Quyidagi 1-jadvalda AQShda davlat xarajatlarining taqsim-
lanishi aks ettirilgan. Jadval ma’lumotlari ikki xii tartibda ajratilgan:
birinchidan — xarajatlarni federal va shtatlar hamda o‘z-o‘zini
boshqarish organlari o‘rtasida ajratib ko'rsatilgan; ikkinchidan -
davlatning umumiy xarajatlari hamda tovarlar va xizmatlar sotib
olishga yo‘naltirilgan qismi (ya’ni ijtimoiy to'lovlarni ajratgan
holda) aks ettirilgan. Ijtimoiy to‘lovlar (transfertlar) — bu uni
oluvchilarga tovarlar va xizmatlar taklif etilmasdan, to‘lanadigan
mablag'lardir.
Dostları ilə paylaş: