1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə193/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   206
M.A.

Marketing tadbirlari 
— kompaniya marketing operatsiyalari yoki alohida marketing tadbirida 
ishga solingan mehnat, moliya va materiallar resurslari. 
Marketing tadbirlari dasturi 
marketing to‘rt «p» harfida xulosalanadi. — odatda marketing 
operatsiyalarini rejalashtirayotganda foydalaniladigan buyumlar, texnologiyalar va ommaviy 
axborot vositalari yig‘indisi. 
Marketing tadqiqotlari 
— mahsulot va xizmatlarni ayirboshlash va ishlab chiqaruvchining sotish 
bilan bog‘liq bo‘lgan barcha ma’lumotlari hamda muammolarining maqsadli guruhi tahlili

Ichki marketing axborot tizimi
— firma (kompaniya) ichidagi doimiy harakatdagi mablag‘lar, 
resurslar, ularning ishlatilishi to‘g‘risida va umuman hisobotlardan iborat. 
Marketing axborotlarini to‘plash usullari:
Kabinet axborot to‘plash usuli
bilan boshqa maqsadlarda: davlat statistikasi, soliq idoralari, tijorat 
banklariga oid va boshqa talab etiladigan maxsus hisobotlardan hamda matbuotda e’lon qilingan 
maqolalar, nashr etilgan adabiyotlardagi va internet orqali berilgan reklama vositalaridagi axborotlar 
yig‘iladi; 
Dala usuli 
bilan axborot yig‘ishda birlamchi ma’lumotlar to‘g‘ridan to‘g‘ri bozordan, korxonada, 
maxsus tanlangan joylarda 
so‘rov, eksperimentlar 
va 
kuzatishlar 
orqali to‘planadi; 
Kabinet va dala usuli aralashmasi
:
 
kabinet usulida ikkilamchi va mavjud axborotlar yig‘iladi, 
dala 
tadqiqotlari 
orqali esa yangidan ma’lumotlar yig‘iladi. Dala usuli bilan axborotlar, yuqorida 
aytilganidek, kuzatuv, eksperiment va so‘rov yo‘llari bilan yangidan yig‘iladi. 
Kuzatuv
— birlamchi axborotlarni doimiy ro‘yxatga olish, ya’ni jarayon, voqea, harakatlar sezish 
organlari orqali ko‘rib yozib boriladi. 
Eksperiment
— birlamchi axborotlar sodir bo‘layotgan jarayonlarda tadqiqotchining faol qatnashishi 
orqali to‘planadigan metod. Eksperiment amaliyot shakli bo‘lib, haqiqiy holatni ifodalashi tufayli 
marketing qarorlarini asoslashga me’yyor — andoza bo‘ladi, shuning uchun ham ko‘proq ilmiy 
tadqiqotlar jarayonida o‘tkaziladi. 
So‘rov
— biror obyektga va undagi jarayonga oid kishilarning fikrmulohazasi, tafakkuri, 


dunyoqarashini bilish uchun maxsus anketada oldindan tayyorlangan savol-javob (test) shaklida 
o‘tkaziladi. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin