19.
Nima sababdan marketing bozor segmentatsiyasini va maqsadli bozorni tanlashni taqozo
etadi?
20.
“Yevro spor tplus” firmaning yillik daromadi -10.000.000 $, xarajatlari esa 5.000.000 $. Bu
firmaning rentabellik darajasini toping va izohlang.
21.
Siz marketing bo‘limi boshlig‘isiz, tovarlaringiz yaxshi sotilmayapti. Buni oldini olish
maqsadida siz reklamadan foydalanishingiz kerak. Bu vaziyatda reklamaning qaysi turidan
foydalanish maqsadga muvofiq, deb o‘ylaysiz va nima uchun?
24.“Nilufar” firmasi bankrotga uchrash arafasida. Bankrotlikdan qutulishning bitta yo‘li davlatdan
dotatsiya olishdir. Lekin davlat dotatsiyani 3 oydan keyin bera oladi. Vaqt juda oz. Bunday
vaziyatda siz rahbar sifatida qanday ish tutasiz?
25.
Sizning kompaniyangiz yaqinda ish boshladi. Mahsulot ma’lum muddat bozorda yaxshi
sotildi. Vaqt o‘tishi bilan shu bozorda sizning mahsulotlaringizga bo‘lgan talab keskin tushib
ketdi. Bunday vaziyatda menejer sifatida qanday yo‘l tutishingiz kerak?
26.
Sizning kompaniyangiz xizmat ko‘rsatuvchi kompaniya hisoblanadi. Vaqt o‘tishi bilan
kompaniyangiz o‘z mijozlarini yo‘qota boshladi. Bunga xodimlaringizni barchasi malakali
bo‘lishiga qaramasdan, ularning mijozga yomon xizmat ko‘rsatayotganligi sabab bo‘ldi.
Mijozlar sonini ko‘paytirish uchun qanday chora-tadbirlar ko‘rish kerak?
Dostları ilə paylaş: