Nazorat uchun savollar:
1. D avlat xaridini tashkil etishning markazlashgan modeli, m arkaz-
lashmagan model bilan qanday farqli tomonlarga ega?
2. Davlat xaridini tashkiliy elementlari nimalardan iborat?
3. O'zbekistonda davlat xaridini tashkiliy shakllari qanday ekanligini
tushuntirib bering.
4. 0 ‘zbekistonda davlat xaridini rejalashtirish qanday amalga oshiriladi?
5. D avlat investitsiya dasturiga kiritiladigan investitsiya loyihalarini
tanlash bosqichlarini tushuntirib bering.
6. D avlat byudjetining chegaralanganligini izohlab bering.
7. D avlat xaridining nazorat tizimi nimalardan iborat?
3 - T - 2 0
I I bob.
0 ‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASIDA DAVLAI
XARIDINI TASHKIL ETISH MEXANIZIMI
§ 4. 0 ‘zbekiston Respublikasida davlat
xaridini tashkil etish va hoshqarishning joriy holati
Davlat zaxiralarini shakllantirish, davlat ehtiyojlari uchun joriy
va kapital xarajatlami amalga oshirish, qishloq xo‘jalik mahsu-
lotlarini, sanoat, qurilish sohalarida davlat mablag‘lari hisobidan
xaridni amalga oshirish bo‘yicha huquqiy asoslarni takomil-
lashtirishning dolzarbligi ortmoqda.
Mazkur paragrafda kapital qurilish va qishloq xo‘jalik mahsu-
lotlarining davlat xaridini tashkil etish mexanizmlari o‘rganilgan.
Kapital qurilish sohasida davlat xaridi.
Qurilishga, texnik qavta
qurollantirish, rekonstruksiya, bino va inshootlarni kapital
ta’mirlash bo‘yicha pudrat savdolarini o‘tkazish uchun tayyor-
langan hujjatlarning tarkibida majburiy tartibda tanlov hujjat-
larining texnik qismini ishlab chiqish uchun asos bo‘lgan loyiha
hujjatlariga 0 ‘zbekiston Respublikasi davlat ekspertizasining ijobiy
xulosasi bo'lishi kerak.
Tanlov hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazish majburiy bosqich
bo‘lib, unda taqdim etilgan barcha zarur hujjatlarning mavjudligi,
taqdim etilgan hujjatlarning to‘laqonliligi, baholash mezonlari va
g‘olibni aniqlash jihatlari reglamentga va tanlov savdolarini
o'tkazish tartibotlariga rioya etilganligi tekshirib chiqiladi va tahlil
qilinadi.
Tanlov va boshqa tanlov savdosining hujjatlami ekspertizadan
o‘tkazish, tanlov savdolari o‘tkazish usuli va uslublari qo‘lla-
nishining maqsadga muvofiqligi va asoslanganligini aniqlash
0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat Arxitektura va qurilish qo‘mitasi
tomonidan amalga oshiriladi (Davarxitektqurilish)1.
1 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Kapital qurilishda
tanlov savdolari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2003-
yil 3- iyuldagi 302-son Qarori bilan tasdiqlangan «0‘zbekiston Respublikasi
hududida kapital qurilishda tanlov savdolari to‘g‘risida» Nizom.
34
|