ataylab soddalashtirish tendensiyasi kuzatilmoqda, ya’ni cheklangan funksiyalarga ega bo‘lgan
tovarlar ishlab chiqarilmoqda. Bunday tovarlar standartlashtirish darajasi yuqori bo‘lganligi tufayli
ishlab chiqaruvchilarga ko‘proq daromad keltirmoqda. Shunday qilib, «kontrsegmentatsiya» -
«narxdan qoniqishi»
mezoniga asoslangan segmentlashdir.
Segmentatsiya va differensiatsiya tushunchalarini adashtirib yubormaslik kerak.
Differensiatsiya -
bu ikki xil darajadagi xilma-xil tovarlarga tayanuvchi:
a.
bir xil turdagi tovarlar bo‘yicha raqobatchilar o‘rtasida;
b.
bir ishlab chiqaruvchining turli segmentlarga mo‘ljallangan
tovarlari o‘rtasidagi tafovutlarni anglatuvchi tushunchadir.
Differensiatsiya – tovarning jozibadorligini uning turli-tumanligi hisobiga yaxshilashga asoslangan.
Konseptual differensiatsiya tovar taklifini ikki xil darajada: bir turdagi tovar bo‘yicha raqobatchilar
o‘rtasida va bitta ishlab chiqaruvchining bozorning turli segmentlariga yo‘naltirilgan tovarlari
o‘rtasida tovar taklifining turli variantlarini ishlab chiqishdir (J.J.Lamben).
Agar iste’molchilar tovarlarni turlicha, deb o‘ylasalar, ya’ni o‘z
muammolarining yechimlarini
turlicha, deb tasavvur qilsalar, bu tovarlar differensiatsiyalangan bo‘ladi.
Differensiatsiya - tovarlarning xilma-xilligiga asoslangan bo‘lsa, segmentatsiya - bozorni tashkil
qiluvchi potensial xaridorlar ehtiyojlariga asoslangan. Iste’molchilar bir
jinsli emasliklari tufayli
firmalar o‘zlarining har bir segmentdagi takliflarini yangilashga majbur bo‘ladilar. Shunday qilib,
Dostları ilə paylaş: