Nazorat savollari:
1. Valyuta kursini barqarorlashtirishda davlat ham qatnashadimi?
2. Valyuta konvertatsiyasi nima uchun zarur?
3. Valyuta bo‘yicha sotuvchi va sotib oluvchi kurslar haqida
nimalar deya olasiz?
4. Valyuta operatsiyalari jarayonida qanday turdagi shartno-malar
tuziladi?
5. Valyuta arbitraji nima maqsadda o‘tkaziladi?
6. Banklarning valyutaviy holati deganda nimani tushunasiz?
7. Valyuta operatsiyalarini bajarish zarurati nimada?
8. Tijorat banklarining xalqaro hisob-kitob operatsiyalarida qanday
turdagi hisob shakllari qo‘llaniladi?
127
7-MAVZU. TIJORAT BANKLARINING QIMMATLI
QOG‘OZLAR BILAN OPERATSIYALARI
Qimmatli qog‘oz
– o‘zi bilan bog‘liq mulkiy huquqlarni aks ettira-
digan hujjatdir, u daromad manbayi bo‘lib xizmat qiladi, bozorda
muomalada yuritilishi va oldi-sotdi vositasi bo‘lishi mumkin. Jahon
amaliyotida qimmatli qog‘ozlarning har xil turlari ishlatilmoqda.
Qimmatli qog‘ozlar bozori kredit munosabatlari bilan birgalikda,
o‘z qiymatiga ega bo‘lgan, sotish, sotib olish va to‘lovini amalga
oshirish mumkin bo‘lgan maxsus hujjatlar (qimmatli qog‘ozlar)ga
egalik qilish bilan ham bevosita bog‘liq. Qimmatli qog‘ozlar o‘zida
mulkchilik huquqini mujassamlashtirgan bozorda erkin aylanadigan,
sotib olish- sotish va boshqa bitimlarning obyekti bo‘ladigan, doimiy
va bir martalik daromad olish manbayi bo‘lib xizmat qiladigan, pul
kapitalining bir ko‘rinishidagi hujjatdir. Qimmatli qog‘ozlar turli
subyektlar tomonidan chiqarilishi mumkin. Umumiy holda bu
emitentlar 5 guruhga bo‘linadi:
1.
hukumat;
2.
davlat korxonalari;
3.
xususiy sektor;
4.
Markaziy bank;
5.
chet el subyektlari.
Hamma qimmatli qog‘ozlarni davlat, xususiy yoki xalqaro
qimmatli qog‘ozlarga ajratish mumkin. Xususiy sektor tomonidan
chiqarilayotgan qimmatli qog‘ozlar tarkibiga turli ishlab chiqarish
korxonalari, tijorat banklari, investitsion banklar, investitsion fondlar
va boshqalarning qimmatli qog‘ozlari alohida o‘rin tutadi. Xalqaro
qimmatli qog‘ozlar ularning hisoblanadigan valyuta va emitentlari
bo‘yicha bo‘linadi.
Qimmatli qog‘ozlar muomalada bo‘lish hududiga ko‘ra regional
(mahalliy), milliy va xalqaro qimmatli qog‘ozlarga bo‘linadi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng 1993-
yil 2-sentyabrida Oliy Kengash tomonidan «qimmatli qog‘ozlar va
fond birjasi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun qimmatli
qog‘ozlar bozorini tashkil qilish bo‘yicha birinchi va asosiy hujjat
bo‘ldi. Keyinchallik bu qonunga 5 marotaba qo‘shimcha va
o‘zgartirishlar kiritildi (1994-yil 23-sentyabrida, 1995-yil 22-dekabri-
128
da, 1999-yil 26-aprelida, 30-avgustida, 27-dekabrida).
Bu qonunga asosan, O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi
turdagi qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi va muomalada bo‘lishi
mumkin:
1.
Aksiyalar.
2.
Obligatsiyalar.
3.
Xazina majburiyatlari.
4.
Depozit sertifikatlari.
5.
Veksellar.
6.
Qimmatli qog‘ozlar hosilalari, ya’ni opsion va fyucherslar
kiradi (1-sxemaga qarang).
Shu bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik
Kodeksining 96-moddasiga binoan qimmatli qog‘ozlar jumlasiga
quyidagilar kiradi:
1.
Chek.
2.
Depozit va jamg‘arma sertifikatlari.
3.
Bankning taqdim qiluvchiga pul beriladigan jamg‘arma
daftarchasi.
4.
Konosament.
5.
Obligatsiyalar.
6.
Veksellar.
Qimmatli qog‘ozlarning bu turlariga qisqacha ta’rif beramiz: aksiya
– bu qimmatli qog‘oz bo‘lib:
-
harakat muddati cheklanmagan;
-
huquqiy
yoki jismoniy shaxs tomonidan aksionerlik
jamiyatiga muayyan hissa qo‘shgan ulushini va mazkur jamiyat
mulkidagi ishtirokini guvohlovchi;
-
aksiya bo‘yicha divident ko‘rinishida foyda olish huquqini
beruvchi aksiyadorning shu jamiyat boshqarish ishiga qatnasha olishini
tasdiqlovchi yuridik hujjatdir.
Qimmatli qog‘ozlar jahonning katta bir boyligi hisoblanib, boshqa
boyliklarga nisbatan ham umumiy qiymati bo‘yicha, ham hajmi
bo‘yicha oldingi o‘rinlarga chiqmoqda.
Qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarib, pullarni bir necha o‘n
yillar yoki umuman muddatsiz foydalanishga olish mumkin. Bu
korxona va tashkilotlar uchun nihoyatda muhim ahamiyat kasb etib,
ularga ishlab chiqarish, hamda moddiy-texnika bazasini rivojlantirish
129
uchun bank ssudalaridan foydalanmasdan turib pul resurslarini jalb
qilish imkoniyatini beradi.
Chunki barqaror bo‘lmagan iqtisodiyot va pulning qadrsizlanishi
sharoitida bank qisqa muddatli kreditlarni berishni afzal ko‘radi.
Qimmatli qog‘ozlar aholi uchun ham juda katta ahamiyatga ega, ular
pullarni qo‘lda ushlab turmasdan, qimmatli qog‘oz olib, ularga egalik
qilish yo‘li bilan o‘z jamg‘armalari hisobiga daromad oladilar va
korxonalarni boshqarishda amalda ishtirok etadilar.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlari va aholi vaqtincha bo‘sh turgan
mablag‘larini omonatga qo‘yishdan ko‘ra qimmatli qog‘ozlarga
sarflashlari ma’lum afzalliklarga ega, masalan, sarflangan mablag‘lar
muddatidan ilgari foydalanish zarurati tug‘ilganda uni sotishi hamda
undan qulay va hech qanday sarf-xarajatsiz to‘lov vositasi yoki kredit
olish uchun garov sifatida foydalanishi mumkin.
Qimmatli qog‘ozlar bozori va uning ishtirokchilari.
Fond birjasi - qimmatli qog‘ozlar bilan oldi-sotdisi o‘tkaziladigan
joy.
Fond birjasidagi qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni shartli
ravishda 3 turga bo‘lish mumkin:
brokerlik operatsiyalari;
dillerlik operatsiyalari;
market-meykerlik.
Brokerlik operatsiyalari – mijozning topshirig‘iga asosan va
uning pul mablag‘lari evaziga amalga oshiriladigan operatsiyalar.
Dillerlik operatsiyalari – tashkilot o‘z nomidan va o‘z pul
mablag‘i evaziga amalga oshiriladigan operatsiyalar.
Market-meykerlik fond bozorida emitentlarga ko‘rsatiladigan
xizmat turi. Bu xizmatlarga quyidagilar kiradi:
sotib olish va sotish kotirovkalarini bir maromda ushlab turish;
aksiyalar likvidligini ushlab turish;
moliyaviy maslahatlar;
aksiyalarni emissiyaga va bozorga taklif qilishda boshqarish;
maqsadli sotib olish yo‘li bilan aksiyalarga sun’iy talabni tashkil
etish;
emitentning aksiyalarini sotib oladigan jiddiy investorlarini jalb
qilish.
Fond birjasining asosiy vazifalari:
130
•
qimmatli qog‘ozlarning bir maromda muomalada bo‘lishining
zarur sharoitini ta’minlash;
•
qimmatli qog‘ozlarga bo‘lgan talab va takliflar o‘rtasidagi
muvozanatni aks ettiruvchi narxlarni, ya’ni bozor bahosini belgilash;
•
qimmatli
qog‘ozlar
va
qimmatli
qog‘ozlar
bozori
qatnashchilarini kasb mahoratini yuqori darajada saqlab borish;
•
muntazam
ravishda
narx
aniqlanishiga,
indeksatsiya
o‘zgarishiga, savdo-sotiq vaqti, qimmatli qog‘ozlar, shartnomalarning
miqdoriga va boshqa ko‘rsatkichlarga doir axborotlarni, birjaning
holatini va uning rivojlanishiga doir taxminiy shartlarni e’lon qilish.
Hozirgi vaqtda, rasmiy statistik ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda 150
dan ortiq fond birjasi bo‘lib, ulardan o‘n ikkitasi eng yirik birja sifatida
xalqaro qimmatli qog‘ozlar bozorining asosini tashkil etadi.
48
Bularga
Nyu-York, London, Tokio, Frankfurt, Tayvan, Seul, Syurix, Parij,
Chikago, Kuala-Lumpur, Gonkong, Istambul fond birjalaridir.
Xalqaro fond birjalarining infratuzilmasida yuzaga kelgan muhim
o‘zgarishlardan biri birjalar o‘rtasida mijoz uchun raqobat kurashining
kuchayganligi hisoblanadi. Uning isboti sifatida bozorning professional
ishtirokchilari sonining tobora oshib borayotganligini ko‘rsatish
mumkin.
XX asrning 80-yillarida Angliya SEAQ International yuzaga
keladi.
Bu nafaqat ingliz korxonalarining aksiyalarini, balki ular bilan
birga, boshqa yevropalik emitentlar hamda amerikalik va yaponiyalik
emitentlar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni oldi-sotdi
qilish maqsadida tashkil etilgan dilerlik bozori hisoblanadi. Undan
keiyn Bryusselda yuqori texnologiyali kompaniyalarning aksiyalarini
oldi-sotdi qilish amalga oshiriladigan Yevropa savdo tizimi-ESDAQ
yuzaga keladi.
XX asrning 90-yillarida muqobil savdo tizimlari- |INSTINET va
TRADEPOINT yuzaga keladi. Bularning birinchisi litsenziyali broker-
diler bo‘lsa, ikkinchisi Angliyadagi litsenziyali investitsiya birjasi
hisoblanadi.
90-yillarning ikkinchi yarimida elektron kommunikatsiya tarmog‘i-
Elektronic communiction networks yuzaga keladi. Ushbu tizim
AQSHning an’anaviy birja xizmatlaridan qoniqmasdan, investitsiya
kompaniyalarining tashabbusi va ishtiroki bilan yuzaga keladi.
131
Xalqaro qimmatli qog‘ozlar bozorining yuqorida qayd etilgan
professional
ishtirokchilari
va
ularga
xizmat
ko‘rsatuvchi
kommunikatsiya tizimlarining rivojlanishi, provard natijada, ular
o‘rtasidagi raqobat muhitini keskinlashuviga olib keladi. Buning
natijasida ko‘satilayotgan xizmatlar uchun olinadigan to‘lovlarning
kamayishi yuz beradi. Ular mijozlarga an’anaviy birjalar yopilgandan
keyin ham savdo qilish imkoniyatini yaratadi, investitsiyalar uchun
turli xildagi instrumentlar foydalanishni taklif qiladi va kotirovkalarni
sir tutilishi kafolatlaydi.
2000-yilning boshiga kelib G‘arbiy Yevropadagi barcha yirik fond
birjalari to‘liq elektron birjalarga aylanadi. Bu esa, o‘z navbatida,
savdo ishtirokchilari sonini keskin oshirish, savdo chiqimlarini
kamaytirish imkonini beradi.
Bir qator mamlaktlarda fond birjalari o‘zlarining raqobat
pozitsiyalarini mustahkamlamoqda. Bu holat moliyaviy bozorlarning
xizmatlaridan foydalanuvchilar uchun bir necha xizmat turlarini bir
joyda markazlashtirayotganligida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Parij,
Amsterdam, Frankfurt, Xelsinki, Bryussel birjalari birlamchi va
ikkilamchi bozorlarni, hosila institumentlari bozorlarini, kliring va
hisob-kitoblarni birlashtiradi.
Xalqaro qimmatli qog‘ozlar bozorining infratuzilmasidagi ikkinchi
jiddiy
o‘zgarishlar birja ittifoqlarini tuzish jarayonlarining
boshlanganligi va tobora chuqurlashib borayotganligi hisoblanadi.
Birja ittifoqlarini tuzish yo‘lidagi dastlabki qadam 1997-yilda
Benilyuks birjasining tuzish orqali qo‘yildi. Ushbu birjani tuzish
to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi bir vaqtning o‘zida uchta
birjaga
kross-a’zolik
huquqini
ta’minladi. Hamkorlik hosila
instrumentlari bozorlariga (forvard, fyuchers, opsion bozorlari), kliring
va hisob-kitoblar jarayoniga ham tarqaldi.
Ayni vaqtda, AQSHning birjadan tashqari savdo tizimi NASDAQ
global ahamiyatiga ega bo‘lgan xalqaro qimmatli qog‘ozlar bozoriga
aylanib bormoqda. U amerika bozorida muvaffaqiyatli tarzda faoliyat
yuritish bilan birga, jahonning 10 ta yirik fond birjasidan biri sifatida
e’tirof etilmoqda.
NASDAQ aksiyalar savdosining hajmi va o‘sishi sur’ati bo‘yicha
Nyu-York fond birjasini ortda qoldirdi.
Dostları ilə paylaş: |