Toshkent davlat iqtisodiyot universtiteti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/58
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177530
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58
ARM BAnk ishi darslik печатга

Agentlik xizmatlari
. Bunda bank muayyan muddatga tuzilgan 
shartnoma asosida prinsipal deb ataluvchi o‘z mijozi nomidan va 
uning topshirig‘i bo‘yicha harakat qiladi. Bu holda bank mulkni 
tasarruf etish huquqiga ega bo‘lmaydi; mulkni tasarruf etish huquqi 


152 
prinsipalning o‘zida qoladi, Vositachilik xizmatlari qimmatliklarni 
seyflarda saqlashdan iborat bo‘lib, bunda bank mijozning topshirig‘i 
bo‘yicha qimmatliklarni oladi, saqlaydi va beradi yoki seyflarni 
ijaraga beradi, Mijozning o‘zi bu seyflarda o‘z qimmatliklarini, shu 
jumladan, qimmatli qog‘ozlarini saqlaydi. Bank vositachilik 
xizmatlarini ko‘rsatib, mijozning aktivlarini saqlaydi: uning 
ko‘rsatmalariga asosan harakat qilib, aksiyalar bo‘yicha dividendlar, 
obligatsiyalar bo‘yicha foizlar olish, obligatsiyalarni to‘lash, 
qimmatli qog‘ozlarni almashtirish va h.k.ga doir operatsiyalarni 
bajaradi. Nihoyat, vositachilik xizmati ko‘rsatish doirasida prinsipal 
aktivlarini boshqarish amalga oshiriladi, bunda bank mijozning 
topshirig‘i bo‘yicha investitsiyalashni amalga oshiradi, mijoz 
nomidan shartnomalar tuzadi, qimmatli qog‘ozlarni beradi, ssudalar 
oladi, cheklar yozib beradi va imzolaydi, veksellarni indossatsiya 
qiladi, qimmatli qog‘ozlar portfelining holatini tahlil qiladi, mijoz 
portfelida mavjud bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar kurslarini kuzatib 
boradi, qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisini amalga oshiradi, ularning 
sug‘urtasini rasmiylashtiradi va h.k. 
Aksiyadorlar reestri (ro‘yxati)ni yuritish. Odatda, bunday xizmat 
ko‘p sonli aksiyadorlari bo‘lib, bank mijozlaridan hisoblangan 
aksiyadorlik jamiyatlari foydalanadi. Aksiyadorlarning reestrini 
yuritib, bank aksiyadorlik jamiyati qatnashchilarining tarkibi, unda 
kuchlarning joylashishi, aksiyalar harakati va h.k. to‘g‘risida 
axborot oladi. 
Veksel operatsiyalari – bank operatsiyalarining eng keng tarqal-
gan turidir. Ularga veksellar hisobini yuritish, veksellarni qayta 
hisoblash, vekselga ssuda berish, veksellarni inkasso qilish, 
veksellar domitsilyasiyasi, veksellarni avallash, veksellar aksepti, 
veksellar bilan amalga oshiriladigan forfeyting operatsiyalari kiradi. 
Veksellar hisobini yuritish. Veksellar hisobini yuritish – bu 
veksel egasi tomonidan vekselni bankka indossament bo‘yicha 
to‘lov muddati kelguniga qadar berish (sotish) va buning evaziga 
hisob yuritish foizi yoki diskont deb ataladigan muayyan foiz 
chiqarib tashlangan holda, veksel summasini olishdir. 
Forfeyting operatsiyalari
. Forfeyting – bu mol (tovarlarni) 
yetkazib berish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha talablar qo‘yish 


153 
huquqini olish, ushbu talabga doir operatsiyalarni bajarish va uni 
inkasso qilish xatarini qabul qilishdir. Forfeyting, odatda, 
eksportyordan importyor tomonidan akseptlangan tijorat veksellarini 
sotuvchiga qaytib kelmasdan sotib olish shaklidagi tashqi savdo 
operatsiyalarini kreditlashda qo‘llanadi. Banklarning qimmatli 
qog‘ozlar 
bilan 
operatsiyalari 
boshqa 
turdagi 
boshqa 
operatsiyalardan tashkil topishi mumkin. 
Bizga ma’lumki hozirgi vaqtga kelib banklar qimmatli qog‘ozlar 
bilan ishtiroki fond birjalarida yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda. 
Biz bu kabi o‘zgarishlarni quyidagi ma’lumotlar asosida ko‘rishimiz 
mumkin. 
Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi bank faoliyati rangbarangdir. 
Brokerlik faoliyati
– bu qimmatli qog‘ozlar bilan ishonchli shaxs 
yoki komissiya a’zosi sifatida bitim tuzish, topshiriq shartnomasi 
yoki komissiya asosida amalga oshadi. 
Dillerlik faoliyati – bu qimmatli qog‘ozlarni o‘zining hisobidan 
sotish – sotib olish bitimini amalga oshirish. 
Kliring faoliyati – bu faoliyat o‘zaro majburiyatlarni aniqlash 
bo‘yicha (yig‘im, sverka, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha bitim 
axboroti korrektirovkasi va bular bo‘yicha buxgalteriya hujjatlarini 
tayyorlash) va qimmatli qog‘ozlar taklifi bo‘yicha hisobotdir. 
Aksionerlik tijorat banki o‘zining shaxsiy qimmatli qog‘ozlarini 
ustav kapitalini oshirish yoki mablag‘larni o‘zlariga jalb qilish 
maqsadida chiqarishlari mumkin. 
Shu yo‘l bilan bank qimmatli qog‘ozlar bozoriga moliyaviy 
vositachi (broker), moliyaviy investor (diler) va qimmatli qog‘ozlar 
emitenti sifatida qatnashishi mumkin. 
REPO operatsiyasi – bu qimmatli qog‘ozlarni keyinchalik 
yuqoriroq bahoda sotish (sotib olish) majburiyati bilan sotib olish 
(sotish). 
REPO 
shartnomasining 
birinchi 
qismida sotuvchi 
kreditlanadi va ikkinchi qismida pul mablag‘lari egasiga ortig‘i bilan 
qaytariladi. Qimmatli qog‘ozlar egaligini huquqiy berish ma’lum 
vaqtga kreditni ta’minlangan qiladi va riskni kamaytiradi. 
Haqiqiy REPO va sotuv turidagi REPO qayta sotib olish bilan 
farqlanadi. Haqiqiy REPO faqatgina tomonlar o‘rtasida REPO 
bitimini tuzish to‘g‘risidagi bosh shartnoma bo‘lgandagina tuziladi. 


154 
Bunday shartnomada tomonlarning huquq va majburiyatlarini hamda 
ular o‘rtasidagi hisob-kitob qoidalari aniq ko‘rsatiladi. Haqiqiy 
REPOning foizli daromadlari sotish va qaytib sotib olish turidagi 
REPOnikidan yaqqol farq qiladi. 
Banklar mustaqil ravishda investitsiya va savdo portfelini 
shakllantirish tartibini o‘rnatadi shu bilan birga qimmatli qog‘ozni 
bir portfeldan ikkinchisiga o‘tkazishni ham. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin