1880-yillarda Nobel firmasi yana qanday yangilikka asos soldi?
7.
O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq bunday turdagi mahsulotlarning
har qanday reklamasi
qattiq taqiqlangan. Savol: qaysi turdagi mahsulotlar?
8.
XIX asrning 2- yarmidan boshlab Yevropa gazetalarida asarlar chop etila boshlangan. Aynan
shu davrdan boshlab gazetalarda biz doim duch keladigan uch so‘zdan iborat gap ham urf
bo‘lgan. Savol: qaysi gap?
9.
Makeyavellining “Boshqaruvchi” asarida: “Iqtisodiyotga
buxgalterlar emas, ular kerak”
deyilgan. Ular shug‘ullanadigan asosiy fan ehtimollar nazariyasi fanidir. Savol: ularni
toping.
10.
1970-yillardagi Budapesht shahri. Shahar kafelarida qiziq holatni kuzatish mumkin.
Aniqrog‘i, menyuda. Xuddi shu menyuda bir dona sosiska 6 pul birligi. Xuddi shu menyuda
bir dona sosiska 8 pul birligi, deb ko‘rsatilgan. Savol: ikkinchi holatda unga nima qo‘shib
sotilgan?
Javoblar:
.
1.
0,80!
2.
Nemischada Misr-A bilan, Kipr- Z bilan boshlanadi. Bu bilan
firma dunyoning istalgan
mamlakatiga olib boramiz, demoqchi bo‘lgan. Nemislarda alfavit A-Z.
3.
Chunki ertalab tob berilsa soat buzilishi tezlashadi. Bu esa yangi soat sotib olish degani!
4.
O‘sha davrlarda hatto erkaklarda ham uzun soch moda bo‘lgan, shuning uchun FEN ishlab
chiqarila boshlangan.
5.
Bekhem o‘zi haqida kitob yozish uchun yozuvchi yollagan. Yozuvchi haqi 60 ming bo‘lgan,
shunda Bekhemga 3 mln qoladi.
6.
Temir yo‘l.
7.
Spirtli ichimliklar.
8.
Davomi kelgusi sonda.
9.
Bashoratchilar.
10.
Agar sosiskani musiqa tinglab yemoqchi bo‘lsangiz biroz qimmatroq to‘laysiz!