Ekspert jurnalining 2000 yil
№
12 sonida shved mebeli chiqaradigan IKEA
firmasining Rossiyadagi
do‘kon – ombori haqida ma’lumotlar nashr qilingan.
Firmaning kapitali - 2899 rubl.
Tungi lampa - 129 rubl.
Vino uchun bokallar – 146 rubl.
Ushbu firma Rossiyadagi 3 – 4 tadan iborat bo‘lgan oilalarni o‘zining xaridorlari deb, hisoblaydi.
Ularning 1 oylik daromadi 200$ – 400$ gacha va kvartiralarning umumiy maydoni 52 kv.m. Yarim
asrlik kompaniyaning asosiy shiori-“ommaviylik”, “oddiylik”, “arzonlik”. Butun dunyo bo‘yicha
158 ta kompaniyalarining do‘konida yuqoridagi talablar bir necha oddiy
uslublar bilan faoliyat
yuritadi. Firma tomonidan atigi 10 % assortimentdagi mebel ishlab chiqiladi. Qolgan qismi mol
yetkazib beruvchi yoki ta’minotchilardan sotib olinadi. Shu bilan birga ular bilan dizayn ishlab
chiqiladi va mahsulotning tannarxini pasaytirish uslublari izlanadi. Narxlarni
tushirish va sifatni
ko‘tarish maqsadida IKEA kompaniyasi eshik ishlab chiqaruvchilarga stolning ustki qismlari
(“Stoleshnitsa”) ni, stolning oyog‘ini va karkasini supermarketlar uchun metalldan aravachalarni
ishlab chiqaruvchi fabrikaga buyurtma beradi. Firma mebelni ajratilgan
turda kam joyni egallashi
evaziga tashish uchun ham iqtisod qilib past narxlarni ushlab turadi. Eng asosiy yangilik mebelni
xaridor do‘kondan o‘zi olib ketadi va mustaqil turda yig‘adi. Bunda mebelni yig‘ish, chakana sotish
va
yetkazib berishdagi iqtisod, ya’ni tejamlilik yaqqol ko‘rinadi. Barcha do‘konlar shahardan
tashqarida joylashganligi evaziga yerlarni egallab turish uchun narxlar to‘lovi juda past. IKEA
kompaniyasi Rossiya ishlab chiqaruvchilarini ham jalb qiladi. Shu sababli mahalliy ishlab chiqarish
mahsulotlarining bir qismi ham past narxlarni ushlab turishda yordam beradi.
Shunday qilib IKEA
do‘konidagi o‘rtacha xarid 40$ ni tashkil etib, analitik tahlilchilar fikriga ko‘ra Rossiyadagi mebel
biznesini to‘liq o‘zgarishiga va’da beradi. Quyidagi
savollarga javob berib, vaziyatni tahlil qiling.
Rossiya IKEA maqsadli bozoriga xarakteristika bering (tavsif).
IKEAni narx strategiyasi va narx siyosatining maqsadini aniqlang.
IKEA firmasining mahsulotiga past narxlarga nima evaziga erishiladi.
IKEA mahsulotlarining sifati haqida nima deyish mumkin?
Ushbu mahsulotni maqsadli bozoriga e’tiborni jalb qilishda narx qanday rol o‘ynaydi?
“Xarid qil va sot” savdo majmuasi “BOBO” mahsuloti narxini 45 rubldan 42 rublgacha tushirdi.
Shuning evaziga sotuv hajmi 64200 dan 66100 donaga ortdi. Talabning elastikligini aniqlang.
Dostları ilə paylaş: