narsalarni o‘zlariga ramz qilib olishgan. Ulardan biri qishloq xo‘jaligi sohalaridan birining
eng asosiy mahsulotlaridan birini o‘z ramziga tushirgan bo‘lsa,
ikkinchisi qishloq
xo‘jaligining yana bir sohasining asosiy mahsulotini yaratuvchilarini o‘ziga ramz qilib olgan.
Shu kompaniyalarning nomini ayting.
5.
Oskar Uayld shunday yozgan: “Jamiyatning pul haqida boylardan ham ko‘proq o‘ylovchi
faqat bitta sinf bor, bu ulardir”. Savol: ular kimlar?
6.
Genri Ford “Model-T” deb nomlangan avtomobillarini asosan qora rangga bo‘yab sotgan.
Savol: nima uchun?
7.
Genri Ford korxonadagi ishchilarini kam
maoshga shukur qilib, sidqidildan ishlashlari uchun
ularga navbati bilan bir yumushni bajartirgan. Agar o‘sha davrlardagi
iqtisodiy holatni
bilsangiz, aytingchi bu qanday yumush?
8.
1940- yillarda Ford kompaniyasi avtomobillarga signalizatsiya o‘rnatib sota boshladi. Lekin
signalizatsiyaga talab sezilarli bo‘lmadi. Buning ikkita asosiy sababi bor edi.
Birinchisi-
o‘g‘rilarning kamligi. Fordni bilgan holda 2-sababini siz ayting.
9.
Genri Ford 1916-yilda o‘z kompaniyasini davlat tasarrufidagi kompaniya, deb e’lon qiladi.
Savol: shundan so‘ng kompaniya qanday texnikalar ishlab chiqargan?
10.
Savolda ortiqchasini toping:
aka-uka Lumyerlar, Genri Ford,
Tomas Edison, Aleksandr Bell,
Alfred Nobel.
Javoblar:
1.Reklama. 2. Reklama.
3.
VALUTA izoh: bosh harflar o‘qilsin.
4.
UMS-tuxum, BEELINE- asalari!
5.
Kambag‘allar!
6.
U arzon narxdagi mashinalar ishlab chiqarishga intilgan.
Qora rang eng arzon rang
hisoblangan.
7.
Deraza oynasini arttirgan. Chunki ishsizlar eshik oldida qator bo‘lib turishgan.
8.
Signalizatsiya mashinani qimmatlashtirgan.
9.
Harbiy texnikalar.
10.
Genre Ford. Qolganlar ixtirochilar. Ford esa avtomobil targ‘ibotchisi.