U burxanov, T. Atam uradov davlat xaridi


-chizma. Tanlov asosida tashkil etiladigan savdo tnrlari



Yüklə 317,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/93
tarix14.12.2023
ölçüsü317,54 Kb.
#177369
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   93
Davlat xaridi. Burxanov U. Atamuradpv T

8-chizma.
Tanlov asosida tashkil etiladigan savdo tnrlari.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlarida 
boshqacha tartib belgilangan bo'lsa, yoki xorijiy grantlar va kreditlar 
taqdim etilishida boshqacha shartlar belgilangan bo'lsa, bunday 
hollarda mazkur Nizom tartibi qo'llanilmaydi.
Tenderlarni o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad — bu davlat 
byudjeti, byudjetdan tashqari maqsadli fondlari mablag'lari foyda-
51


lanish samaradorligin orttirish va sotib olinayotgan xomashyolar, 
materiallaming sifat darajasini oshirishdan iborat.
9-chizma.
Tenderlaraing tashkiliy shakllari1.
Tender savdolari xaridlaming faqat manbalaming mavjudligi 
va mablag4 bilan ta’minlash miqdorlari to‘g‘risida tasdiqnomalar 
(moliya organlari yoki byudjetdan tashqari jamg'armalami tasarruf 
etuvchilaming bildirish xati, xorijiy kreditorlar bilan hukumat 
kafolati ostida imzolangan kredit shartnomalari, xorijiy grantlar 
berish to‘g‘risidagi bildirish xati va boshqalar) mavjud bo‘lgan 
hajmi bo‘yicha e’lon qilinishi mumkin. Tenderlar tenderlarni
1 0 ‘zR Vazirlar Mahkamasining 2000- yil 21- noyabrdagi 456-sonli 
Qarori bilan tasdiqlangan «Xomashyo, materiallar, butlovchi qismlar va 
jihozlarni sotib olish yuzasidan tender savdolarini o‘tkazish J.o‘g‘risida»gi 
Nizomga asosan.
52


o'tkazishning doimiy yoki vaqtinchalik organi bo'lgan tender 
komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi.
Tender komissiyasi tovar yetkazib berish qiymati 1,0 mln AQSh 
dollariga teng miqdordan oshmaydigan bitta shartnoma bo'yicha 
amalga oshirilganda xarid qiluvchi tashkilot («buyurtmachi» deb 
ataladi) tomonidan tuziladi. Tovar yetkazib berish qiymati 1,0 
mln AQSh dollariga teng miqdordan oshadigan bitta shartnoma 
bo'yicha amalga oshirilgan taqdirda tender komissiyasi buyurtmachi 
tomonidan Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari bilan 
kelishgan holda tuziladi.
Tarmoq vazirliklari va idoralari rozi bo'lgan taqdirda ularning 
viloyat, tuman, shahar bo‘limlari, 0 ‘zR Vazirlar Mahkamasining 
200 0 -yil 2 1 - noyabrdagi 456-sonli Qaroriga ilova qilingan 
«Xomashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar 
xarid qilish bo'yicha tender savdolari o'tkazish to ‘g‘risida»gi 
Nizomi talablariga rioya qilgan holda, tender o'tkazish bo'yicha 
buyurtmachilar bo'lishi mumkin.
Tender komissiyasi a’zolari soni toq (odatda kamida to'qqiz, 
o'n bir kishi). shu jumladan, uning tarkibi quyidagilardan iborat 
bo'ladi:
— buyurtmachining vakillari;
— O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy 
aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi yoki ularning hududiy 
bo'linmalari vakillari (zarur bo'lganda);
— xizmat ko'rsatuvchi tijorat banki va mustaqil ekspert 
tashkilotlar vakillari;
— buyurtmachining yuqori tashkilotlari, vazirliklari, idoralari 
vakillari;
— tender savdolari xorijiy tovar yetkazib beruvchilami jalb 
etgan holda tashkil qilingan taqdirda, transport-ekspeditorlik 
kompaniyalari vakillaridan iborat bo'ladi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq, buyurtmachining yoki unga 
qarashli korxonalar va tashkilotlar vakillari soni tender komissiyasi 
tarkibining 30 foizidan oshmasligi kerak.
Tender komissiyasi a ’zolarining tayinlanishi yuzasidan 
buyurtmachi javob beradi.
53


Tender komissiyasining ishchi organi tenderlarni o‘tkazishni 
(tovar yetkazib beruvchilami oldindan malakali tanlash, tushadigan 
takliflarni ekspert baholash, binolar va yordamchi xodimlar berish, 
reklama ishlarini tashkil etish, tender komissiyasi hujjatlarini va 
shu kabilarni amalga oshirishni) amalda tashkil etuvchi asosiy 
organ hisoblanadi.
Buyurtm achining tanlovi bo'yicha shartnom a asosida 
ixtisoslashgan tashkilot yoki buyurtmachining o'zi ishchi organ 
bo‘lishi mumkin, u zarur bo'lganda shartnoma asosida boshqa 
tashkilotlar mutaxassislarini ham jalb etishi mumkin.
Tovar yetkazib berish qiymati 1,0 mln AQSh dollariga teng 
m iqdordan oshadigan b itta shartnom a b o 'y ich a amalga 
oshirilganda ishchi organ buyurtmachi tomonidan Vazirlar 
Mahkamasining tegishli komplekslari bilan kelishgan holda 
belgilanadi.
Ishchi organ ixtisoslashgan tashkilotning, shuningdek, boshqa 
tashkilotlar mutaxassislarining huquq va vazifalari doirasi shartno- 
malarda belgilanadi.
Davlat xaridini tashkil etishda buyurtmachi va ishchi organning 
funksiyalariga e’tibor beradigan bo'lsak, tenderlarni o'tkazishda 
buyurtmachi:
— tenderlarni o'tkazish, ularning o'tkazilish sanasi to'g'risida 
qaror qabul qiladi, sotib olinadigan tovarlaming eng yuqori bahosini 
belgilaydi va rasmiy farmoyish chiqaradi; ishchi organ faoliyatini 
nazorat qilib boradi va tender komissiyasi ishida qatnashadi;
— tender hujjatlarini tayyorlash shartlarini belgilaydi;
— tenderlarni tayyorlash va o'tkazish bilan bog'liq xarajatlarni 
amalga oshiradi;
— tender g'olibi bilan shartnoma tuzadi.
Ishchi organ buyurtmachi bilan kelishgan holda:
— savdo va uni rasmiylashtirish tartibini belgilaydi;
— tender hujjatlarini ishlab chiqishni tashkil etadi;
— ommaviy axborot vositalarida e’lon beradi yoki taklifnomalar 
jo'natishni tashkil etadi;
— jalb etiladigan ekspertlar va maslahatchilar faoliyatini 
muvofiqlashtirib boradi;
54


— da’vogarlami tender hujjatlari bilan tanishtiradi;
— arizalarni qabul qiladi, ularning hisobga olib borilishini, 
saqlanishini va maxfiyligini ta’minlaydi.
Tenderlarni tashkil etishning asosiy tamoyillari oshkoralik, 
qarorlarni qabul qilishning obyektivligi, tender qatnashchilariga 
teng sharoit yaratish, shu bilan birga mahalliy korxonalarga 
ustuvorlik berish hisoblanadi (quyidagi 10-chizma).

Yüklə 317,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin