1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo


Bozor faoliyati strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish bo‘yicha marketingning vazifalari



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   206
M.A.

2.3. Bozor faoliyati strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish bo‘yicha marketingning vazifalari 
Firmaning maqsadiga mos ravishda turli marketing konsepsiyalari ishlab chiqiladi. Istiqboldagi 
rivojlanish strategiyasi belgilanadi. Korxonaning tashkiliy strukturasi mukammallashtiriladi. 
Tovarni samarali sotish kanallari aniqlanadi va tanlanadi. Korxonaning atrof-muhit bilan bog‘liq 
bo‘lgan vazifalariga quyidagilar kiradi: ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulotlari bilan iste’molchiga zarar 
yetkazmasligi, atrof-muhitni ifloslantirmasligi, ekologik sharoitga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi shart. 
Yuqorida sanab o‘tilgan vazifalar bilan birga marketing axborot bazasini shakllantirish, ulardan 
to‘g‘ri foydalanish va maqsadga erishish muhim hisoblanadi. 
Shunday qilib, marketingning bosh vazifasi firmaning potensial imkoniyatlarini miqdoriy jihatdan 
to‘g‘ri baholab bozordagi talabga taklifni moslashtirishga harakat qilishdir. Bozor faoliyati 
strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish bo‘yicha marketingning uchta o‘zaro bog‘liq vazifalari 
mavjud (1986-y. Meffert tomonidan tavsiya qilingan): 

Bozor bilan bog‘liq bo‘lgan talabni tartibga solish vazifalari. 



Firma va korxona faoliyatiga bog‘liq vazifa. 

Tashqi muhit va ijtimoiy tashkilotlar bilan bog‘liq vazifalari. 
Marketing vazifalari ma’lum ketma-ketlikda firmaning maqsadlariga muvofiq ravishda shakllanadi. 
2.3 - jadval Bozor maqsadlariga tegishli marketing vazifalari 
TALAB KONYUNKTURASI 
MARKETINGNING VAZIFALARI 
To‘liq talab 
Talabni bir me’yorda qondirish 
Tushayotgan talab 
Talabni shakllantirish 
Yashirin talab 
Talabni rivojlantirish 
To‘xtayotgan talab 
Talabni jonlantirish 
Tebranuvchi talab 
Talabni sinxronlashtirish 
Haddan ortiq talab 
Talabni tartibga solish 
Marketingni boshqarish jarayonidagi asosiy tadbirlar: 1. MTmarketing tadqiqoti; 2. S-segmentlash, 
MST-maqsadli segmentni tanlash; 3. TS-tovar siyosati; 4. NS-narx siyosati; 5. SS-sotish(savdo) 
siyosati; 6. KS- kommunikatsion siyosat; 7. Nazorat (N), ya’ni teskari aloqa vositasida natijalarni 
baholash; 8. Marketing strategiyasi va taktikasini qayta ko‘rib chiqish va yaxshilash. 
Marketing faoliyati natijasida turli qarorlar qabul qilishga to‘g‘ri keladi. Alternativ yechimlar yoki 
qarorlar va ular yechimining ko‘pligi eng maqbul, optimal, ya’ni samarali yechimni qabul qilishni 
talab etadi. 
Marketing faoliyati jarayonida iste’molchi, ishlab chiqaruvchi, ta’minotchi, buyurtmachi va shunga 
o‘xshash marketingning muloqot auditoriyasidagi obyektlar bilan o‘zaro ta’sir va aks ta’sirda 
bo‘lgani sababli u yoki bu masala bo‘yicha qarorlar qabul qilish juda ko‘p tashqi omillarga bog‘liq 
bo‘ladi. Shuning uchun marketingda qaror qabul qilish murakkab boshqaruv qarorlarini qabul qilish 
bilan tengdir. 


Marketing qarorlarini qabul qilishning murakkabligi quyidagilar bilan izohlanadi. 

Tadbirkorlik sohasida qabul qilingan bir qarorning turli firmalar uchun turli natijalar berishi. 

Marketing tizimining ko‘p qirrali ekanligi uchun turli mezonlarni qabul qilish va 
optimallashtirish juda murakkab. 

Biror qaror qabul qilish uchun turli rahbarlarni, mas’ul xodimlarni, turli korxona va xizmat 
ko‘rsatish strukturalarini va boshqaruv organlarini jalb etish zarur. 

Qaror ishlab chiqish va uni qabul qilish qisqa vaqt ichida bajarilishi zarur. 

Qabul qilingan qarorlar natijalari albatta tez ko‘zga ko‘rinmaydi, buning uchun ma’lum vaqt 
kerak bo‘ladi. 
2.4 - jadval Marketing-menejmentda muammoni hal qilish jarayoni 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin