140
Ushbu operatsiyadan maqsad:
birinchidan, aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini sotib olib,
ulardan keladigan divident orqali bankka daromad keltirish;
ikkinchidan, aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini arzonroq
narx bo‘yicha sotib olib, qimmatroq narxda sotish (spekulyativ
operatsiyalar);
uchinchidan, aksiyadorlik jamiyatlari nazorat paketini sotib olib,
ushbu aksiyadorlik jamiyati faoliyatini boshqarishda qatnashib, uning
moliyaviy ahvolini yanada tiklab maksimal jihatda foyda olish.
Tijorat banklarni qimmatli qog‘ozlar bilan passiv operatsiyalari
deganda, shunday operatsiyalar tushuniladiki, unda bank qimmatli
qog‘ozlarni muomalaga chiqarish va ularni sotish bilan bog‘liq
operatsiyalar, buning evaziga bankka pul mablag‘lari jalb qilish
tushuniladi.
Banklarning passiv operatsiyalariga quyidagilar kiradi:
•
Aksiyalarni emissiya qilish.
•
Depozit va jamg‘arma sertifikatlarini chiqarish.
•
Veksellarni joylashtirish.
•
Obligatsiyalarni chiqarish.
•
«Trast» operatsiyalarini bajarish va hokazolar.
Depozit va jamg‘arma sertifikatlarini sotishdan tushgan arzon pul
mablag‘ini bankdagi boshqa har xil yo‘nalishlarga joylashtiriladi va
naqd pul tushumi ko‘payadi, buning hisobiga emissiya miqdori
kamayadi. Bank o‘z operatsiyalarini aylangan muddatga o‘rnatilgan
qo‘shimcha foiz to‘lash yo‘li bilan va obligatsiyalarini diskont yo‘li
bilan, ya’ni nominal miqdoridan past miqdorda sotishi mumkin.
Fond birjasi va depozitariylar faoliyati bilan bank tizimining o‘zaro
hamkorlik darajasi.
Dostları ilə paylaş: