U burxanov, T. Atam uradov davlat xaridi


-chizma. Tenderlarni tashkil etish tamoyillari1



Yüklə 317,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/93
tarix14.12.2023
ölçüsü317,54 Kb.
#177369
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   93
Davlat xaridi. Burxanov U. Atamuradpv T

10-chizma.
Tenderlarni tashkil etish tamoyillari1.
Davlat xaridini amalga oshirish bo
‘yicha shartnomalarni tuzish
va ijro etish —
ikki bosqichda amalga oshiriladi:
— shartnomani tuzish;
— shartnomani ijrosining sifati va muddatlarini baholash.
Shartnomani tuzish:
— to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar — ishtirokchilar tomonidan 
kelishilgan shartlar asosida tuziladi;
— yarmarka va birja savdolari — yarmarka va birja savdo- 
larining o‘matilgan tartiblari asosida amalga oshiriladi (shartnomani
1 O'zR Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 2 1 -noyabrdagi 456-sonli 
Qarori bilan tasdiqlangan «Xomashyo, materiallar, butlovchi qismlar va 
jihozlami sotib olish yuzasidan tender savdolarini o'tkazish to‘g‘risida»gi 
Nizom asosida ishlab chiqilgan.
г
55


tuzish savdo o'tgandan keyingi 5 kun muddat ichida amalga 
oshiriladi);
— ochiq va yopiq tanlovlar — xaridni ayrim olingan turlarini 
amalga oshirishni tartibga soluvchi qonunchilik aktlari orqali amalga 
oshiriladi. Shartnomalami tuzish muddati hamma hujjatlarda ham 
o‘z aksini topmagan. Fuqarolik kodeksiga muvofiq shartnomalami 
imzolash muddati 30 kalendar kundan oshmasligi kerak.
Tender savdolarini boshqarishda baholar monitoringini amalga 
oshirish tartibi, quyidagi sohalar misolida ko‘rib chiqiladi:
— byudjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan oziq-ovqat mahsu- 
lotlarini sotib olish jarayonida;
— buyurtmachilar tomonidan kapital qurilish (rekonstruksiya 
va ta’mirlash) bo‘yicha xarajatlarni amalga oshirish jarayonida.
Bunda g‘aznachilikning hududiy bo‘linmalari tomonidan, 
byudjetdan mablag' oluvchilar tomonidan xarid qilinadigan oziq- 
ovqat mahsulotlari baholarining monitoringini amalga oshirish, 
0 ‘zbekiston Respublikasining demonopolizasiya, raqobat va 
tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash Davlat qo‘mitasi (keyingi 
o‘rinlarda — Antimonopoliya qo‘mitasi) tom onidan taqdim 
etiladigan, respublika hududlari bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotla- 
rining o‘rtacha oylik baholari to‘g‘risidagi ma’lumotlari asosida 
amalga oshiriladi.
Byudjetdan mablag' oluvchilar tomonidan oziq-ovqat mah- 
sulotlarini xarid qihsh bo‘yicha tuzilgan shartnomalami ro‘yxatdan 
o‘tkazish jarayonida Antimonopoliya qo‘mitasi tomonidan taqdim 
qilingan m a’lumotda ko‘rsatilgan baholardan ortiq bo‘lgan 
baholarda tuzilgan shartnomalar g‘aznachiliknmg hududiy bo‘lin- 
malari tomonidan ro'yxatga olinmaydi.
Antimonopoliya qo‘mitasi tomonidan ma’lum hudud bo‘yicha 
(tuman, shahar), ma’lum vaqt oralig‘ida taqdim etilgan oziq- 
ovqat mahsulotlari bo‘yicha baholar (xxxx) jadvalini misol tariqa- 
sida ko‘rsatish mumkin:
Ushbu yuqorida belgilangan o‘rtacha baholami hisobga olingan 
holda tuman g‘aznachilik bo‘linmasida hisob ishlari olib boriladi. 
Ya’ni, shartnomalar o‘rtacha baholar asosida tuzilib, hisobvaraq- 
fakturalar ham ushbu baholar doirasida qabul qilinadi.
56


Mazkur 9 xil oziq-ovqat maxsulotlaridan tashqari barcha 
boshqa oziq-ovqat mahsulotlarga esa, hududiy bozor o‘rtacha 
baholari orqali belgilanadi.

Yüklə 317,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin