolisligi va ularning ahamiyati»
punktlarda kuzatish mumkin.
Pudrat ishlari buyicha tanlovlami tashkil etishning nazariy va
amaUy tajribasi shundan dalolat beradiki, baholar asosida tanlash
usuli tanlovlarda g'olibni aniqlaydigan yagona maqbul usul emas,
balki u baholashning sifat omillari bilan birga qo'llaniladi. Ishlarni
Dostları ilə paylaş: |