Quyidagi hollarda tender (tanlov) o‘tkazmasdan tovar yetkazib
beruvchilar (bajaruvchilar, pudratchilar) bilan shartnomalar
tuzilishi mumkin:
1) tovarlar yetkazib berish, tabiiy monopoliyalar subyektlari
faoliyati sohasiga tegishli bo Uganda;
2) tovarlar birja orqali xarid qilinganda;
3) shartnom a tuzish vaqtida eng kam ish haqining o ‘n
baravaridan oshmagan summada tovarlar sotib olinganda;
4) tarix va madaniyat yodgorliklari sifatida davlat muhofazasiga
olingan
hamda davlat muzey, kutubxona, arxiv fondlarini, kino-
foto-fondini va boshqa shunga o‘xshash fondlami to'ldirish uchun
mo‘ljallangan tarixiy, badiiy yoki boshqa madaniyat ahamiyatiga
molik madaniy boyliklar (suratlar, haykallar, adabiy asarlar va
boshqalar),
shu jumladan, muzey predmetlari va muzey to'p-
lamlari, shuningdek, nodir va qimmatli nashrlar va qo‘lyozmalar,
arxiv hujjatlari, jumladan, ularning nusxalarini yetkazib berishni
amalga oshirganda;
5) tovarlarni sotishga alohida huquqi bo‘lgan faqat bitta
yetkazib beruvchidan tovarlar xarid qilish mumkin bo‘lganda;
6) tuzilgan shartnomaning shartlari
dastlabki shartnoma
umumiy summasining 20 foizidan oshmaydigan summaga teng
qo'shimcha ishlarni bajarish maqsadida o'zgarganda;
7) bajarish yoki xizmat ko'rsatishni amalga oshirish faqat davlat
hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan yoki ularga bo'ysu-
nuvchi davlat muassasalari va korxonalari tomonidan ulaming
vakolatlariga muvofiq mumkin bo'lgan ishlar yoki xizmatlarga
ehtiyoj tug'ilganda;
8) yengib bo'lmas kuchlar (tabiiy ofatlar, yong'inlar, falokatlar,
avariyalar va hokazolar) oqibatlarini bartaraf etish (oldini olish)
u ch u n zarur b o 'lg an m uayyan tovarlarga tezk o r ehtiyoj
tug'ilganda, buning natijasida vaqtning yo'qotilishi talab qilinadigan
boshqa buyurtmani joylashtirish usullarini qo'llash maqsadga
muvofiq bo‘lmaganda (tegishli moliya organlari kelishuvi bo'yicha);
9) yetkazib beruvchilarning
yoki shartnom ada ularning
manfaatdorligi yo'qligi sababli buyurtmachi tomonidan tender
(tanlov) bo'lib o'tmagan deb hisoblash natijasida; agar buyurtmachi
29
uzoq tumanlarda joylashgan bo‘lsa, buyurtmachining faoliyat
ko‘rsatish hududida va yaqin joylashgan tumanlarda faqat bitta
yetkazib beruvchi mavjud bo‘lsa; shuningdek, boshqa joylardan
narx kotirovkalarini olish hech qanday foyda olmaganligi yoki
iqtisod
qilmaganligi aniqlanganda; transport xarajatlari uchun
narxlar oshib ketishiga olib kelganda. Bunda yagona yetkazib
beruvchiga buyurtmalami joylashtirish tegishli moliya organlari
bilan kelishgan holda amalga oshiriladi1.
Yengib bo‘lmas kuchlar oqibatlarini bartaraf etish (oldini olish)
uchun tovarlarga shoshilinch ehtiyoj vujudga kelgan taqdirda yoki
shartnomada ularning manfaatdorligi yo'qligi sababli tenderni
bo'lib o'tmagan deb hisoblash natijasida, buyurtmachi tender
o'tkazmasdan yagona yetkazib beruvchiga buyurtmani joylashtirish
to‘g‘risidagi qarorni kelishish uchun
tegishli moliya organlariga
yozma murojaat yuboradi. Yagona yetkazib beruvchiga buyurtmani
joylashtirish to ‘g‘risidagi qarorning kelishish muddati, tegishli
moliya oiganiga kelishish to‘g‘risida murojaat kelib tushgan kundan
boshlab, o‘n ish kunidan oshmasligi kerak.
Buyurtmachi tomonidan tender bo‘lib o‘tmagan deb hisoblash
natijasida yagona yetkazib beruvchiga buyurtmani joylashtirish
to ‘g‘risidagi qaror qabul qilingan taqdirda uni kelishish uchun
tegishli moliya organiga murojaatdan tashqari, tender bo‘lib
o‘tmagan deb hisoblash to‘g‘risidagi
hujjatlaming nusxalari ham
taqdim qilinadi. Bunda shartnoma yagona yetkazib beruvchi bilan
faqat tender hujjatlarida nazarda tutilgan shartlarda tuzilishi
mumkin, tuzilgan shartnoma bahosi tender o‘tkazish to‘g‘risidagi
xabarnomada ko‘rsatilgan shartnomaning dastlabki bahosidan
oshmasligi kerak2.
1 0 ‘zR Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21- noyabrdagi 456-sonli
Qarori bilan tasdiqlangan «Xomashyo, materiallar, butlovchi qismlar va
jihozlarni sotib olish yuzasidan tender savdolarini o‘tkazish to‘g‘risidagi
Nizom»ning 5-1 punkti.
2 О‘zR Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 2 1 -noyabrdagi 456-sonli
Qarori bilan tasdiqlangan «Xomashyo, materiallar, butlovchi qismlar va
jihozlarni sotib olish yuzasidan tender savdolarini o‘tkazish to‘g‘risida»gi
Nizom.
30
Tender bo'yicha xaridlarda qatnashuvchi mamlakatimiz
tovar
ishlab chiqaruvchilari (yetkazib beruvchilari) bilan hisob-kitoblar
so'mlarda amalga oshiriladi.
Qarorlarni
Dostları ilə paylaş: