Toshkent davlat iqtisodiyot universtiteti


Kassa asosida amalga oshiriluvchi valyuta bitimlari turlari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/58
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177530
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   58
ARM BAnk ishi darslik печатга

Kassa asosida amalga oshiriluvchi valyuta bitimlari turlari 
Tijorat banklari valyuta sotmoqchi yoki sotib olmoqchi bo‘lsa, 
bitimning nomini (TOD, TOM, SPOT), kursini, summasini ko‘rsatib 
ariza berishi lozim. 
Valyuta bozorining ishtirokchilari bo‘lgan banklar o‘z nomidan 
o‘zi uchun, yana o‘z nomidan lekin mijozlari uchun valyuta sotib 
olish yoki sotishi mumkin. Agar banklar o‘z hisobiga valyutani sotsa 
yoki sotib olsa, bu operatsiyalar ular yoki foyyda olish uchun, yoki 
o‘z likvidliligini ushlab turish uchun, yoki chet eldan bank uchun 
jihozlar sotib olish va boshqa maqsadlar uchun amalga oshiradi. 
«Spot» bitimlari bo‘yicha valyuta oluvchi bank tomonidan 
ko‘rsatilgan hisob varaqlarga yetkazib beriladi. Bitimda ko‘rsatilgan 


120 
kurs «spot» kurs deyiladi. Xuddi mana shu kurslar asosida valyuta 
bozoridagi muddatli kurslar ham, valyutani y etkazib berish bo‘yicha 
qisqaroq muddatli bir martalik bitimlar uchun kurslar ham aniqlanadi. 
«Spot» operatsiyalari yordamida banklar o‘z mijozlarining chet 
el valyutasidagi ehtiyojlarini, kapitallarning harakatini, shuningdek 
bir valyutaning boshqa valyutaga oqib o ‘ tishini ta’minlaydi, 
arbitraj va spekulyativ operatsiyalarni amalga oshiradi. 
«Spot» operatsiyalari risk darajasi eng yuqori operatsiya 
hisoblanadi. 
Foyda olish uchun banklar arbitraj va chayqovchilik bitimlarini 
amalga oshirishlari mumkin. Arbitraj bitimlar turli valyuta bozorlarida 
mavjud bo‘lgan valyuta kurslari o‘rtasidagi farqlardan foyda olish 
maqsadida chet el valyutasini qayta sotish (sotib olish) bo‘yicha 
tuzilgan qarshi bitimdir. Agar valyuta bir valyuta bozoridan sotib 
olinsa va boshqa valyuta bozorida sotilsa – bu keng tarqalgan 
arbitraj deyiladi. Agar foyda vaqt o‘tishiga qarab kurslar o‘zgarishidan 
yuzaga keladigan bo‘lsa bu vaqtinchalik arbitraj deyiladi. 
Valyuta opsioni – bu sotuvchi va xaridorning shunday bitimki, u 
xaridorga biror valyutaning bozor narxlaridan qat’iy nazar belgilangan 
miqdorini oldindan belgilangan vaqtda va kursda yetkazib berish 
bo‘yicha huquq beradi. Sotuvchiga esa belgilangan valyutani oldindan 
belgilangan vaqtda va kursda sotish majburiyatini beradi. 
Valyuta opsioni shunday instrumentki, u ham spekulyasiya ham 
xedjirlash vositasi sifatida qo‘llanilishi mumkin. 
Opsionlar birjadan tashqari bozorda va birjadagi bozorda ham keng 
ko‘lamda qo‘llaniladi. Valyuta opsionlarining katta qismi, jumladan 81 
% birjadan tashqari bozorda amalga oshiriladi.
47
Valyuta opsionida 
fyuchers savdosida qatnashmaydigan ekzotik valyutalar uchun ham 
bitimlar tuzish mumkinligi uning ahamiyatini oshiradi. Valyuta 
opsioning muddati turli muddatlarda tuzish mumkinligi bilan ajralib 
turadi uni bir necha soatdan tortib bir necha yillargacha tuzishingiz 
mumkin, ammo asosan muddatlar sifatida to‘liq muddatlar masalan bir 
hafta, bir oy, ikki oy va h.klar olinishi mumkin. 
Quyidagi yetti omil opsion narxini shakllantiradi: 
1.
Valyuta kursi. 
2.
Strayk baho (realizatsiya bahosi). 
3.
Valyuta kursining volatillik darajasi. 


121 
4.
Amalga oshirilish muddati. 
5.
Foiz stavkalaridagi farqlar. 
6.
Bitim turi (koll yoki put). 
7.
Opsionning modeli – amerika yoki yevropa opsioni. 
Ushbu yetti omildan valyuta kursi asosiy omil sanaladi. Aynan 
valyuta kursiga qarab opsion narxi o‘zgaradi. Opsion narxini 
o‘zgarishini va uni shakllantirishda quyidagi indekslardan 
foydalaniladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin