Raqobat muhiti – mustaqil sotuvchilar o‘zining tovarini mustaqil xaridorlarga sotish uchun harakat
qiladigan bozor. O‘ziga hos xarakteristik xususiyatlari bilan farq qiluvchi yetakchi xarakteristikani
yetakchi iste’molchilik darajasiga ega iste’molchilar bozorini qismlarga ajratish jarayoni.
Reklama agenti (ingl. publicist) — reklama agentligini taqdim etuvchi, uning nomidan ishlarni
yurituvchi hamda zarur kampaniya va kishilar bilan aloqalarni amalga oshiruvchi shaxs.
Reklama agentligi (ingl. advertising agency) — o‘z mijozlari uchun reklama kampaniyalari
tadqiqoti, rejalashtirish, tayyorlash va reklama materiallarini joylashtirish bilan shug‘ullanuvchi
ixtisoslashgan tashkilot.
Reklama tadqiqotlari -
(ingl. advertising research) quyidagilardan tarkib topgan, jumladan,
reklama kampaniyasi o‘tkazishgacha bo‘lgan tadqiqotlar; konsepsiya ustida izlanishlar; reklama
materialini testlashtirish; OAV sohasidagi tadqiqotlar; motivatsiya sohasidagi tadqiqotlar,
motivatsiya tahlili; reklama kampaniyasi o‘tkazilgandan keyingi tadqiqotlar; reklama kampaniyasi
samaralarini o‘rganish.
Remarketing (ingl. remarketing) — mahsulot haddan tashqari ko‘payishi oqibatida unga bo‘lgan
talab pasaygan davrda qo‘llanadigan marketing turi. Remarketing faoliyatining asosiy vazifasi —
bozorda talabni qondirishning yangi imkoniyatlarini izlab topishdan iborat, buning uchun tovarga
bozor yangiliklarini singdirish, firma faoliyatini yangi bozor sharoitiga muvofiq qayta ko‘rib chiqish
va hokazolarni amalga oshirish talab qilinadi.
Savdo baryeri — mamlakatlar o‘rtasida, odatda, tariflar, kvotalar yoki valuta nazorati ko‘rinishida
amalga oshiriladigan tovarlar va xizmatlar erkin ayirboshlanishini sun’iy ravishda cheklash.
Savdo belgisi — yuridik yoki jismoniy shaxslarning mahsulotlari yoki xizmatlarini
individuallashtirish (boshqalardan farqlash) uchun xizmat qiladigan alohida belgi, so‘z, ism, ibora,
tasvir, raqamlar, harflar, tovush yoki aralash shaklda bo‘lishi mumkin. Intellektual mulkning bir turi.
Savdo menejeri (ingl. sales manager) — mahsulot o‘tkazish va sotish bo‘limi va uning alohida
tovar yoki guruhi bilan ish ko‘rishi uchun mas’ul bo‘lgan rahbar. Kompaniya direktoriga hisobot
berish, savdo va marketing bo‘yicha direktorga hisobot berish, sotuvchilar to‘g‘risidagi yozma
hisobotlarni ko‘rib chiqish, shuningdek, ko‘pincha savdo va rahbar personalini ishga qabul qilish va
ishdan bo‘shatish tijorat direktori vakolatlari sirasiga kiradi.