tadbirlar orqali bu tovarlarga nisbatan salbiy talab shakllantiriladi.Yuqoridagi marketing turlarini
vaziyatga qarab to‘g‘ri tanlash va qo‘llash marketing faoliyatining samarasini belgilaydi.
Nazorat uchun savollar
1.
Marketingning maqsadi nima?
2.
Marketing funksiyalari va tamoyillarini tushuntiring.
3.
Talab holatiga qarab marketing turlarini sanab bering.
4.
Konversion marketing va remarketing haqida tushuncha bering.
5.
Demarketing qanday talab darajasida va sinxromarketing tadbirlari qanday
talab darajasida
qo‘llaniladi ?
6.
«Salbiy talab»ga qarshilik ko‘rsatuvchi marketing turi qanday ataladi?
III. bob. MARKETING FAOLIYATINI AXBOROT
BILAN TA’MINLASH
3.1. Axborot – marketingning poydevoridir. Axborot tizimi
Bozor nima,
uning turlari, bozor mexanizmi qanday amal qiladi, talab, taklif nima,
bozor
muvozanati qay tarzda o‘rnatiladi – bu savollarga marketing nuqtayi nazaridan murojaat qilamiz.
Marketing bo‘yicha mutaxassislar axborot bu bozorga zarurat va talablari umumiy bo‘lgan, ularni
qondirish maqsadida ayirboshlashga tayyor mavjud va bo‘lajak xaridorlar to‘plami, deb tarif
berishadi.
Xaridorlarga ishlab chiqarish (tarmoq) vakillari o‘z tovarlarini ko‘proq foyda
keltiradigan shartlarda
sotishni maqsad qilib qo‘ygan birbirlari bilan raqobatlashuvchi sotuvchilar to‘plami qarama-qarshi
turadi. Sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasidagi munosabatlar quyidagi sxema bo‘yicha amalga
oshiriladi:
3.1-rasm. Bozor va ishlab chiqarishning o‘zaro munosabati
Marketing sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasida axborot almashinuviga, to‘g‘ri va teskari aloqalardan
foydalanishga asoslanadi.
Dostları ilə paylaş: