oshkora va
xolisona qabul qilish, mamlakatimiz
tovar ishlab chiqaruvchilari (yetkazib beruvchilari) uchun
ustuvorlikni saqlagan holda tender qatnashchiiari uchun teng
raqobat sharoitlari yaratish tenderlar o‘tkazishni tashkil etishning
asosiy tamoyillari hisoblanadi.
Shartnomani ijrosining sifati va muddatlarini baholash sotib
oluvchi tomonidan mustaqil amalga oshiriladi. Shartnomalar
bo'yicha to'lovlar g'aznachilik organlarida ro'yxatdan o'tgandan
so'ng amalga oshiriladi.
Davlat xaridinng nazorat tizimi — o'z ichiga birlamchi, joriy
va so'ngi nazoratni oladi.
Dastlabki nazorat : xarajatlar smetasini ro'yxatdan o'tkazish
jarayonida moliya organlari tomonidan; byudjetdan mablag'
oluvchilarning yuridik majburiyatlarni ro'yxatdan o'tkazishi
jarayonidan — g'aznachilik bo'linm alari tomonidan; tanlov
hujjatlarini ekspertizadan o'tkazishda Davarxitekqurilish tomo
nidan; investitsiya loyihalari uchun loyihalarni tanlab olishda
Iqtisodiyot vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Joriy nazorat: import shartnomalarini tuzishda Tashqi iqtisodiy
aloqalar, investitsiya va savdo vazirligi tomonidan; shartnomalami
ro'yxatdan o'tkazishda g'aznachilik organlari tomonidan; tanlovni
tashkil etishdan obyektni ishga tushirishgacha bo'lgan muddatlarda
Davarxitekqurilish tomonidan amalga oshiriladi.
S o ‘ngi nazorat: Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh-
qarm asi; Prokuratura; Hisob palatasi tom onidan amalga
oshiriladi.
Byudjet tashkilotlarida baholar monitoringining tashkil eti-
lishida byudjet mablag'laridan maqsadli foydalanish ustidan
nazoratni kuchaytirish uch bosqichU nazoratni to'liq joriy qilishni
taqozo etadi.
Ya’ni, byudjet tashkiloti kontragentdan tovarlar sotib olish
(ishlar bajarish, xizmatlar ko'rsatish) to'g'risida ofertani (taklifni)
qabul qilib olganidan so'ng, shartnomani akseptlaydi (imzolaydi)
31
va g‘aznachilik bo‘limidan ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim
etadi.
Yuridik majburiyat vujudga kelishi uchun, shartnomaning
ro‘yxatdan o‘tkazilishi talab qilinadi.
G ‘aznachilikda yuridik majburiyat vujudga kelishidan awal,