•
Marketing faoliyati vazifalari samarasini baholash.
•
Firma mahsulotlari va xizmatlarini ekologik sof va ijtimoiy-etik normalarga mos kelishini
ta’minlash.
Marketing faoliyati funksiyalarining keng qamrovligi va ulardan qaysi vaqtda foydalanish kerakligi
juda ko‘p omillarga bog‘liq. Jumladan, mahsulot ishlab chiqarish hajmi, ishchilar soni, asosiy
fondlar tarkibi, tashkiliy boshqaruv strukturasining takomillashganligi, moliyaviy ta’minlanganlik
va hokazo. Amaliyotda marketing faoliyatining funksiyalari ko‘p omillarga bog‘liq bo‘lib, firmaning
konkret davr ichidagi texnik – iqtisodiy ko‘rsatkichlariga qarab u yoki bu vazifani bajarish maqsad
qilib qo‘yiladi. Korxona marketing xizmatida ko‘proq quyidagi funksiyalar bajariladi: 1-marketingni
tashkil qilinganlik darajasini baholash; 2-marketingni rejalashtirish; 3-marketingni tashkil qilish; 4-
sotuv; 5- reklama; 6-yangi tovarni ishlab chiqish.
Hozirgi sharoitda marketing funksiyasi tobora kengayib, uning integrallashgan, ya’ni firmaning
barcha bo‘limlari bilan muvofiqlashgan funksiyasi shakllanmoqda. Buning tub ma’nosi shundan
iboratki, firmadagi barcha funksiyalar asosiy maqsadga erishish uchun yo‘naltirilgan va bir — biri
bilan chambarchas bog‘liq bo‘lishi kerak. Marketingning integrallashgan funksiyasi firma barcha
bo‘limlari funksiyalari bilan muvofiqlashgan va firmaning samaradorligini ta’minlashga
yo‘naltirilgandir.
Dostları ilə paylaş: