dastlabki nazoratni amalga oshirish imkoniyati mavjud bo‘lib, bu
narxlar monitoringi orqali ta’minlanadi.
Bunda byudjet tashkiloti sotib olmoqchi bo‘lgan tovarlar
(ishlar, xizmatlar narxi) muqobil yetkazib beruvchilar baholari
bilan taqqoslanadi. Muqobil yetkazib beruvchilar to‘g‘risida ma’
lumot to‘plashning turli usullari mavjud. Masalan, tovar xomashyo
birjalari, bozorlardan ma’lumotnomalar, raqobatchi tashkilotlardan
tijorat takliflari olish, ommaviy axborot vositalari va ixtisos-
lashtirilgan reklama nashrlaridagi ma’lumotlami umumlashtirish
mumkin.
Bitta shartnoma bo‘yicha 100 ming AQSh dollari ekviva-
lentidan kam summaga tovar yetkazib berilishi bo‘yicha shart-
nomalarni tuzish, 2009-yil 16-sentabrda ro‘yxatgan olingan
2007-sonli «Davlat byudjetining g‘azna ijrosi qoidalari»ga asosan
tartibga solinadi.
0 !zbekistonda ishlab chiqariluvchi tovarlar vositachilarsiz,
aynan, ishlab chiqaruvchining o‘zidan sotib olinishi, chetdan
keltiriluvchi tovarlar esa, bevosita import qiluvchidan tovarlami
yuqori baholarda xarid qiiishni oldini oladi1.
Hozirgi kunda moliya organlarida baholar monitoringini tashkil
etishning huquqiy asosi bo‘lib, Vazirlar Mahkamasining: 2000-
yil 21- noyabrdagi 456-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «Xomashyo,
materiallar, butlovchi qismlar va jihozlarni sotib olish yuzasidan
tender savdolarini o‘tkazish to‘g‘risida»gi Nizom, 2000- yil 5-
avgustdagi 305-sonli «Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni
yanada chuqurlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida»gi Qarori; 2003- yil 3- iyuldagi 302-sonli « 0 ‘zbekiston
1 0 ‘zR VMining 2000- yil 5- avgustdagi 305-sonli «Kapital qurilishda
iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish bo‘yicha qo'shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida»gi Qaroriga asosan.
32
Respublikasi hududida kapital qurilishda konkurs savdolari
to‘g‘risida»gi Qarori (va ushbu qarorning ilovasi) hamda Moliya
vazirligining tegishli buyruqlari asos bo‘lib hisoblanadi.