etadi?
4. Davlat xaridining predmeti nima?
5. Davlat buyurtmachilari kimlar?
6. 0 ‘zbekiston Respublikasida davlat xaridini isloh etish borasida
hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlarni tushuntirib
bering.
§ 2. Davlat xaridini tashkil etishning
milliy va xalqoro huquqiy asoslari
Davlat xaridini boshqarish borasida 0 ‘zbekistonda amalga
oshirilayotgan islohotlaming ajralmas qismi bu — davlat xaridini
boshqarish bo‘yicha yangi huquqiy
m e ’y o ria rg a
asoslangan qonun-
chilikni shakllantirishdan iboratdir.
0 ‘zbekiston Respublikasida davlat xaridini boshqarishning
mavjud huquqiy asoslari quyidagilardan tashkil topgan:
1. 0 ‘zbekiston Respublikasining Fuqorolik kodeksi (4-paragraf
«Davlat shartnomalari asosida tovarlar yetkazib berish»).
2. 0 ‘zbekiston Respublikasining qonunlari:
— 2000- yil 14- dekabrdagi «Byudjet tizimi to ‘g‘risida»gi;
— 1998-yil 2 9 - avgustdagi «Xo‘jalik yurituvchi subyektlar
faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to ‘g‘risida»gi;
— 2004- yil 26- avgustdagi «Davlat byudjetining g‘azna ijrosi
to‘g‘risida»gi va Oczbekiston Respublikasining boshqa qonunlari
3. 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari:
— 2003- yil 3- iyuldagi 302-sonli «Kapital qurilishda tanlov
savdolari tizimini takomillashtirish chora-tadibirlari to ‘g‘risida»gi;
— 2 0 0 0 -yil 2 1 - noyabrdagi 456-sonli «Tender savdolarini
tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to ‘g‘risida»gi;
— 2000- yil 8- apreldagi 136-sonli
«2000-
yil davlat ehtiyojlari
uchun sotib olinadigan oziq-ovqat asosiy turlari to ‘g‘risida»gi va
unga ilova qilingan «Ijtimoiy soha tashkilotlari, maxsus iste’-
m olchilar va davlat zaxirasi uch u n asosiy oziq-ovqat bilan
ta’minlash tartibi»;
— 1997-yil 2 6 - sentabrdagi 454-sonli «Davlat ehtiyojlari
uchun oziq-ovqat yetkazib berishni tanlov asosida tashkil etish
to ‘g‘risida» va unga ilova qilingan «Davlat ehtiyojlari uchun import
oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish tenderlarini o'tkazish tartibi»;
12
— 2007- yil 20- martdagi 53-sonli qarorga ilova qilingan
« 0 ‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G ‘aznachiligi
to‘g‘risida» nizomi;
— 1997- yil 14- avgustdagi 397-sonli «Davlat ehtiyojlari uchun
asosiy oziq-ovqat turlarini sotib olish tizimini takomillashtirish
to‘g‘risida»gi va Vazirlar Mahkamasining boshqa Qarorlari.
4.
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o ‘t-
gan m e’yoriy-huquqiy hujjatlar:
— 2 0 0 9 -yil 16 -sen tab rd a ro'yxatgan olingan 2007-sonli
«Davlat byudjetining g‘azna ijrosi qoidalari»;
— 2009-yil 16-aprelda ro‘yxatgan olingan 1941 -sonli «Mu-
dofaa majmui va huquqni muhofaza qilish organlari muassasalari
va tashkilotlarining byudjet xarajatlari va boshqa maxfiy xarakterga
ega bo ‘lgan byudjet xarajatlarning g‘azna ijrosi tartibi haqida
nizom»;
— 2 0 0 9 -yil 1 9 -m a y d a r o ‘yxatgan o lin g an 1969-sonli
O 'zb ek isto n R espublikasi M oliya vazirining « 0 ‘zbekiston
Respublikasi Davlat byudjetida turadigan tashkilotlaming set,
shtat va kontingentlari bo‘yicha rejaning bajarilishi to ‘g‘risidagi
choraklik va yillik hisobotlar shakllarini tasdiqlash haqida»
buyrug‘i;
— 2007- yil 5- d ek abrda r o ‘y x atd an o ‘tg a n 1746-sonli
« 0 ‘zbekiston Respublikasi Mohya vazirligining G ‘aznachiligi va
uning hududiy bo ‘linmalarida byudjetdan mablag‘ oluvchilaming
hisobvaraqlarini yuritish qoidalari»;
— 2000- yil 5- avgustda ro‘yxatdan o ‘tgan 305-sonli «Hukumat
kafolati ostida va davlat mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan
qurilish obyektlari uchun, buyurtmachilar va pudrat tashldlotlari
tomonidan sotib olinadigan qurilish materiallari va konstruk-
siyalarning m aksim al n arx larin i o ‘rn atish ta rtib i b o ‘yicha
yo‘riqnoma»;
— 2010- yil 11- noyabrda 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
tom onidan qabul qilingan «Davlat xaridlari tizim ini m uqo-
billashtirish va ularga kichik biznes subyektlarini jalb qilishni
kengaytirish to ‘g ‘risida»gi PQ-1475 sonli Qarori va boshqa
huquqiy-m e’yoriy hujjatlar.
13
Ayni paytda 0 ‘zbekiston Respublikasida «Davlat xaridi
to ‘g‘risida» Qonun qabul qilinmagan. 0 ‘zbekistonda davlat xaridini
tashkil etishning huquqiy asoslarini takomillashtirishga, xususan,
«Davlat xaridi to ‘g‘risida»gi Qonunni qabul qilishning dolzarbligi
quyidagi holatlar bilan izohlanadi:
— davlat xaridini tashkil etishda m a’lum otlar shaffofligini
ta ’minlash;
— davlat xaridini amalga oshiruvchi davlat subyektlarini
vakolatlarini tartibga solish;
— xaridni rejalashtirish va tartibga solish;
— m ol yetkazib beruvchilarni huquqiy him oyasini ta ’
minlash;
— tender asosida savdolarda xarid mexanizmalarmi tartibga
solish kabi muammolar.
«Davlat xaridi to ‘g‘risida» Qonunning qabul qilinishi bilan
quyidagi dolzarb masalalarni huquqiy tartibga solish imkoniyati
yuzaga keladi:
— 0 ‘zbekiston Respublikasida davlat xaridini amalga oshirish-
ning yagona huquqiy asosini shakllantirish;
— tartibga solish sohasini aniq belgilab olish;
— hukum at va davlat boshqaruv organlarining huquqiy
vakolatlarini aniq tartibga solish;
~ xarid turlari va uni tashkil etishning barcha jarayonlarini
tartibga solish;
— davlat buyurtmachilarining vakolatlari va majburiyatlarini
aniqlashtirish;
— xarid usuh, qaror qabul qilish, u yoki bu mexanizmni tanlash
shartlarini aniqlashtirish;
— davlat buyurtmachisining shartnoma muddatlari va moliya-
lashtirishni o ‘z vaqtida amalga oshirmagan hollardagi majburiyat
larini tartibga solish;
— shartnomalami tuzish shartlarini, shuningdek, shartnomada
aks ettirilishi lozim bo ‘lgan majburiy m e’yorlar, shartlar va
yo‘riqlarni o ‘matish;
— tender g‘olibi bilan qaysi hollarda shartnoma bekor qilinishi
tartiblarini belgilash;
14
—
xarid etuvchining vakolatli organlar oldidagi mas’uliyati, va
ayrim hollarda, jam oat oldida hisob berishini tartibga solish va
boshqa shu kabi holatlar.
Hozirda dunyoning turli mamlakatlarida davlat xaridini amalga
oshirishga huquqiy asos sifatida qo‘llaniladigan bir nechta hujjatlar
mavjud. Ushbu hujjatlami o‘rganib, mazkur mamlakatlarda davlat
xaridini o ‘ziga xosligini ko‘rsatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |