1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə191/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   206
M.A.

Kommunikatsiya
—kompaniya va xaridorlarning o‘zaro aloqasi. 
Ko‘rgazma
mahsulotlar, xizmatlar yoki san’at asarlari namoyish etish uchun joylashtirilgan, 
tijorat bitimlari tuzish, tekshirish yoki ko‘ngil ochish uchun mo‘ljallangan joy. 
Ko‘rgazma-yarmarka
— professional, savdo va texnikaviy xaridorlar uchun mahsulotlar va 
xizmatlarni reklama qilish maqsadida tashkil qilingan ko‘rgazma. 
Litsenziyalash (ingl. liecensing) 
— davlat organlari tomonidan sotuvchilarga savdo va tashqi savdo 
operatsiyalarini amalga oshirishga ruxsatnoma (maxsus ruxsatnoma) berilishi. 
Loyallik (ingl. loyalty) 
— iste’molchining markaga, brendga munosabati xarakteristikasi, aynan shu 
mahsulotni iste’mol qilishdan qanoatlanishni tavsiflovchi sadoqat va takror xaridni amalga oshirishi 
ehtimoli. 
Mikromarketing
— korxonalar va tashkilotlar faoliyatini marketing tamoyillariga asoslangan 
boshqarish tizimi. Makromarketing davlat organlarining bozor sohasida iqtisodiy dastaklar va 
stimullar tizimi (kredit, soliq, investitsiya, shuningdek, siyosat)dan foydalanadigan faoliyatini, 
shuningdek, tijorat tashkilotlari faoliyatini o‘z ichiga oladi. 
Makromarketing 
— davlat va uning hududi miqyosida amalga oshiriladigan marketing. Marketing 
faoliyati va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar makromarketing predmeti bo‘lib, hisoblanadi. 
Markani maksimal tanishtirish
konsepsiya; kompaniya, brend, mahsulotlar, xizmatlar va 
siyosiy qarashlarni olg‘a harakatlantirishga oid marketing tadbirlarining maksimal miqdori. 
Marketing bo‘yicha direktor-(marketing direktor) 
— kompaniya (firma, korxona) tuzilmasida 
reklama, mahsulot o‘tkazish va sotishni rag‘batlantirish, tadqiqotlar va marketing majmuasi, boshqa 
elementlarini qo‘shgan holda butun marketing faoliyatiga rahbarlik qiluvchi kishi. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin