22
siyosatini, emissiya jarayonlarini olib boradi va milliy pulning
barqarorligini
ta’minlovchi
muassasa
hisoblanadi.
1995-yil
21-dekabrda «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘-
risida» gi Qonuni qabul qilindi.
Markaziy bank maqomi va maqsadlari «O‘zbekiston Respublika-
sining Markaziy Banki to‘g‘risida»gi O‘onunning 1-moddasida
belgilangan: «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yuridik shaxs
bo‘lib, faqat davlat mulki hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki – iqtisodiy
jihatdan mustaqil muassasa, o‘z xarajat-
larini o‘zining daromadlari hisobidan amalga oshiradi, O‘zbekiston
Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan
muhrga ega».
Qonunning 3-moddasida «Markaziy bankning bosh maqsadi milliy
valyutaning barqarorligini ta’minlashdan iborat» deb qayd qilinadi.
Narxlarning barqarorligini ta’minlash va milliy pul birligini xorijiy
valyuta bozorlarida ayirboshlash kursining barqaror bo‘lishiga
erishishni ko‘zda tutuvchi bu maqsad davlatning iqtisodiy siyosatida
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘rni juda muhim
ekanligini belgilaydi.
Mamlakatda pul muomalasi samarali bo‘lishi
va moliya
muassasalari faoliyatining ishonchliligi pul-kredit, valyuta siyosati
strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda
uning mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlash zarurligini
taqozo etadi. Mamlakat xalq xo‘jaligini kreditlash ko‘rsatkichlarini
tijorat banklarini qayta moliyalashga doir kredit hajmlarini va foiz
stavkalarini belgilash yo‘li
bilan tartibga solish, valyuta-kredit
siyosatini amalga oshirish, tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining mustaqil siyosiy sohasi
hisoblanadi. Mustaqil siyosat esa pul va valyuta bozorida yuzaga
kelayotgan vaziyatni, ichki bozordagi
makroiqtisodiy shart-sharoitni,
tashqi omillarni tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Bu holat
qonunning 6-moddasida «Markaziy bank o‘z vakolatlari doirasida
qaror qabul qilishda mustaqildir» deb tasdiqlangan. O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga
hisobot beradi. Oliy Majlis O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
tavsiyasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisini
tayinlaydi va lavozimidan ozod qiladi.
23
Qonunning 2-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki yuridik shaxs sifatida ko‘chmas
mulk va moliyaviy
resurslarga egalik qiladi. Bu hol uning moliyaviy mustaqilligini
mustahkamlaydi va mustaqil pul-kredit siyosatini samarali o‘tkazish
imkoniyatini beradi.
Narxlarga va ayirboshlash kurslariga ta’sir ko‘rsatadigan hamda
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bevosita nazorati va
ta’sirida bo‘lmagan turli omillar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
bankining asosiy maqsadiga erishishini murakkablashtirishi mumkin.
Shunga qaramay, chet el tajribasi shuni ko‘rsatadiki, aynan Markaziy
bank makroiqtisodiy jarayonlarning rivojlanish yo‘nalishini,
birinchi
galda pulning qadrsizlanish sur’atini va valyuta kursini belgilashni
idora qiladi.
Qonunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga vakolatlar
berish bilan bir qatorda, uning uchun ta’qiqlangan faoliyat turlari ham
aniq belgilab berilgan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
bankiga tijorat faoliyati bilan shug‘ullanish, muassasa yoki
tashkilotlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish ta’qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga korxona va
tashkilotlar faoliyatida bank hamda yuridik
shaxslar sifatida ishtirok
qilishga ruxsat etilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank o‘z
vakolatlaridan foydalanishda barcha yuridik shaxslarni baravar ko‘rishi
lozim.
Milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash uchun O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki qator muhim vazifalarni hal etadi.
Ulardan eng
Dostları ilə paylaş: