146
kapitalining 15% dan oshmasligi kerak;
3.
Bankning oldi – sotdi uchun nodavlat qimmatli qog‘ozlarga
qo‘yilmalari birinchi darajali bank regulyativ kapitalining 25 % dan
oshmasligi lozim;
4.
Banklar to‘g‘ridan – to‘g‘ri, bevosita va bilvosita korxonalar
(moliyaviy muassasalar va xususiylashtiriladigan korxonalardan
tashqari) ustav kapitalining 20 % dan ortiq qismiga ega bo‘lishi
mumkin emas.
Yuqorida keltirilgan banklar tomonidan qimmatli qog‘ozlarga
qo‘yilmalarni amalga oshirishlariga doir cheklovlar O‘zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligida 1998-yil 19-dekabrda ro‘yxatga
olingan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan
tasdiqlangan “Tijorat banklar tomonidan qimmatli qog‘ozlar bilan
o‘tkaziladigan operatsiyalariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi
Nizomda aniq belgilab qo‘yilgan. Mazkur Nizom talablariga
mamlakatimiz iqtisodiyotida olib borilayotgan
chuqur islohotlar
natijasida hukumat tomonidan qabul qilinayotgan qaror va farmonlar
bilan o‘zgartirishlar kirilgan.
Shuningdek, tijorat banklarining aksiyalari bo‘yicha jismoniy
shaxslarning dividend tarzida olgan daromadlari 2010-yilning
1-yanvariga qadar soliqqa tortishdan ozod qilingan edi. Bu o‘z
navbatida tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozorida ham
investor, ham emitent sifatida faol ishtirok etishiga va boshqa xizmat
turlarini (investitsiya vositachisi, invesitsiya
aktivlarini boshqaruvchi
va investitsiya maslahatchisi) taklif etishini rag‘batlantiradi.
Shuningdek, ushbu qarorga asosan, 2008-yilning 1-yanvaridan
boshlab 3 yil muddatga yuridik shaxslarning tijorat banklarining
depozitlariga va qarz qimmatli qog‘ozlariga 1 yildan ortiq muddatga
joylashtirishdan olingan foizli daromadlari soliqqa tortishdan ozod
etildi.
Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faol ishtirokini
shu bilan izohlash mumkinki, bugungi
kunda ular sarmoya miqdori
likvidlilik va barqarorlilik bo‘yicha yagona raqobatbardosh investorlar
hisoblanadi. Ular vositachilik faoliyatini olib borgan holda boshqa
iqtisodiy agentlarga nisbatan ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘ladi.
Banklarning yana bir ustunligi shundaki
,
ular iqtisodiy xatar,
bozordagi ahvolni malakali tahlil qilishi mumkin. Bozor iqtisodiyotiga
147
o‘tish moliyaviy resurslarning fond bozorida tijorat banklarining faol
ishtirokida taqsimlanishi va qayta taqsimlanishini ko‘zda tutadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati
to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq tijorat
banklarining qimmatoli
qog‘ozalar bozorida quyidagi operatsiyalarni amalga oshirishiga ruxsat
etilgan:
-
qimmatli qog‘ozlar (veksel, aksiya, obligatsiyalar, depozit
sertifikatlari va boshqalar) chiqarish;
-
qimmatli qog‘ozlarni sotib olish, sotish, saqlash ular bilan
boshqa operatsiyalarni amalga oshirish;
-
tovar yetkazib berish va xizmat ko‘rsatishdan kelib chiqadigan
talab huquqini olish, bundan talablarni inkassatsiya qilish;
-
mijozlar ishonib topshirgan operatsiyalarni: mablag‘larni jalb
etish
va joylashtirish, qimmatli qog‘ozlarni boshqarish va hokazo
ishlarni bajarish;
-
fond bozori ishtirokchilarga bu boradagi bank faoliyati
yuzasidan maslahatlar berish.
Bank siyosati bir yo‘la ko‘plab maqsadlarni ko‘zlagan holda
yuritiladi. Banklarning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi faoliyatdan
asosiy maqsadlari quyidagilardan iboratdir:
1.
Qimmatli qog‘ozlar chiqarish asosida an’anaviy kredit va
hisob-kitob faoliyati yuritish uchun qo‘shimcha
pul resurslari jalb
etish;
2.
Qimmatli qog‘ozlarga sarflangan o‘z investisiyalaridan bankka
to‘lanadigan foiz va dividendlar evaziga va qimmatli qog‘ozlarning
kurs qiymati oshishi tufayli foyda olish;
3.
Mijozlarga qimmatli qog‘ozlar operatsiyalariga doir xizmatlar
ko‘rsatishdan foyda olish;
4.
Erkin raqobat asosida bankning ta’sir sohasini kengaytirish
hamda korxona va tashkilotlarning kapitallarida qatnashish evaziga
yangi mijozlarni jalb etish;
5.
Tanqis resurslardan bahramand bo‘lish
huquqini beradigan va
bankniki bo‘ladigan qimmatli qog‘ozlar orqali shunday resurslardan
foydalanish;
6.
Bankning likvidlik mablag‘lariga qo‘yilmalarning daromad-
ligini ta’minlagan holda likvidlik zaruriy zaxirasini saqlab borish;
7.
Mijozlarning qimmatli qog‘ozlarni me’yorida olib sotishdan
148
hamda moliyaviy tavakkalchiliklarini qimmatli qog‘ozlar hosilalari
bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar orqali sug‘urta qilish.
Banklar moliya bozori, ya’ni qimmatli qog‘ozlar bozorida ishtirok
etish davrida fond birjalari bilan tengma-teng ravishda faoliyat olib
bormoqda. Va buni amalga oshirish
jarayonida bir qancha
operatsiyalarni amalga oshirib keladi. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tsak
bo‘ladiki, umuman olganda banklar quyidagi operatsiyalarni
amalga oshiradi buni esa quyidagi rasmlarda ko‘rishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: