olingan o‘rtacha bozor baholari1 bilan solishtirish orqali amalga
oshiriladi.
Baholar m anitoringini o ‘tkazishdan ko‘zlangan
asosiy
maqsad — bu asoslanmagan debitorlik va kreditorlik qarz-
dorligining yuzaga kelishini oldini olish, byudjet mablagiaridan
maqsadli foydalanishni (tasdiqlangan smetalar asosida, byudjet
klassifikasiyasi moddalariga mos ravishda) ta ’m inlashdan
iborat.
Mahsulotlar (xizmatlar, ishlar)ni xarid etish bo‘yicha shart
nomalar tender yoki konkurs (tanlov) savdolari orqali amalga
oshiriladi va bundan ko‘zlangan asosiy maqsad optimal baholardan
sifatli mahsulotlami xarid etishdan iboratdir.
Baholar optimalligi va byudjet mablag‘laridan
maqsadli
foydalanishni nazorat etish, amalga oshiriladigan xaridning yuqori
samarasini ta’minlovchi muhim omil hisoblanadi.
Tadqiqotlar natijasida baholar monitoringi tizimidagi mavjud
muammolar sifatida quyidagilar aniqlandi:
— tovarlar va xizmatlar bahosi to ‘g‘risida tizimlashgan tarzda
axborot olishning yetishmasligi (ayniqsa, respublika hududlari
bo‘yicha);
— mavjud baholar monitoringi tovarlarning assortimenti (sifati,
texnik va boshqa muhim tavsiflari)ni
hisobga olmaydi;
— baholar monitoringi amalga oshirishda transport xarajatlarini
hisobga olishni tartibga soluvchi mexanizm yetishmaydi;
— ayrim oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha Antimonopoliya
qo'mitasi tomonidan taqdim etilgan baholar, joylarda o‘matiladigan
baholar bilan keskin farqlanadi./
Kapital qurilish sohasida davlat xaridini tashkil etishda baholar
monitoringi 0 ‘zbekiston Respublikasi Mohya vazirligi,
Makroiq-
tisodstat vazirligi va Davarxitektqurilish qarori bilan tasdiqlangan
1 Amaliyotda turli xildagi mahsulotlarning o‘rtacha bahosi ixtisos-
lashtirilgan axborot manbalari (reklama jurnallari, gazeta va boshqalar),
shuningdek, mas’uliyatli manbalar (mahalliy hokimiy^tlarning
iqtisodiyot
bo‘linmalarining ma’lumotlari, o‘xshash mahsulotlarning bozor baholari
haqidagi mahalliy bozorlar m a’muriyati tomonidan taqdim etiladigan
ma’lumotlar va boshqalar) asosida aniqlanadi.
58
«Buyurtmachilar va pudrat tashkilotlari tomonidan davlat byudjeti
mablag'lari va hukumat kafolati
ostidagi kreditlar hisobiga
moliyalanadigan qurilish obyektlari uchun xarid qilinadigan
uskunalar, binokorlik materiallari va konstruksiyalarining eng
yuqori baholarini belgilash tartibi to ‘g‘risida»gi Nizomi bilan
tartibga solinadi.
Mazkur Nizom O'zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahka-
masining 2000- yil 5- avgustdagi 305-son qaroriga muvofiq ishlab
chiqilgan va buyurtmachilar hamda pudrat tashkilotlari tomonidan
davlat byudjeti mablag'lari va hukumat kafolati ostidagi kreditlar
hisobiga moliyalanadigan qurilish obyektlari uchun xarid qili
nadigan uskunalar, binokorlik materiallari va konstruksiyalarining
eng yuqori narxlarini belgilash tartibini nazarda tutadi (bundan
keyin binokorlik materiallari).
Nizom qurilishi tender savdolarisiz o'tadigan hamda davlat
byudjeti mablag'lari va hukumat kafolatlari ostidagi kreditlar
hisobiga
Dostları ilə paylaş: