U burxanov, T. Atam uradov davlat xaridi



Yüklə 317,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/93
tarix14.12.2023
ölçüsü317,54 Kb.
#177369
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   93
Davlat xaridi. Burxanov U. Atamuradpv T

Tovarlar
ham miqdoriy ham sifat ko‘rsatkichlarini ifodalash 
oson bo£lgan xarid predmeti hisoblanadi. Tovarlar sotib olish uchun 
tuzilgan tender hujjatlari «Texnik ko'rsatkichlar» nomli hujjatni 
o‘z ichiga olib, unda sotib olinishi mo£ljallanayotgan tovarning 
barcha ko‘rsatkichlari, uning to‘liq tavsifnomasi, sifat parametrlari 
ko‘rsatiladi. Talabgorlar uchun yo‘riqnomada tovarni yetkazib 
berish usullari va tovar bilan bog£Uq zaruriy xizmatlar bo‘yicha 
talablar to‘Uq ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Shu nuqtayi nazardan, bu turdagi savdolar xaridni qanday 
bo‘lishi zarurligini to‘liqroq aks ettiradi va unda o‘zgaruvchan va 
noma’lum oMchovlardan nisbatan kamroq foydalaniladi.
Mazkur holat bir qarashda, sifat omilini alohida inobatga 
ohshga zarurat yo‘q, faqatgina baho omili birlamchi degan xulosani 
beradi va bu, ko£pehilik hollarda, qaysidir ko‘rinishda tender 
hujjatlarida o£z aksini topadi.
Shunday bo‘lsada, Jahon bankining «Jahon tiklanish va taraq- 
qiyoti bankining (JTTB) qarzlari va Jahon rivojlanish assosiasiyasi 
(JRA) kreditlari hisobiga xarid« yo‘riqnomasining 2.48 punktida 
shunday ko£rsatadiki: «....shartnoma eng past bahoni taklif etgan 
ishtirokchiga taqdim etiladi». Yo£riqnomaning keyingi 2.51 
punktida: «....bahodan tashqari boshqa om illar ham aniq 
ko‘rsatilishi shart....va taklifni eng past baholarda ekanligini 
aniqlash maqsadida, ularni (omillami) hisobga olish tartibi.
Tovarlar va asbob-uskunalami yetkazib berish takliflarini ко‘rib 
chiqishda quyidagilarga e’tibor berish lozim... obyektgacha bo'lgan
63


masofada ichki tashish xarajatlari miqdori va sug'urta qilish 
xarajatlari... foydalanish bilan bog‘liq xarajatlar miqdori, quwati 
va boshqa uskunalarga mos kelishi, ehtiyot qismlaming mavjudligi 
va texnik xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari..., shuningdek, perso- 
nalni o‘qitish, texnik xavfsizlik va atrof-muhitga ta’siri birlamchi 
darajada e’tibor berilishi lozim».
Xuddi shunday ko‘rsatmalar Jahon bankining namunaviy 
tender hujjatlarida ham 
o ‘z
ifodasini topgan (WB Standard Bidding 
Documents). Ushbu hujjatning 26.4 punktida «buyurtmachi to­
monidan talabgoming hujjatlarini baholashda, bahoga qo‘shimcha 
tarzda.... quyidagi omillaming biri yoki bir nechtasi inobatga 
olinishi shart...: a) buyurtmachining mamlakatida 
tovam i
yetkazib 
berish bilan bog‘liq ichki transport, sug'urta va boshqa xarajatlar..., 
b) yetkazib berish muddatlari..., v) to‘lovni amalga oshirishda 
jadvaldan chetga chiqish..., g) komponentlar, zaruriy ehtiyot 
qismlar va xizmat ko‘rsatish qiymati, d) buyurtmachining 
mamlakatida ehtiyot qismlar va sotishdan so‘nggi xizmat ko‘r- 
satishning mavjudligi..., e) ekslpluatatsiya va xizmat ko‘rsatish 
uchun ko‘zda tutilayotgan xarajatlar m iqdori..., j) asbob- 
uskunaning ishonchlilik darajasi va quwati...va boshqa o‘ziga xos 
omillar...».
Yuqorida keltirilgan ikkala yo‘riqno
та ham
agar buyurtmachi 
uchun muhim bo‘lsa, tovarlar yetkazib berishda nafaqat baho, 
balki sifat omillarini ham inobatga olish zarurligini ta’kidlamoqda.
Tovarlarni yetkazib berishda sifat omillarini hisobga olish Jahon 
banki yo‘riqnomasining 2.51 punktida «baholash qiymatining eng 
past miqdorini aniqlashda, baholab bo‘lmaydigan omillarni iloji 
boricha pul k o £rinishida yoki yalpi m iqdor ko‘rinishida 
aniqlanadi...». Eng past baholarni aniqlashda, baholovchilar, 
talabgor mol yetkazib beruvchining baholariga ma’lum summalami 
qo‘shib hisoblaydilar (o‘rtacha yillik ekspluatasiya xarajatlarini 
q o ‘shib hisoblash mumkin), yoki pul ko‘rinishida ifodalab 
b o ‘lm aydigan om illarn i inobatga olish u ch u n tu z a tish
koeffisiyentlaridan foydalanadi.
0 ‘zbekiston Respublikasida davlat ehtiyojlari uchun tovarlar 
xaridini amalga oshirishda tender savdolarida g‘olibni baholash,
64


0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000- yil 21- 
noyabrdagi 456-sonli qaroriga ilova qilingan «Xom ashyo, 
materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar xarid qilish 
bo'yicha tender savdolari o‘tkazish to ‘g‘risida»gi Nizomga asosan 
amalga oshiriladi.
Xalqaro amaliyotda kuzatilganidek, tovarlar yetkazib berish 
uchun tuziladigan tenderlarda baho aniqlovchi tusga ega ekanligini 
kuzatish mumkin: «...taklif etilgan narxlaming o‘rtacha jahon va 
konsalting firmasi, yoki Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Tovar 
bozorlari kon’yunkturasini o‘rganish hamda investitsiya loyihalari 
va dasturlarini ekspertiza qihsh respublika markazi yoki Tashqi 
iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining xulosalari 
bo‘yicha bozor kon’yunkturasida yuzaga kelgan narxlarga mosligiga 
asosan amalga oshiriladi» (yuqoridan qayd etilgan Nizomning 10- 
moddasi).
Ammo, baho tanlovning yagona omili emasligi va albatta sifat 
ko'rsatkichlari ham inobatga olinishiga e’tiborni qaratish lozim 
«...taqdim etilgan tender takHflarining qo‘shimcha texnik, tashkiliy 
va tijoriy ustunliklari hamda tender qatnashchisining obro‘-e’tibori 
ham e’tiborga olinishi mumkin».
Alohida e’tiborli xususiyat shundaki, Respublikada tender 
savdolari bo‘yicha talabgorlar taklifini baholashda mahalliy ishlab 
chiqaruvchilarga baho imtiyozlari taqdim etilgan: «...agar tenderda 
xorijiy yetkazib beruvchilar bilan birga mamlakatimiz korxonalari, 
ishlab chiqaruvchilari ishtirok etsa, bu korxonalarga tovarlar va 
xizmatlar davlat xaridi... tender savdolarida ishtirok etganda 20 
foizgacha miqdorda narx imtiyozlari beriladi» (yuqoridagi Nizomga 
maxsus X-I bo‘lim kiritilgan bo‘lib, ushbu bo‘limning 55-punktida 
mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida g‘olibni aniqlashda baho 
imtiyozlarini taqdim etish shartlari keltirilgan).
Yuqoridagi Nizomning quyidagi ikki punkti, tender g‘olibini 
aniqlashning ustuvor mezoni baho omili ekanligini ko‘rsatadi: 
«mamlakatimizning boshqa korxonalari — ishlab chiqamvchilariga 
nisbatan, lekin qo‘shimcha qiymat solig'i summasiga qo'shib 
hisoblagan holda import tovarlar yetkazib berish (ishlami bajarish, 
xizmatlar ko'rsatish) bo‘yicha eng yaxshi narxdan oshmaydigan

Yüklə 317,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin