1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə196/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   206
M.A.

Pablisiti vositalari (publicity tools) — 
kompaniya, g‘oyalar, tovar yoki xizmatlarni noshaxsiy 
tanishtirish va taqdim etishni ta’minlovchi vositalar. Masalan, press-relizlar, matbuot anjumanlari, 
maxsus reklama ana shular sirasiga kiradi. 
Partsell
— tovar partiyasi; yukning kichik partiyasi. 
Pozitsiyalash — 
xaridorlar ongida kompaniya imijini va tovar obrazini yaratish 
Promoushn (promotion) — 
talabni oshirish, mahsulot o‘tkazilishi va sotilishini ko‘paytirish, 
mahsulotni realizatsiya qilish uchun bozor makonini yanada kengaytirish maqsadlarida reklama, 
press-relizlar, shaxsan sotish, sotishni rag‘batlantirish va tovar yoki xizmatni ishlab chiqaruvchilar, 
sotuvchilar tomonidan qo‘llanadigan boshqa marketing kommunikatsiyalari vositasida amalga 
oshiriladigan turli marketing choratadbirlari, sa’y-harakatlari yig‘indisi. 
Promo-sayt (promo-site) 
— qandaydir reklama kampaniyasi uchun maxsus yaratilgan yoki ma’lum 
bir tovar yoxud kompaniyaga bag‘ishlangan sayt. 
Psixografika
— psixologiya va demografik statistikani birlashtiruvchi termin. Keng jamoatchilik 
alohida namoyandalari va guruhlari turmush tarzi va xulq-atvorini tadqiq, tahlil qilish, baholash 
texnologiyalarini tariflash uchun foydalaniladi. 
Qarama-qarshi savdo (ingl. reciprocal trade) 
— savdo operatsiyasi bo‘lib, uning shartlari 
sotuvchilarning xaridorlardan tovarlarni yetkazib berilayotgan tovarlar qiymatining bir qismi yoki 
to‘liq miqdorida sotib olishdek qarama-qarshi majburiyatlarini nazarda tutadi. 


Qarshi ta’sir qiluvchi marketing 
— irratsional (aql bovar qilmaydigan talab: spirtli ichimliklar, 
tamaki mahsulotlari, dori-darmonlar va shu kabilarga) talab vujudga kelganda qo‘llanadigan 
marketing turi. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin