132
Listing va delisting.
Listing
– bu qimmatli qog‘ozlarni birjaga qo‘yish, ya’ni
joylashtirishdir. Qimmatli qog‘ozlar listingga qo‘yilgan bo‘lsa, birja
ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lsa, ularni savdoga qo‘yish mumkin.
Delisting
– bu qimmatbaho qog‘ozlarni birjaning yoki kompa-
niyaning o‘z qaroriga binoan ro‘yxatdan chiqarilishi, ya’ni listing
imtiyozlaridan to‘la mahrum bo‘lishidir.
Birjada qimmatli qog‘ozlar bilan oldi-sotdi operatsiyalarini faqat
vositachilar bajaradi. Ularga jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar,
investitsiya kompaniyalari, brokerlik firmalarning topshirig‘i bilan
brokerlar bitimlarni amalga oshirib qimmatli qog‘ozlarni sotib oladi
yoki o‘zinig hisobidan keyinchalik qayta sotish uchun xarid qiladi.
Fond birjasiga qimmatli qog‘ozlar olib kelinmaydi. Uning borligini
broker qo‘lidagi hujjatlar, sertifikatlar bilan tasdiqlashi zarur.
Birjada qimmatli qog‘ozlar to‘plarda savdoga qo‘yiladi. Birjada
faqat listingda qayd qilingan qimmatli qog‘ozlar sotiladi. Baho fond
birjasida talab va taklifdan kelib chiqqan holda ochiqdan ochiq
o‘rnatilib, birja tablosida e’lon qilib turiladi. Birjada uch tomon
qatnashadi. Bir tomonda birja, emitentlar va tadbirkorlar, ikkinchi
tomonda vositachilik haqi evaziga mijozlarning topshirig‘ini
bajaruvchi brokerlar va uchinchi tomon qimmatli qog‘ozlarga muhtoj
shaxslar. Har uchchala tomonning manfaatini birlashtiruvchi joy – bu
fond birjasidir.
Birja
kotirovkasi
–
bu
birjada
sotiladigan
qimmatli
qog‘ozlarning e’lon qilingan narxi.
Birja indekslari
– bu qimmatli qog‘ozlarning birjadagi
harakatini ifodalovchi ko‘rsatkich.
Professionallar fond bozorida faoliyat ko‘rsatish jarayonida turli
«o‘yinlarni» qo‘llaydilar.
«Ayiqlar» o‘yini
– daromad olish maqsadida qimmatli qog‘ozning
bozor narxini pasaytirishga qaratilgan jarayon. Professional ma’lum
qimmatli qog‘ozning bozor narxini pasayishini oldindan sezgan holda
uni ma’lum muddatga qarzga olib turadi. Qarzga olingan qimmatli
qog‘ozning narxi pasaymasdan payt poylab darrov sotib yuboriladi.
Qarz muddati yetib kelgan qimmatli qog‘ozning narxi pasayib
ketadi va shu pasaygan narx bo‘yicha «ayiq» qarzga olgan qimmatli
qog‘oz uchun o‘z qarzini to‘laydi.
133
Bunda, «ayiq»ning daromad qarzga olingan qimmatli qog‘ozni
sotish narxi va qarzni to‘lash vaqtida uning bahosi tafovuti ko‘rinishida
ifodalanadi.
«Buqa»
– qimmatli qog‘ozlarni naqd pulga sotib oladi va ularni
qimmatroq narxda sotish maqsadida bozor narxining ko‘tarilishini
poylab turadi.
Qimmatli qog‘ozlar bozorida bank faoliyatining umumiy asoslari
Rossiya Federatsiyasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi
qonunida aks ettirilgan. Rossiya banklarining bank operatsiyalarini
amalga oshirish to‘g‘risidagi litsenziyasi banklarga qimmatli
qog‘ozlarni chiqarish, sotish, sotib olish, hisobini yuritish, saqlash va
boshqa operatsiyalarni quyidagi turlarini amalga oshirish imkoniyatini
beradi:
to‘lov hujjati (veksel, chek) funksiyasini bajarish;
pul mablag‘larini jamg‘arma va bank schyotlariga jalb qilish
(depozit va jamg‘arma sertifikatlari)ni mo‘ljallamoq.
O‘zbekiston banklari Markaziy bankdan olingan bosh litsenziyaga
muvofiq, fond bozorida operatsiyalarni amalga oshirish huquqiga ega
bo‘ladi.
Bank maxsus litsenziya asosida federal qonunlarga muvofiq
ravishda qimmatli qog‘ozlar bozorida faoliyat yuritish huquqiga ega.
Bank qimmatli qog‘ozlar bozorida o‘z faoliyatini tashkil qilishi uchun
litsenziyani qo‘lga kiritish uchun o‘z shtatida har bir operatsiya turi
bo‘yicha (kamida) bitta FKSB tomonidan berilgan kvalifikatsiya
attestatiga ega bo‘lgan mutaxassis bo‘lishi shart.
Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi bank faoliyati rangbarangdir.
Brokerlik faoliyati
- bu qimmatli qog‘ozlar bilan ishonchli shaxs
yoki komissiya a’zosi sifatida bitim tuzish, topshiriq shartnomasi yoki
komissiya asosida amalga oshadi.
Dillerlik faoliyati
– bu qimmatli qog‘ozlarni o‘zining hisobidan
sotish – sotib olish bitimini amalga oshirish.
Depozitar faoliyati
– bu qimmatli qog‘ozlar sertifikatlarini saqlash
bo‘yicha xizmat ko‘rsatish yoki qimmatli qog‘oz huquqini o‘tkazish va
hisobini yuritish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish. Depozitariya xizmatidan
foydalanuvchi tomon deponent deyiladi. Deponent nomiga qimmatli
qog‘ozlar harakatining hisobini yurituvchi depo schyoti ochiladi.
Qimmatli qog‘ozlar bilan banklararo operatsiyalarni amalga oshirish
134
uchun banklar bir- birlarida depo («loro» va «nostro») schyotlari
ochiladi. Depozitar va mijoz o‘rtasida ochiq yoki yopiq saqlash
yo‘llari aks ettirilgan shartnoma tuzilgan bo‘lishi mumkin. Qimmatli
qog‘ozlarni ochiq saqlash usuli – bu qimmatli qog‘ozlarga egalik qilish
huquqini shunday registratsiya qilish yo‘liki, qaysiki, deponent
depozitariyga alohida nishonalarsiz (nomer, razryad, seriya) faqatgina
ma’lum miqdordagi qimmatli qog‘ozga topshiriq berishi mumkin.
Saqlashning yopiq usulida depozitariy depo schyotidagi mavjud aniq
qimmatli qog‘oz bo‘yicha deponentning barcha topshiriqlarini qabul
qilish va bajarishga majbur.
Ishonchli boshqaruv bo‘yicha faoliyat (trast) bankning o‘z nomidan
amalga oshiriladi va egaligi jihatidan boshqa shaxsga tegishli bo‘ladi,
ishonchli boshqaruvni quyidagilar bilan amalga oshirish mumkin:
qimmatli qog‘ozlar bilan;
pul mablag‘lari bilan (qimmatli qog‘ozga investitsiya qilish
uchun mo‘ljallangan bo‘lsa);
qimmatli qog‘ozlarni boshqarish jarayonida qo‘lga kiritilgan pul
mablag‘lari va qimmatli qog‘ozlar bilan.
Trast (agentlik) xizmatlari tijorat banklari bilan mijoz o‘rtasidagi
shartnoma asosida ko‘rsatiladi. qimmatli qog‘ozni saqlash uchun depo
schyoti ochiladi. Ko‘rsatilgan xizmat uchun bank komission haq
undiradi. Bank, shuningdek qimmatli qog‘ozlar bilan bajarilgan
operatsiyalar uchun to‘lovni o‘rnatadi. qimmatli qog‘ozlar portfelining
shakllanishi va uni boshqarish uchun ularga doimiy axborotlar oqimi
va ish analizi kerak bo‘ladi, hamma investor ham bu muammoni o‘zi
hal qila olmaydi. Mahsus trast bo‘limlariga ega bo‘lgan banklar
xavfsizlik, daromadlilik va likvidlilik talablariga javob beradigan
qimmatli qog‘ozlar portfelini shakllantirishga yordam beradilar.
Banklar qimmatli qog‘ozlarni birlamchi joylashtirish bo‘yicha ham
xizmatlar
ko‘rsatishi mumkin: aksiyalarni moliya bozoriga
joylashtirish (anderrayting), aksionerlar reestrlarini yuritish, yillik
foydani to‘lash.
Kliring faoliyati – bu faoliyat o‘zaro majburiyatlarni aniqlash
bo‘yicha (yig‘im, sverka, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha bitim axboroti
korrektirovkasi va bular bo‘yicha buxgalteriya hujjatlarini tayyorlash)
va qimmatli qog‘ozlar taklifi bo‘yicha hisobotdir.
Aksionerlik tijorat banki o‘zining shaxsiy qimmatli qog‘ozlarini
135
ustav kapitalini oshirish yoki mablag‘larni o‘zlariga jalb qilish
maqsadida chiqarishlari mumkin.
Shu yo‘l bilan bank qimmatli qog‘ozlar bozoriga moliyaviy
vositachi (broker), moliyaviy investor (diler) va qimmatli qog‘ozlar
emitenti sifatida qatnashishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |