1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   206
M.A.

Jarayon 
bosqichlari 
Jarayon obyektlari 
Misollar namunalar 
Situatsion tahlil; imkoniyatlar, xavf-
xatarlar, tashqi muhit 
Ish vaqti, ekologiya 
Rejalashtirish 
Kuchli-kuchsiz tomonlar 
Marketing, personal 
Maqsadlar, talab etilgan holat 
Xarajatlarni yopishga, bozor 
ulushi, tovar aylanmasi 
Qarorlar 
Strategiyalar: imkoniyatlarga 
yo‘naltirilganlik 
Kooperatsiya, liderlik narxnavoda 
Amalga oshirish 
Bajarish vositalari: o‘tkazish, 
muvofiqlashtirish, optimallashtirish 
Marketing-miks budjet, reklama, 
rejasi 
Nazorat 
Natijalar: samarali yondashilgan, 
egiluvchan. 
Rivojlanish vaqti xodimlarning 
qoniqarligi. Shaxsiy kapitalning 
o‘sishi 
Marketing funksiyalari evolyutsiyasi marketing bo‘yicha quyidagi mutaxassislarning zarurligini 
amaliyotda shakllantirdi. Taraqqiy etgan davlatlarda marketing sohasi bo‘yicha keng tarqalgan 10 ga 


yaqin mutaxassisliklar turli firma va kompaniyalarda yuqori ish haqi olib faoliyat ko‘rsatadilar. 
Bular reklama va omma bilan aloqalar bo‘yicha direktor – 500 - 4700 AQSh dollari, marketing 
bo‘yicha direktor -10005300, marketolog – 800-1500, brend – menejer – 800-3000, reklama 
bo‘yicha menejer – 800-2000, omma bilan aloqalar - PR – 800-3000, media-planer – 700-2000, 
kreativ direktor – 1600-4000, media – bayer – 800-2000, kopirayter – 700-1500AQSh dollarida 
maosh olishi mumkin. 
Marketingni boshqarish 
talabni boshqaruv jarayonida muam- 
molarni hal etish, marketing faoliyatining samarali tadbirlarini o‘tkazish orqali ma’lum siyosatni 
olib borish, vaziyatli tahlil, maqsadlarni aniqlash, strategiyani ishlab chiqish, tartibga solish 
vositalarini tanlash, natijalarni nazorat va tahlil qilishdan iboratdir. Marketingni boshqarishning 
asosiy mazmuni bu qarshi talab, talabning yo‘qligi, yashirin talab, pasayuvchi talab, doimy 
bo‘lmagan talab, to‘liq talab, ortiqcha talab, ratsional bo‘lmagan kabi talablarni boshqarish 
demakdir. 
Marketing-menejment konsepsiyasi tadbirkorlik faoliyatining asosiy g‘oyalar tizimi, 
instrumentariysi (yo‘llanmasi, vositalari), atrof-muhit tahlili va undan kelib chiqqan holda 
strategiyani ishlab chiqish, amalga oshirish va nazoratdir. Marketingni boshqarish konsepsiyasining 
asosiy elementlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: 
-Tadbirkorlik, atrof-muhit, madaniyat, siyosat, bozorlar, tarmoqlar, raqobatchilar. 
-Siyosatning shakllanishi (konsepsiya, model, maqsadlar, strategiyalar). 
-Siyosatni amalga oshirish (rejalar, budjet, marketing tadbirlari). 
-Siyosat nazorati (natijalar tahlili, obyektiv va subyektiv o‘zgarishlarni tahlil qilish va baholash). 
Har qanday korxona yoki firmaning tarkibiy boshqaruv strukturasi uning faoliyat yo‘nalishini, 
ixtisoslashuvini, qo‘yilgan maqsadlarga olib borish yo‘lini belgilashda muhim ahamiyatga ega. 
Struktura ish joylarini va lavozimlarni belgilaydi. Firma o‘z ishlab chiqarish rejasi, mahsulot turi, 
qadoqlanishi, sotishni tashkil etishva sotuvdan keyingi xizmat kabi faoliyatiga qarab strukturasini 
tuzadi. Optimal tuzilgan, tizimga solingan struktura ko‘p jihatdan samaralifaoliyat garovidir. 
Funksional struktura har bir boshqaruv pog‘onasida ma’lum vazifalarni bajarishni, bo‘limlar va 
boshqaruvbosqichlarida muvofiqlikni talabetadi. 
Tadbirkorlik sohasida marketing – menejment talab va taklif o‘rtasida yuzaga keladigan vaziyatlarni 
tartibga soluvchi mexanizm sifatida namoyon bo‘ladi. Iste’molchilar xulq – atvorini tahlil qilish 
natijasida faoliyatni tartibga solish, talabni boshqarish, yangi talab turlarini shakllantirish, o‘zgarib 
turuvchi konyunkturaga ta’sir ko‘rsatish marketing –menejmentning vazifasidir. 
Marketing-menejment samarasi faoliyatning iste’molchiga va bozorga yo‘naltirilganligi bilan 
belgilanib, marketing rejasida to‘g‘ri strategiya va taktika qo‘llanilishiga bog‘liq. 
Istiqbolni belgilash bosqichida yuqoridagi tahlil materiallari asos bo‘ladi. Xaridorlar va 
raqobatchilar xatti-harakatidagi tendensiyalar aniqlanib, yangi bozorlar, sotuv kanallari tanlanadi. 
Bo‘sh bozor segmentlarida faoliyat yuritish uchun yangi faoliyat turi bilan shug‘ullanish ham 
raqobat afzalligini qo‘lga kiritishning samarali yo‘lidir. 


Strategik marketing bosqichida uzoq muddatga mo‘ljallangan rejalar asoslanadi. Iste’molchilar va 
bozor segmentlarini to‘g‘ri tanlash, bo‘sh bozor tokchasida o‘z ulishini shakllantirish firmaning 
uzoq vaqt mustahkam bozorni egallashiga yordam beradi. Firma o‘z raqobatchilari va savdo 
agentlari, tashkilotlari bilan samarali munosabatlarni shakllantirib, biz nimaga erishmoqchimiz, 
savoliga javob berishi kerak. Bu davrda tegishli marketing tadbirlari ishlab chiqariladi va amalga 
oshiriladi. Marketing – miksning elementlaridan qaysi biriga e’tibor kuchaytirilishi kerakligi 
aniqlanadi. 
Strategiya va marketing – miksni amalga oshirish bosqichida uning natijalari samarasi tahlil qilinib, 
nazorat va baholash ishlari olib boriladi. Firma o‘z maqsadiga erishdimi, talab va taklif o‘rtasidagi 
farqni qanday qilib tartibga solish, muvofiqlashtirish kerak, deb fikr – mulohazalar va konkret 
qarorlar qabul qilinadi. 
F.Kotlerning fikricha, marketing-menejment jarayoni quyidagilardan iborat. 
-Bozor imkoniyatlari tahlili. 
-Maqsadli bozor segmentlarini tanlash. 
-Marketing kompleksini ishlab chiqish. 
-Marketing tadbirlarini amalga joriy etish. 
Marketing-menejmentda boshqaruv qarorlari quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lishi mumkin: 
Tahlil.
Tahlil bosqichida marketing elementlarining strategik va taktik muammolari tahlil qilinadi, 
bularga atrof – muhit, xaridorlar, raqobatchilar, savdo jarayoni kiradi. Tahlil natijasida firmaning 
mavjud sharoitda raqobatchilarga nisbatan kuchli va kuchsiz tomonlari tadqiq qilinadi va keyingi 
faoliyat yo‘nalishlariga o‘zgartirishlar kiritilishi, yoki taktik tadbirlar o‘tkazilishi va mavjud 
strategiyaga aniq o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Bularga: 

Marketing konsepsiyasi va axborot tizimini, benchmarking, marketing qarorlarini qo‘llab – 
quvvatlash, marketing tadqiqotlari holati tahlili. 

Marketing tashqi muhiti – makro va mikro muhit omillari tahlili. 

Iste’mol bozorlari va xaridorlar xulqi — xarid qilish modeli, sotib olish haqida qaror qabul 
qilish, xaridorlar xulqiga ta’sir etuvchi omillar tahlili. 

Korxonalar va tashkilotlar bozori tahlili, davlat korxonalari bozori tahlili (maktablar, 
kasalxonalar, bog‘chalar, ta’lim muassasalari va boshqalar). 

Raqobatchilarni aniqlash, ularning soni, bozordagi ulushi, potensial imkoniyatlari, ular 
strategiyasi, kuchli va kuchsiz tomonlari, ular bilan o‘zaro ta’sir munosabatlari, 
iste’molchilarga va raqobatchilarga yo‘naltirilgan strategiya tahlili. 



Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin